Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni
To`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi k
Download 155.98 Kb.
|
Topografiya oraliq nazorat javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekker haqida Javobi: Burchak o’lchash asboblari mavzusida Ketma-ket geometrik nivelirlash
- Topokartada masofa va maydonlarni o‘lchash
- . Masofani bevosita o‘lchash asboblari
To`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi koordinata oʻqlari oʻzaro perpendikulyar boʻlgan sistemaga nisbatan koordinatalar. Affin koordinatalarining xususiy holi. Agar Toʻgʻri burchakli koordinatalark. sistemada har bir oʻq boʻyicha masshtab oʻlchov birliklari teng boʻlsa, Dekart koordinatalar tizimi hosil boʻladi. Agar x va u ning qiymatlari nisbati juda katta boʻlsa, yqf(x) funksiya grafigini tegishlicha tanlangan masshtabli Toʻgʻri burchakli koordinatalark.da tasvirlash qulay. X-absissa o'qi Y-ordinata o'qi Z-aplikata o'qi
Ekker haqida Javobi: Burchak o’lchash asboblari mavzusida Ketma-ket geometrik nivelirlash Nuqtalar balandligini asbob gorizonti orqali hisoblash, masalan, yerlarni vertikal tekislashda bir necha nuqtalar loyiha belgisini bir stansiyadan (nivelir o’rnatilgan joy) turib joyga ko’chirishda qulaylik tug’diradi. Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki nuqtani bir stansiyadan nivelirlash oddiy nivelirlash deyiladi. Agar nivelirlanadigan ikki nuqta orasidagi masofa katta bo’lsa, nivelirlash uchun u bir nechta bo’laklarga bo’linib nivelirlab chiqilsa, unga ketma-ket nivelirlash deyiladi. Ketma-ket geometrik nivelirlashda nivelirlanadigan AC chizig’i (16-rasm) bo’laklarga bo’linadi va har bir bo’lak alohida stansiyadan nivelirlanadi. Nivelirni birinchi stansiya K1 da o’rnatib, 1-nuqtaning A nuqtasiga nisbatan nisbiy balandligi o’lchanadi: h1= a1 – b1. Topokartada masofa va maydonlarni o‘lchash Joyda masofani uch usulda: bevosita, bilvosita va dalnomer yordamida o‘lchash mumkin. Bevosita o ‘lchash usulida masofa o‘lchov asbobi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanib, uzunligi aniqlanadi. Masofani bu usulda o‘lchash uchun po‘lat lenta, ruletka va invar simdan foydalaniladi. Bu asboblar po‘lat yoki invar (64% temir va 34% nikel qorishmasi) dan yasaladi. Po‘latdan yasalgan o‘lchov asboblari yordamida masofani 1:10001:25000 aniqlikda, invardan yasalgan asbob-lar yordamida 1:25000-1:1000000 aniqlikda o'lchash mumkin. Masofani o‘lchash asbobi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchamasdan uning uzunligini biror boshqa o ‘lchash natijalaridan foydalanib matematik formulalar asosida hisoblab topishga bilvosita (vositali) o ‘lchash deyiladi. Uchburchakning uchta burchagi va bitta tomonini o‘lchash natijalaridan foydalanib, qolgan ikki tomonini sinuslar teoremasi asosida aniqlashni bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bilvosita o‘lchash usulida masofa uzunlngini 1:1000 - 1:250000 aniqlikda hisoblab chiqarish mumkin. Joyda masofani bevosita va bilvosita o‘lchash ancha murakkab ish hisoblanadi va bunga ko‘p vaqt ketadi. Shuning uchun masofani o‘lchashning osonroq yo‘lini topish zarur bo‘lib qoldi. Dalnomer deb ataluvchi asbob ixtiro qilingandan keyin bu ish birmuncha osonlashdi, turli dalnomerlar, chunonchi optik dalnomer, svetodalnomer, radiodalnomerlar ixtiro qilindi va o‘zlashtirildi. Masofani o‘lchashda dalnomerlaming bundan boshqa turlari ham ishlatiladi. Keyingi yillarda masofani bilvosita o ‘lchashda lazerdan ham foydalanilmoqda. Masofa optik dalnomerlar bilan 1:200 - 1:5000 aniqlikda, svetodalnomer va radiodalnomerlar bilan 1:10000 - 1:400000 aniqlikda o‘lchanadi.. Masofani bevosita o‘lchash asboblari Ma’lumki, masofani bevosita o‘lchash asboblariga po‘lat lenta, ruletka, invar simlar va boshqalar kiradi. Topogeodezik ishlarda masofani bevosita o‘lchashda ko‘proq po‘lat lenta va ruletkalardan foydalaniladi. Po‘lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 54 m, qalinligi 0,3-0,5 mm va eni 15-20 mm bo'lgan po‘lat tasmadan iborat. Po‘lat lentalar shtrixli (5.1-rasm, a) yoki shkalali (5.1-rasm, b) bo‘ladi. Shtrixli lentaning boshlang‘ich (0) shtrixiga ilgak shaklida kesik qilingan, masofa o‘lchanayotganda shpilka (temir qoziqcha) shu kesikka kiritiladi. Har bir po‘lat lentaning 6 yoki 11 ta shpilkasi bo‘ladi (5.1-rasm, v). Lentaning har bir metri tunukachalar bilan, yarim metrli bo‘laklari chegalar bilan, desimetrlari esa teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki uchida dastasi bor. Lentannng ikkala tomoni chiziqchalar bilan 20 teng qismga bo‘linib, 0 dan 20 gacha raqamlar bilan ko‘rsatilgan. Uning bir tomonidagi raqamlar to‘g‘ri io‘nalishda, ikkinchi tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo‘nalishda yozilgan. Shkalali lentaning ikkala uchida mdllimetrlarga bo‘lingan shkalasi bor. Shkalali lenta masofani aniqroq o‘lchashda ishlatiladi. Po‘lat lentani olib yurish oson bo‘lishi uchun u temir xalqa ustiga o‘ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi (5.1- rasm, g). 1951-yilda Д, A. Lukerin xloreip izolyatsiyalangan, yetti qavatli telefon simidan tayyorlangan masofa o‘lchash asbobini taklif etdi. Uning uzunligi 24, 50 va 100 m. Bu asbobdan po‘lat lenta o‘mida foydalaniladi. Ruletka uzunligi 5, 10, 20, 50 va 100 m keladigan tasma yoki po‘lat lentadan iborat bo‘lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o‘raladi. Ruletkaning lentasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrlarga bo‘lingan. Tasmali ruletka har gal ishlatilganidan so‘ng quritilishi kerak, aks holda oMchashi o‘zgarishi va tezda yirtilishi mumkin. Po‘lat lentali ruletka esa ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib, moylab qo‘yiladi. Download 155.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling