Faradey doimiysini aniqlash tajribalar maqsadi


Download 55.29 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi55.29 Kb.
#1839710
  1   2   3   4
Bog'liq
FARADEY DOIMIYSINI ANIQLASH


FARADEY DOIMIYSINI ANIQLASH


TAJRIBALAR MAQSADI:
Elektroliz yordamida vodorod olish va uning hajmini o'lchash.
Talab etilgan o'zgarmas kuchlanish U0 da elektr toki ishini W o'lchash.
Faradey doimiysini F hisoblash.


KIRISH.
Elektrolizda tok oqimi kimyoviy ajralis,h bilan birgalikda keladi. Ajralgan modda miqdori elektrolit orqali o'tgan zaryad miqdoriga Q proporsional bo'ladi. Tashilgan zaryad Faradey doimiysi F yordamida hisoblanishi mumkin. Bu doimiylik, elementar zaryad e va Avogadro soni NA orasida quyidagi bog'liqlik bor:
F = NA٭e (1)
Bu esa Faradey doimiysi F 1 mol elektronlarning zaryad miqdori ekanligini anglatadi. Bu tajribada Faradey doimiysi elektroliz yordamida aniq miqdordagi vodorodni hosil qilish orqali aniqlanadi.
Ajralgan modda miqdori n va ajralgan ionlarning valentligi (z) ni kiritib, tashilgan zaryad uchun quyidagi bog'liqlikni hosil qilamiz:
Q = n٭F٭z (2)
Elektrolizda ajralgan vodorod gazi tashqi bosim p va xona temperaturasi T da yig'iladi. So'ngra uning hajmi V o'lchanadi. Hosil bo'lgan vodorod molekulalari miqdori n1 ideal gaz holat tenglamasi yordamida hisoblanadi:
n1 = pV/(RT). (3)
Har bir H+ loni elektrolit tokidagi elektron bilan neytrallanadi,bunda vodorod ionlarining valentligi (z) 1 ga teng. 1 mol H+ ionlarini neytrallash 1 mol elektronlarni talab qiladi va 1 mol H2 olish uchun 2 mol elektron kerak. Olingan vodorod atomlarining modda miqdori n1 talab etilgan elektronlarning mol miqdoriga to'g'ri keladi:

Download 55.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling