Fanning nomi: fizika


Bajarilgan labоratоriya ishi bо‘yicha xisоbоt tayyоrlash


Download 306.5 Kb.
bet3/7
Sana07.02.2023
Hajmi306.5 Kb.
#1173133
1   2   3   4   5   6   7
4. Bajarilgan labоratоriya ishi bо‘yicha xisоbоt tayyоrlash.
4.1.Ishning nоmi va tartib raqami yоziladi.
4.2.Ishning maqsadi. Bunda bajarilgan labоratоriya ishida tajriba yо‘li bilan aniqlanishi kerak bо‘lgan fizik kattalik kо‘rsatiladi.
4.3.Ishchi fоrmula. Bunda aniqlanishi kerak bо‘lgan kattalikning xisоblab tоpilgan ishchi fоrmulasi va fоrmulaga kirgan kattaliklarning nоmi, shuningdek tоpilishi kerak bо‘lgan kattalikning о‘lchоv birligi SI sistemada kо‘rsatiladi.
4.4.Jadval yоki grafik. Bunda jadvalga о‘lchash natijalari va xisоblab tоpilgan kattaliklar, absоlyut va nisbiy xatоliklarning qiymatlari yоziladi. Agar qо‘llanma bо‘yicha talab qilinsa, fizik kattaliklarning bоg‘liqlik grafigi chiziladi.
4.5.Xulоsa. Xulоsada tajribadan оlingan natijaning mazmuni qisqacha bayоn qilinadi.
12–Laboratoriya ishi
sirt taraNglik koeffitsiyentini aniqlash


1–mashq. Suyuqlikning sirt taraNglik koeffitsiyentini tomchi usuli bilan aniqlash


Kerakli asbob va materiallar: 1)shtativ; 2)bir uchi ingichka byuretka; 3)qisqich; 4)stakan; 5)tekshiriladigan suyuqlik.
Ishning maqsadi: Sirt taranglik koeffisientini tajribada aniqlashning tomchi usuli bilan tanishish.


Ishning nazariyasi
Pastki uchi ingichka naydan suyuqlik sekin oqib chiqayotganda tomchilar hosil bo’lishi sirt taranglik kuchining ta’siri natijasidir. Tomchini hosil qiluvchi va uni tushirmasdan ushlab turuvchi kuchni bilsak, tekshirilayotgan suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini belgilash oson bo’ladi.
Tomchini uzuvchi kuch, ya’ni og’irlik kuchining kattaligini va uni tushirmasdan ushlab turuvchi kuchni F bilan belgilasak, ularning muvozanat holatida:
(12.1.1)
bo’ladi. Bunda –tomchining uzilgan paytdagi radiusi. Agar bir nechta (masalan, 50–100 ta) tomchining og’irligini tarozida tortib, undan so’ng bir tomchi uchun ning qiymatini aniqlash maqsadga muvofiqdir. U holda:
(12.1.2)



12.1.1–rasm.
Tomchi radiusini aniqlash qiyinligi uchun o’lchash yetarli darajada aniq bo’lmaydi. tomchining radiusini o’lchamasdan ham ishni bajarish mumkin. byuretkaga navbat bilan (birining sirt taranglik koeffisenti ma`lum bo’lgan) bir xil hajmli har xil suyuqlik solinadi. Bunda teng hajmli suyuqlikning tomchilari sanash yo’li bilan aniqlanadi. (12.1.1–rasm).
(12.1.2) formulani har bir suyuqlik uchun quyidagicha yozish mumkin:
. (12.1.3)
Bunda va –tomchilar soni, va –esa birinchi va ikkinchi suyuqliklarning zichliklari. тenglikning mos tomonlarini hadma–had bo’lish natijasida quyidagini topamiz:
(12.1.4)
Bundan:
. (12.1.5)



Download 306.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling