Fanning maqsadi
Download 219.86 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 topshiriq akademik yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar soʻzi bilan aytganda til inson va olamni bogʻlab turuvchi vosita, koʻprikdir.
1-Mavzu: 1- topshiriq. Mavzu asosida quyidagi savollarga javob bering: Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalarini sanab bering. Fanning maqsadi – iqtisodiyot va boshqa sohalarda bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda til bilimlarini, so‘z va terminlarni to‘g‘ri qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mshorsti bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Har bir fan bo'yicha talabalar, professorlar va tadqiqotchilar fikrlarni yetkazish, bahs-munozara qilish va ilmiy muloqot qilish uchun akademik yozuvlardan foydalanadilar. Akademik yozuvlar dalillarga asoslanadigan dalillarni, aniq so'z tanlashni, mantiqiy tartibni va shaxssiz tusga ega. Ba'zida kuchli ilmiy maqola deb qarashiga qaramay, u qarama-qarshidir: u ma'lumot beradi, tahlil qiladi va soddadillik bilan ishontiradi va o'quvchini ilmiy muloqotda tanqidiy ravishda shug'ullanishga imkon beradi. Axborot nima? Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og‘zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o‘rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o‘rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o‘simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Axborotning ijobiy va salbiy jihatlari haqida gapiring va misollar bilan izohlang. Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi, zero, farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish zarur. Til nima? Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun bu Fanning maqsadi – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi? Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi - til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi - nutqdir. Tilning fonetik sathi birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. O‘zbek tili aloqa-munosabat vositalaridan biridir. 1989-yilning 21- oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘ozlari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. 1995-yil 21- dekabrda Oliy Kengash mazkur «Davlat tili» haqidagi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi. Fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi, jumlaning to‘g‘ri, ravon hamda ta’sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir. 2. Til va yozuv tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat? Yozuv bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning Yo.ini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuvga tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Ammo Yo. ogʻzaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega boʻlganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan boʻlardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yoʻq. Ana shunday maʼnodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir toʻliq emas. Hoz. ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda koʻplab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab boʻlgan. Yozuv bilan til oʻrtasida, alifbo va tilning tovush tizimi oʻrtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Koʻpchilik xalklar oʻz yozuvlarini boshqa til yozuvini oʻz tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yoʻli bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida oʻz izini qoldirgan. Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan toʻla moye keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir oʻzgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu oʻzgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb boʻlmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun Yo.ga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. 3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz O’tar) jumlasini izohlang. Maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar soʻzi bilan aytganda til inson va olamni bogʻlab turuvchi vosita, koʻprikdir. Darhaqiqat, u koʻngillarni, xalqlarni yanada yaqinlashtiradi. “Yurtimiz mehmonlari oʻzbek tilida soʻzlaydi” ruknimizga ilk kezlardan koʻplab xorijlik kuzatuvchilar qiziqish bildirdi. Bu nafaqat loyihaga, tahririyatga boʻlgan eʼtibor, balki aziz Ona tilimizga boʻlgan hurmat va ehtiromdan ham darak beradi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 4. Yozuv va uning turlari haqida ma’lumotlarni ayting. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson ahli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qad. davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi. Mas, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chigʻanoklardan foydalanilgan, tayoklar, daraxtlarga har xil iplar bogʻlash, tugunlar tugib qoʻyish va boshqa vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzok, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qoʻllangan. Xabarni uzoq, vaqt saqlash uchun ramziy maʼno berilgan buyumlardan foydalanilgan: qoʻrgʻon — marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz — doʻstlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi va b. "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham baʼzan saqlangan. Mas, biror fikrni esdan chiqarib qoʻymaslik uchun roʻmolchaning uchini tugib qoʻyish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) Yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan Yo. oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar — bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy sanʼat ikki yoʻnalishda — umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, yaʼni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda koʻpchiligidagi "yozmoq" maʼnosidagi soʻzlarning etimologiyasiga eʼtibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday soʻzlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan boglits holda namoyon boʻladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmok," tushunchasi "bit(i)moq" feʼli ("bitik" — yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu feʼlning oʻzagi xitoycha "bi" (moʻyqalam) soʻzi bilan aloqador boʻlib, dastlabki maʼnosi "oʻymoq, oʻyib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisati" (rus. "pisat" — "yozmok,") feʼlining maʼnosi ham dastlab moʻyqalamda rasm chizish bilan bogʻliq boʻlgan (rus. "jivopis" — rangtasvir soʻzi bilan qiyoslang). Bu feʼlning oʻzagi lot. "pingere" (rasm solmoq) soʻzi bilan aloqadordir, "pisati" feʼlining dastlabki maʼnosi, koʻrinadiki, "rasm solmoq", "bezamok,"dan iborat boʻlgan. Gotcha "melian" (yozmoq) feʼlining dastlabki maʼnosi ham moʻyqalamda "rasm solmoq" boʻlib, bu feʼl hoz. nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" maʼnosida qoʻllanadi. Yunon tilidan koʻpgina tillarga oʻtgan "grafika" soʻzi ham etimologik jihatdan oʻyish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar Yo.ning rasm bilan benihoya bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatadi, Yo. jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qad. davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qadimgi rasmli yozuv piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos boʻlgan deyish mumkin. Piktografiyaning ogʻzaki til bilan bogʻliq boʻlmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini taʼmin etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yoʻl qoʻygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin boʻlmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga boʻlgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari koʻproq koʻzga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning oʻzlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va astasekin bu ramzlarning ogʻzaki til bilan doimiy bogʻlanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan soʻzlarning ifodachilariga aylanadi, bu Yo. "soʻz yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qad. logografik Yo. tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha boʻlgan davrda shakllangan. Haqiqiy maʼnodagi yozuv tizimlari dastlab Qad. Sharqda vujudga kelgan. yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi boʻgʻin yozuvi boʻlib, u mil. av. 2ming yilliklarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tildagi suzlar soniga qaraganda boʻgʻinlar soni ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (xind) yozuv boʻgʻin yozuvidir. Harftovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob boʻlgan. Bu yoʻnalishdagi ilk yozuv finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo boʻlishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. av. 9-asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan qoʻshni xalklar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni oʻz tillariga moslashtirib olganlar. Hoz. kunda bizga maʼlum boʻlgan harftovush tizimidagi Yo.larning 4/5 qismidan koʻprogʻi finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik boʻlaklarga — tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish boʻlmaganligi sababli harf-tovush Yo. i yoki alifboli Yo.ning paydo boʻlishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni soʻzlarga, keyin boʻgʻinlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Tildagi tovushlarni alohidaalohida idrok qilish tovush Yo.ning ibtidosidir. Harf tovush yozuvning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, yaʼni 20—30 atrofidagi belgilar bngina ish koʻra olishidir. Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, oʻzlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yuli bilan boʻlgan. 5.Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bogliqlik va farqni tushuntiring. Til– kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbektili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi. Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati lison va nutq farqlanadi. Lison– kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi. Download 219.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling