Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni


Teodolit va u bilan burchak o’lchash


Download 155.98 Kb.
bet7/18
Sana30.01.2024
Hajmi155.98 Kb.
#1816855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Topografiya oraliq nazorat javoblari

Teodolit va u bilan burchak o’lchash

Teodolit bilan gorizontal burchaklarni o’lchash. ABC burchakni o’lchash kerak bo’lsin.
Buning uchun dastlab teodolit burchak uchi bo’lgan B-nuqtaga o’rnatiladi. Teodolitni nuqtaga o’rnatishda quyidagi ishlar bajariladi
1. Asbob markazlashtiriladi. Buning uchun o’rnatgich vint uchidagi ilgakka shovun osiladi.
Shtativ nuqta uchiga shunday o’rnatiladiki, uning uchi gorizontal holda, shovun esa taxminan nuqta uchida bo’lishi lozim, keyin shtativ oyoqlarining uchi yerga botiriladi, so’ngra o’rnatgich vinti bo’shatilib, asbob shtativ uchida so’riladi, shovun joydagi nuqtaning markaziga to’g’ri kelishi lozim va nihoyat o’rnatgich vint mahkamlanadi.
2. Asbob aylanish o’qi vertikal holatga keltiriladi. Bu ish shtativni nuqtaga o’rnatishda
taxminan bajarilgan bo’ladi. Asbob aylanish o’qini vertikal holatga keltirish uchun adilakning o’qi taglikning ikkita ko’targich vintiga parallel qilib qo’yiladi va bu ko’targich vintlarni qarama-qarshi tomon bo’ylab adilak pufakchasi naycha o’rtasiga keltiriladi. Agar teodolitning gorizontal doirasida ikkinchi adilak bo’lsa, taglikning uchinchi ko’targich vintini burib uning pufakchasini ham naycha o’rtasiga keltiriladi. Bitta adilak bo’lsa, u vaqtda uning pufakchasi ikkita ko’targich vint bilan o’rtaga keltiriladi, alidadani 90°ga burab, adilakning o’qi uchinchi ko’targich vint uchiga qo’yiladi, so’ng bu ko’targich vintini burab adilak pufakchasi o’rtaga keltiriladi. Asbobning aylanish o’qini virtikal holatga keltirish uchun bu ish ikki-uch qayta takrorlanadi. Teodolitni nuqtaga o’rnatib bo’lgach burchak
quyidagi tartibda o’lchanadi: Asbob o’rnatilgan nuqtadan (B-nuqtadan) truba
orqali o’ng tomondagi nuqta (C) ga qaraladi. Bu vaqtda gorizontal doiraning mahkamlagich vinti mahkamlangan, alidada va trubaning mahkamlagich vintlari esa bo’shatilgan bo’lishi kerak.. Nuqtaga o’rnatilgan vexa trubadan ko’ringach alidada va truba mahkamlanadi. Shu yo’naltirgich vintlari yordamida iplar setkasining kesishgan nuqtasi verxaning tagiga to’g’irlanadi va limbdan sanoq olinadi. Bunda birinchi vernerdan gradus, minut va sekunt ikkinchi vernerdan faqat minut va sekunt qiymatlari olinadi. Mmasalan: C-nuqtaga qarab gorizontal doiraning birinchi verneridan olingannsanoq (a) 168°26' ikkinchi verneridan olingan sanoq esa 94052' bo’lsin. Birinchi vernerdan olingan sanoq jurnalning 3-grafasiga, ikkinchi vernerdan olingan sanoq esa 4-grafasiga yoziladi Jurnalning birinchi grafasiga asbob o’rnatilgan nuqtaning, ikkinchi grafasiga asbob orqali kuzatilgan nuqtaning raqami yoki nomi yoziladi. Vernerlardan olingan sanoqlar uchiga burchak o’lchayotganda virtikal doira trubaga nisbatan qaysi tomonda bo’lsa, o’sha tomon, ya’ni doira o’ng (P) yoki doira chap (β) deb yozib qo’yiladi. Chizmada doira o’ng tomonda bo’lganligi uchun R deb yoziladi.
2. Alidadaning mahkamlagich vintini bo’shatib trubani A-nuqtaga tomon buriladi va
trubadan A-nuqtadagi verxa ko’ringach, alidada va truba mahkamlanadi. Yo’naltirgich vintlar yordamida iplar setkasining kesishgan nuqtasini verxa tagiga to’g’irlanadi va yuqoridagi kabi xar
ikkala vernerdan sanoq olib, uni jurnalning 3 va 4 - grafalariga A-nuqtaning qarshisiga yoziladi.
Masalan: birinchi vernerlardan olingan sanoq 94°52', ikkinchi vernerdan olingan sanoq 52.
3. Vernerlardan olingan sanoqlarning o’rta arifmertik miqdori chiqarilib, u jurnalning 5-
grafasiga yoziladi. Bunda faqat minutli qiymatlarning o’rtachasi chiqariladi, graduslar esa
ko’chirib yoziladi. Masalan: C-nuqtaga qarab birinchi vernerdan olingan sanoq 168°26', ikkinchi
vernerdan olingan sanoq 27. shunda o’rtacha sanoq 168°26'30'' bo’ladi.
4. O’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq (a) dan, chap tomondagi nuqtaga
qarab olingan o’rtacha sanoq (в) ni ayirib burchakning qiymati topiladi. Masalan: C-nuqtaga qarab
olingan o’rtacha sanoq 168° 26' 30'', A-nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq esa 94°52'. Shunda
burchakning qiymati bo’ladi 168°26'30'' - 94°52' = 73°34'30''.




  1. Download 155.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling