Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni


Burchak o’lchash asboblari


Download 155,98 Kb.
bet4/18
Sana30.01.2024
Hajmi155,98 Kb.
#1816855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Topografiya oraliq nazorat javoblari

Burchak o’lchash asboblari

Teodalit – burchak o’lchash asboblari ichida eng murakkabi bo’lib, u bilan vertikal va
gorizontal burchaklar o’lchanadi. Uning gorizontal va vertikal doiralarida gradusni aniq hisoblash uchun vernerlar o’rnatiladi va ular 0-3600 li burchaklarni aniq ifodalaydi. Plan olish ishlarida eng ko’p qo’llaniladigani taxiometr teodoliti bo’lib, unda bir vaqtning o’zida gorizontal va vertical burchaklar o’lchanadi, joyning o’zida istalgan nuqtaning planli holatini va balandligini aniqlashmumkin.
Ekker – kichik maydonlarning uncha katta aniqlik talab qilinmaydigan planlarini olishda
qo’llaniladi. Ekker asbobi joyda 450, 900 va 1350 li burchaklarni o’lchaydi. Ekkerning oddiy, optikva plazmali turlari mavjud, shulardan oddiy ekker qo’llanilishi jihatidan qulay hisoblanadi.
Oddiyekker – uzunligi 15-20 sm, qalinligi 1,5-2 sm, eni 2-3 sm bo’lgan ikkita taxtani bir-biriga “+”shaklida birlashtiriladi va taxtachalar orasidagi burchak 900 bo’lishi lozim (8-rasm).Taxtachalarning to’rt uchiga 4 dona dioptir (mix) o’rnatiladi, ular ham 900 li burchak hosil qilishikerak. Ushbu asbob bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1. O’zaro tik (perpendikulyar) chiziqlar hosil qilish: Masalan, joydagi AВ to’g’ri
chiziqqa С nuqtadan tik chiziq o’tkazish uchun С nuqtaga ekker o’rnatilib, uning dioptirlari A vaВ nuqtalarga o’rnatilgan vexa (tayoqcha)larga yo’naltiriladi. So’ng AВ yo’nalishga tik bo’lgan2 ta dioptir orqali o’tgan chiziq yo’nalishiga to’g’rilab, D nuqtaga vexa o’rnatiladi, natijada AВga tik bo’lgan СD chiziq hosil bo’ladi (9-rasm).
2. Kvadrat va to’g’ri burchakli to’rtburchak yasash. Turli kattalikdagi sport
maydonchalarini qurishda, daraxtlarni kvadrat qatorlab ekishda to’rtburchaklar chizish kerak
bo’ladi. Buning uchun dastlab to’rtburchak yoki kvadratning bir uchiga ekker o’rnatilib, 900 liburchak bilan tik chiziqlar o’tkaziladi va bu chiziqlar bo’ylab lenta yoki ruletka bilan o’lchanadiva kerakli masofa belgilanadi. So’ng ekker - ikkinchi nuqtaga o’rnatilib, yana 90° li burchak xosil qilinadi va tik chiziq bo’ylab kerakli masofa o’lchanadi. Tik chiziqlarning uchlari tutashtirilsa, to’g’ri to’rtburchak yoki kvadrat hosil bo’ladi.
3. Bevosita o’lchash mumkin bo’lmagan masofalarni o’lchash. Masalan, AВ nuqtalar
orasidagi masofani o’lchash kerak, deylik. Lekin o’tib bo’lmaydigan botqoqlik bo’lgani uchun bu masofani to’g’ridan-to’g’ri AВ yo’nalish bo’yicha o’lchab bo’lmaydi. Shuning uchun biz ekkerni A nuqtaga o’rnatib С nuqtaga o’rnatilgan vexaga yo’naltiramiz va AС masofani lenta bilan o’lchaymiz. So’ngra ekkerni C nuqtaga o’rnatib, D nuqtadagi o’rnatilgan vexaga yo’naltiramiz va masofani o’tib bo’maydigan botqoqlikning kengligicha o’lchab chiqamiz (chizmada CD chiziq), undan keyin ekkerni C nuqtadan olib, D nuqtaga o’rnatamiz va DВ yo’nalish bo’yicha AС kesmaga teng masofa o’lchab В nuqtaning o’rni aniqlanadi. Shundan so’ng AВ nuqtalar orasidagi masofani topiladi (10-rasm).
4. Borib bo’lmaydigan nuqtalar orasidagi masofa ham ekker yordamida aniqlanadi.
Masalan, 11-rasmdagi daryoning narigi tomonidagi B nuqtagacha bo’lgan masofani aniqlash
lozim, deylik. Buning uchun ekker A nuqtaga qo’yilib


  1. Download 155,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling