Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni


Nivelirlash to’g’risida ma’lumot


Download 155.98 Kb.
bet2/18
Sana30.01.2024
Hajmi155.98 Kb.
#1816855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Topografiya oraliq nazorat javoblari

Nivelirlash to’g’risida ma’lumot

Topografik kartalarda har bir ob’ektning planli holati va uning balandligi nivelirlash yo’li
bilan aniqlanadi. Unda bir nuqtaning balandligi ma’lum bo’lsa, qolgan nuqtalarning balandliginio’lchash va hisoblash yo’llarini aniqlash nivelirlash deyiladi. Nivelirlash ishlatiladigan asboblariva nivelirlanadigan joylar aniqlik natijalari bo’yicha geometrik, trigonometrik, barometrik vaboshqa turlarga bo’linadi. Nivelirlash ishlari davlatlarning tayanch nuqtalarini aniqlashda, joylardaturli xo’jalik ishlarini olib borishda (yo’llar, kanallar, inshooatlar qurishda), topografik plan olishda, s’yomka nuqtalarini belgilashda ishlatiladi, nivelirlash asosida joylarning profillarituziladi.
Aniqligi bo’yicha nivelirlar 3 turga bo’linadi: yuqori aniqlikdagi nivelirlar – N-05, N-05K
(Rossiya), raqamli nivelirlar Dshnsh 11t, Dshnsh 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003
(Shveytsariya); aniq nivelirlar – N-3, 2N-3, N-3k, 2N-3kl (Rossiya), Nq-30, Nq-50 (Germaniya),Kernlevel-20 va 24 (Shveytsariya); texnik nivelirlar – N-10, 2N-10kl (Rossiya).
Yuqori aniqlikdagi nivelirlar 1 va 2- klass nivelirlashda, aniq nivelirlar — 3- va 4- klass va
texnik nivelirlar – texnikaviy nivelirlash (topografik s’yomkalar va injenerlik-qurilish ishlarida)da qo’llaniladi.

  1. 1:1000 000 masshtabli kartani 1:200 000 mashtabli nomenklaturaga aylantirish

  2. Yerning shakli va o`lchamlari

Topografiyada nuqtalarning baland-pastligini aniqlash Yerning umumiy shakliga nisbatan
belgilanadi. Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar, tekisliklar, pasttekisliklar, tog`lar,
daryolar ko’llar va boshqalardan iborat. Yerning tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi, bu yuza geometrik-matematik model jihatidan murakkab bo’lib, undagi barcha nuqtalarning
balandligi yerning umumiy shakliga bog`lanadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi sathini fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan yumaloq shakl GEOID (yunoncha“yerning ko’rinishi” ma’nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid – deb atashni 1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808-1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma joyda bir xil bo’lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o’zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o’xshab ketadi. Topografik yuzadagi nuqtalarning balandligi sathiy yuzadan, mamlakatimizda balandliklar Boltiq dengizidagi Kronshtadt futshtogidan hisoblanadi. Aynan shu nuqtaga nisbatan hisoblangan balandlik mutloq balandlik deyiladi. Yer yuzasidagi ikki nuqta balandliklari orasidagi farq nisbiy balandlik deyiladi. Odatda mutloq balandlik N harfi bilan, nisbiy balandlik N1 bilan belgilanadi. V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nisbiy balandligi musbat bo’lsa (+), manfiy bo’lsa (-) ishora bilan yoziladi. Agar, yer yuzasidagi biror nuqtaning balandligi 0 metrdan baland
bo’lsa, kartalarda ishora qo’yilmaydi, 0 metrdan past bo’lsa manfiy ishora qo’yiladi. Yerning
shakli juda murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog‘lik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda, uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat uni matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir. Geoid -okean suvi tinch turgan paytda sathi bo‘yicha okeanni quruq ostidan sathiy yuza o‘tkazilgandahosil bo‘ladigan yumaloq shakldir.


  1. Download 155.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling