Nivelirlash mohiyati va usullari
Nivelirlash mohiyati va usullari. Nivelirlash geodezik ishlarning bir turi bo’lib, uning natijasida yerning tabiiy (fizik) yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi) o’lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang’ich deb qabul qilingan sathiy yuzadan balandligi aniqlanadi. Nivelirlash joy relefining shakllarini o’rganish va ularni plan hamda kartalarda tasvirlash, har xil bino va inshootlarni loyihalash, ularni qurishda zarur bo’lgan nuqtalar balandligini va farqini aniqlashda bajariladi.
O’rtadan nivelirlash
O’rtadan nivelirlash. Joyda olingan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik h ni o’lchash
uchun nivelir asbobi A va B nuqtalar orasida, ulardan bir xil masofada, ishchi holatga keltirib o’rnatiladi. Bunda nivelir nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq ustida o’rnatilishi shart emas. Ava B nuqtalarda vertikal holatda reykalar o’rnatiladi (reyka shkalasining nol yozuvi yerga qo’yib o’rnatiladi). Nivelirning ko’rish trubasi navbati bilan R1 va R2 reykalarga qaratilib, a va в sanoqlari olinadi. Nivelirlash A nuqtadan boshlab B nuqta yo’nalishi bo’ylab olib borilishi uchun A orqadagi, B oldingi nuqta hisoblanadi. Shunday qilib, nisbiy balandlik orqadagi va oldingi reykalardan olingan sanoqlar ayirmasiga teng. Agar a>в bo’lsa, nisbiy balandlik musbat, a< в bo’lsa, manfiy ishorali bo’ladi.
Oldinga nivelirlash
Oldinga nivelirlash. Nisbiy balandlikni oldinga nivelirlash usulida o’lchash uchun
nivelir asbobi o’rnatiladi, uning okulyari A nuqtasidan o’tuvchi shovun yo’nalishiga to’g’ri kelishi kerak B nuqtada esa reyka o’rnatiladi. Nivelir ishchi holatiga keltiriladi, reyka yoki ruletka bilan asbob balandligi l o’lchanadi, truba reykaga qaratilib, undan v sanog’i olinadi. Shakldan quyidagini yozish mumkin: l= h + в bundan h = l – в ya’ni nisbiy balandlik asbob balandligidan reykadan olingan sanoqning ayirmasiga teng bo’ladi.Nivelirlash natijasidan foydalanib, A nuqtaning balandligi HA bo’yicha, B nuqtasining balandligi HB o’lchangan nisbiy balandlik yoki asbob gorizonti orqali hisoblanishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |