Fanning nomi: Ona tili. Sinfi: 4-“A” sinf. Dars mavzusi
Download 217.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqona tili 4-sinf ochiq dars
Olmazor tumani 224-umumiy o`rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o`qituvchisi Inogamova Muhayyoning ona tili fanidan “Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi”mavzusida tayyorlagan 2018-2019-o`quv yili Sana: 12-dekabr, 2019-yil. Fanning nomi: Ona tili. Sinfi: 4-“A” sinf. Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. ( 187-190- mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy: Otlarning gapda kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, uning nomlari, so‘roqlari va gapdagi vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, gap tuzishda qo‘shimchalardan foydalanish, so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘lanishlarini anglashga o‘rgatish; FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish, tarbiyaviy: o`quvchilarni tabiat in’om etgan narsalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, komil inson qilib tarbiyalash: TK5 : o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash; rivojlantiruvchi: o`quvchilarda imloviy va husnixat ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK 2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish Dars turi: o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantiruvchi dars. Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, “Blits so‘rov”,„Tahlil qolipi“ta’limiy o‘yini, “Lisoniy qolip” metodi . Dars jihozi: darslik, ko`rgazma, tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, slaydlar, multimedia. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. O‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Diqqatni jamlash mashqlarini bajarish. Ona tilim, jonu dilim, Sensan o`zing jon dilim. Yuragimning qo`rida Sayrab turgan bulbulim. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va guruh sardorlarini saylash. O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do‘stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish. Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun “Barakalla” deb yozilgan rag‘batlantiruvchi kartochkalar berib boriladi. Dars davomida ko‘p rag‘bat kartochkasi to‘plagan juftlik e’lon qilinadi. II. O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilimini aniqlash uchun “Blits so‘rov” metodidan foydalanib o‘tilgan mavzu tekshiriladi. Buning uchun o‘quvchilarga quyidagi tarqatma tarqatiladi. O‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib, “O‘quvchining javobi” deb yozilgan ustunga to‘g‘ri javob raqamini yozishlari kerak bo‘ladi. Topshiriqni bajarishda kichik ya’ni ikki o‘quvchi birgalikda bajaradi. Bu esa o‘quvchilarni hamjihatlikda ishlashga o‘rgatadi. 1-topshiriq bo‘yicha o‘quvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi. Shu tariqa o‘tilgan mavzular takrorlanadi va o‘quvchilar olgan bilimlari baholanadi. 1- topshiriq. “Blits so‘rov”
“Rasmli lug‘at diktanti”ni o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi monitor orqali rasm ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa rasmda namoyish etilgan narsalar nomini husnixat asosida daftarlariga yozadilar. Vaqtni tejash maqsadida keyingi slaydda to‘g‘ri javoblar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘zaro sheriklari bilan daftarlarini almashtirib tekshiradilar. So‘ng narsalar nomini ingliz tilidagi nomlarini aytadilar.Topshiriqni to‘g‘ri va aniq bajargan o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantiriladi.
Download 217.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling