Abdulla Oripov "Dunyo"


Download 19.18 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1326206
Bog'liq
Abdug\'afforv Diyorbek she\'r tahlili




Talaba: Abdug’afforov Diyorbek
Guruh: 1906

Abdulla Oripov “Dunyo” she’ri.
Bir kimsa umrining soʻngiga qadar,
Yigʻdi mol-u dunyo, yigʻdi siym-u zar.
Uni qiziqtirdi na doʻstning holi,
Va na qoʻshnisining oʻksik ahvoli.

U chindan mol-mulkning jilovin tutdi,
Faqat nafs ortidan ot surib oʻtdi.
Bir kuni va hukmi taqdiri azal,
Shamshirin koʻtarib keldi-ku ajal.

Endi na siym-u zar qutqara olur,
Na billur, na gavhar qutqara olur.
Rozi yo norizo - farqi yoʻq mutloq,
Bunday choq chorasiz hatto doʻst-oʻrtoq.

Beshafqat ajalga berar ekan tan,
U dedi: «Shu ekan, dunyo shu ekan».
Marhumga marhumlik koʻrilgay loyiq,
Uni qabristonga eltdi xaloyiq.

Uyum tuproq boʻldi quvonchi-gʻami,
Kimdir boqib dedi: «Shunga shunchami»...

She’r tahlili

  1. Abdulla Oripov. ’’Dunyo’’



  1. She’rning aniq yozilgan yili aniq emas. Qaysidir ma’noda shu qisqa she’ri orqali dunyoning ham shunday qisqa ekanligini tushuntirish maqsadida yozilgan desak ham xato bo’lmaydi. Bu she’r fikr qiluvchi keng xalq ommasiga bag’ishlangan.



  1. Ushbu she’rimiz lirik turga mansub bo’lib,barmoq vaznida yozilgan.

Bir kim-sa um-ri-ning soʻ-ngi-ga qa-dar, 11
Yigʻ-di mol-u dun-yo, yigʻ-di siym-u zar. 11
U-ni qi-ziq-tir-di na doʻst-ning ho-li, 11
Va na qoʻsh-ni-si-ning oʻk-sik ah-vo-li. 11

  1. She’rning mavzusi pand-nasihat usulida, ibratomuz yo’nalishida yozilgan bo’lib, bir hikoya orqali shoir o’zi yetkazib bermoqchi bo’lgan ma’noni hikoya orqali to’laqonli ifodalab bergan. She’rning g’oyasi barcha inson ahliga bu o’tkinchi dunyoda bor e’tiborini molk-mulk yig’ishga sarf qilmasdan, qarindish va do’stu-yorlari bilan aloqani mustahkamlab yashagan holatda so’nggi lahzada pushaymonlikka tushib qolmaslik uchun eslatma tariqasida yozilgan.

  2. She’rda mavjud tasvir vositalariga ‘molk-mulkning jilovini tutdi’, ‘nafs ortidan ot surdi’, ‘uyum tuproq bo’ldi quvonchi-g’ami’ kabi so’zlar misol bo’la oladi. Molk-mulkning jilovini tutdi – iborasida ko’rib turganingizdek ko’p mol-davlatga egalik qilish jumlasi yuqoridagidek holatda ifodalangan.

  3. She’rning menga eng yoqqan jihati shundan iboratki, boshqa she’rlardan farqli ravishda shoirning asl anglatmoqchi bo’lgan mazmuni hikoya usulida yoritib berilganligi. Bu uslubni men ko’p she’rlarda uchratmaganman, bu noodatiy, o’ziga xos usul va yo’nalishdir. Bundan tashqari, she’rda berilgan o’xshatishlar o’ziga xos va turlicha. Ular yordamida she’r juda go’zal tus olgan va anglatilayotgan ma’no tiniq o’quvchiga yetib borishi ta’minlangan.

Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling