O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
Rektor____________ O‘.Axmedov 2022 yil “ ____” _____________
|
KARTASHUNOSLIK
FANINIG DASTURI
Bilim sohasi:
|
700 000 - Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
|
|
|
Talim sohasi:
|
720 000 - Muhandislik ishi.
|
|
|
Talim yo‘nalishlari: 60722500 - Geodeziya, kartografiya va
kadastr(funksiyalar bo‘yicha)
Termiz – 2022
Fan/modul kodi
KART1204
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr(lar)
2
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Talim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil talim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Kartashunoslik
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
2.1. Fanning mazmuni
Kartashunoslik fani – “Geodeziya, kartografiya va kadastr” talim yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan hisoblanadi. Unda kartashunoslik fanining nazariy asoslari bayon etiladi, uning obekti, predmeti, nazariya va metodologiyasi ko‘rib chiqiladi. Kartashunoslik fani kartografik asarlarning turlari, ularning matematik asosi, generalizatsiya, jihozlash va kartografik dizayn prinsiplari haqida, geografiya va er haqidagi boshqa fanlarda xarita va atlaslardan foydalanish haqida umumiy tasavvur berish fanning maqsadi hisoblanadi.
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
- kartografik asarlarning milliy madaniyatni rivojlantirishdagi hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini tushuntirish;
- kartografik asarlarni o‘qish, tahlil qilish, baholash va ularga taqriz yozish malakasini hosil qilish;
- xaritalarni badiiy va estetik jihozlanishini tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
- kartografik asarlar na faqat ko‘rgazmali qurol, balki joy to‘g‘risidagi bilimlarning kitobi kabi boy manbaa ham ekanligini tushuntirish;
- mavzuli va kompleks kartashunoslikning yangi shakllanayotgan sohalarning talab va taklifidan kelib chiqqan holda rivojlantirish;
- xaritalarning mavzusi, mazmunini va joyning relefini tasvirlash usullarini, shuningdek kartografik generalizaciya usullarini o‘zlashtirish.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |