Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni
:1000 000 masshtabdagi karta varaqining nomenklaturasi
Download 155.98 Kb.
|
Topografiya oraliq nazorat javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bussol bilan plan olish
1:1000 000 masshtabdagi karta varaqining nomenklaturasi
Barometrik nivelerlash Barometrik nivelirlash – Nivelirlashni barometr va termometr asboblari yordamida bajarsa ham bo’ladi, bunda joydagi nuqtaning havo bosimi va harorati farqlariga asoslaniladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin: B nuqtada turib havo bosimini barometr bilan, haroratini termometr bilan o’lchaymiz. Bunda B1=712,2 mm; t=+20,2 0C. So’ngra B2 nuqtaga borib, u yerda ham havo bosimi va haroratini o’lchaymiz. B2-=710,0; t=19,4 0C. Bu o’lchangan ma’lumotlar quyidagi formulada aniqlanadi. Hosil bo’lgan o’rtacha bosim va haroratlardan barometrik balandlik bosqichlari jadvalidan bosim qiymatini, ya’ni jadvalning chap tomonida 20 0C ni, yuqoridan 710 mm bosim topiladi,ularning kesishgan joyida 12,12 topiladi. Bu (12,12) sonni bosimlar farqiga (712,2-710,0=2,2)ko’paytiramiz va 12,12 x 2,2 = 26,6 hosil bo’ladi. Natijada B1 nuqta bilan B2 nuqta orasidagi nisbiybalandlik kelib chiqadi, ya’ni 26,6 m baland ekanligi aniqlanadi. Bussol bilan plan olish Bussol asbobiyordamida yo’nalishlarning magnit azimutlari o’lchanadi, maydoni uncha katta bo’lmagan joylarning planini oliщda bussol asbobidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda gorizontal plan olishda asosan 2 xil bussol (BSh va BS) ishlatiladi. BS bussoli (Stefan bussoli)ni XIX asrning o’rtalarida Rus harbiy akademiyasining boshlig’i G.F.Stefan ixtiro qilgan. Bussol quyidagi qismlardan iborat: 1-limb doirasi, 12-rasm. 2-alidada, 3-kompas, 4-5 dioptralar, 5-verner, 7-rumbli xalqa, 8-vtulka (12-rasm). Shmalkalder bussoli (BSh) uni ixtiro qilgan ingliz mexanigi ismi bilan yuritiladi. BSh ham doira shaklida tuzilgan bo’lib, markazdagi ignaga strelka o’rnatilgan. Bussol xalqasi magnit strelkasiga biriktirilgan bo’lib xalqa strelka bilan birga aylanadi. Bussol yordamida 2 xil plan – maydon va marshrut plani olinadi. Plan olinadigan joy oldindan o’rganilib, tayanch nuqtalar, ya’ni bussol o’rnatiladigan nuqtalar belgilar bilan raqamlanadi. Raqamlangan nuqtalar bir-biridan yaxshi ko’rinib turadigan va atrofdagi tafsilotlarni planga tushirish uchun ochiq joyda bo’lishi lozim. Raqamlangan nuqtalar ko’rinib turishi uchun vexalar o’rnatiladi va maydonning plani olinadi, tayanch nuqtalar bir-biriga tutashtirib yopiq poligon hosil qilinadi. Birinchi nuqtadan boshlab poligon tomonlarining magnit azimutlari bussol yordamida va teskari yo’nalishda aniqlanadi. Nuqtalar orasidagi masofalar 20 metrli po’lat lenta bilan o’lchanadi va hosil bo’lgan ko’p burchakli shakl yopiq poligon deb yuritiladi. Bussol yordamida marshrut bo’yicha plan olishda tayanch nuqtalar belgilanadi, nuqtalar ustiga bussol o’rnatilib, ularning to’g’ri va teskari magnit azimutlari aniqlanadi. Bunda ochiq poligon hosil bo’ladi. Joyda o’lchangan polygon tomonlarining to’g’ri va teskari magnit azimutlari hamda nuqtalar orasidagi masofalar maxsus jurnalga yozib boriladi. Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilotlar 2 xil usul: kesishtirish va qutbiy usul bilan planga olinadi. Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilotlarning o’rni qaysi usulda aniqlangan bo’lsa, planda ham shu usulda tasvirlanadi. Qutbiy usulda o’rni aniqlangan nuqtalar qutbiy koordinatalari, ya’ni azimutlari yoki rumblari bo’yicha transportir yordamida, masofalari o’lchagich sirkul yordamida masshtab asosida planga tushiriladi. Download 155.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling