Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni
Download 155.98 Kb.
|
Topografiya oraliq nazorat javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topografik kartalarning varaqlari, nomenklaturasi
Ekker bilan plan olish
Javobi: Burchak o’lchash asboblari mavzusida Nivelirlash turlari Nivelirlash ishlatiladigan asboblari va nivelirlanadigan joylar aniqlik natijalari bo’yicha geometrik, trigonometrik, barometrik va boshqa turlarga bo’linadi. Nivelirlash ishlari davlatlarning tayanch nuqtalarini aniqlashda, joylarda turli xo’jalik ishlarini olib borishda (yo’llar, kanallar, inshooatlar qurishda), topografik plan olishda, s’yomka nuqtalarini belgilashda ishlatiladi, nivelirlash asosida joylarning profillari tuziladi. Aniqligi bo’yicha nivelirlar 3 turga bo’linadi: yuqori aniqlikdagi nivelirlar – N-05, N-05K (Rossiya), raqamli nivelirlar Dshnsh 11t, Dshnsh 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003 (Shveytsariya); aniq nivelirlar – N-3, 2N-3, N-3k, 2N-3kl (Rossiya), Nq-30, Nq-50 (Germaniya), Kernlevel-20 va 24 (Shveytsariya); texnik nivelirlar – N-10, 2N-10kl (Rossiya). Yuqori aniqlikdagi nivelirlar 1 va 2- klass nivelirlashda, aniq nivelirlar — 3- va 4- klass va texnik nivelirlar – texnikaviy nivelirlash (topografik s’yomkalar va injenerlik-qurilish ishlarida)da qo’llaniladi. Topografik kartalarning varaqlari, nomenklaturasi Maxsus o’lchov asboblari yordamida, aerofotos’yomka va kartografik usulda tuzilgan yirik masshtabli kartalarga topografik kartalar deyiladi. Topografik kartalar geografik kartalardan ob’ekt va voqeilikni tasvirlash usullari, egallagan maydoni, masshtablari bilan farqlanadi. Topografik kartalarda masofalar hamma joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir obektmaxsus shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Topografik kartalar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida qo’llaniladi hamda mayda masshtabli geografik kartalarni tuzish uchun asos bo’ladi. Topografik kartalar tuzish asosan ishlatiladigan shartli belgilarga bog’liq, chunki ushbu belgilar joydagi obektga ma’lum darajada o’xshagan bo’lishi, obektning shakliga hamda uni o’z o’rnida ko’rsatilishi lozim. Shartli belgilar ishlatilganda ular karta masshtabiga mos qilib ko’rsatiladi, agar karta masshtabiga mos kelmaydigan obektlar bo’lsa, ular masshtabsiz shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Topografik kartalarni ko’rgazmaliligini oshirish va o’qishni osonlashtirish uchun har xil ranglar ishlatiladi, ularning sifatini oshirish uchun topografik chizmalar qo’llaniladi. Topografik kartalar turli masshtablarda ya’ni 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200 000, 1:300 000, 1:500 000 masshtablarda tuziladi. Masshtabi 1:10000, 1:25000 bo’lgan kartalar to’g’ridan-to’g’ri joyda s’yomka qilinsa, qolganlari shu kartalar asosida tuziladi. Topografik kartalar masshtabiga qarab yirik masshtabli (1:10000, 1:200 000) va umumiy topografik kartalarga bo’linadi. Topografik kartalar har xil masshtabli bo’lganligidan hududlari ham turli xil kattalikda bo’ladi va ular alohida-alohida varaqlarda tasvirlanadi. Ushbu kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun matematik, geografik va yordamchi elementlarga bo’lib o’rganiladi. Matematik elementlarga nomenklatura, masshtab, daraja to’ri va kartaning ramkasi, geografik elementlarga kartaning mazmuni, yordamchi elementlarga esa ramkadan tashqari turli chizmalar va tushintirish xatlari kiritiladi. Topografik kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun ularni ma’lum tartibga solib belgilanadi, ya’ni kartalarning varaqlari ma’lum bir meridian va parallellar bilan chegaralanadi, shu kartalar varaqlarini belgilash tizimiga nomenklatura deyiladi. Topografik kartalarning nomenklaturasi har bir varaq kartaning kattaligini va shu varaqning yer yuzasidagi o’rnini belgilaydi. Kartalarning nomenklaturasi xalqaro 1:1 000 000 masshtabli nomenklaturaga asoslanadi. Ushbu 1:1 000 000 lik kartaning nomenklaturasi uchun ekvatordan qutblarga tomon har 40 dan parallellar o’tkazilib, bularni lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi va ular qatorlar deyiladi. Meridianlar oralig’i har 60 dan bo’linadi va 60 ta bo’lak hosil bo’ladi va ular zonalar deyiladi. Masshtabi 1:1 000 000 dan kichik bo’lgan kartalar mayda masshtabli yoki geografik kartalar deyiladi. Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha bo’lgan kartalar o’rta nmasshtabli yoki obzor topografik kartalar deb, masshtabi 1:100 000 va bundan yirik kartalar esa yirik masshtabli topografik kartalar deb ataladi. Download 155.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling