Fanning nomi: Yer tuzishni loyihalash Bajardi: Razakov. X. X
Download 142.84 Kb.
|
Yer tuzishni loyihalash (1PR) Razakov.X.X 306- gurux
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat!
Fanning nomi: Yer tuzishni loyihalashBajardi: Razakov.X.XTekshirdi: Bobojonov.AMavzu: Yer tuzishni loyihalash texnologiyasiYer tuzish loyihasi - yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Ye.t.l. 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xzokjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Ye.t. l .da bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari va yer tuzish manbai (obyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Ye.t.l.ning hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari boʻyicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari oʻz navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va is-tiqboldagi holatlari koʻrsatiladi. Ye.t.l. tarkibiga kiruvchi hujjatlar toʻplamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasalarda koʻrib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani joyga kuchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. E.t.l. xoʻjaliklararo va xoʻjalikda yer tuzish turlariga boʻlinadi. Ye.t.l. barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi. Tayyorlangan Ye.t.l. belgilangan tartibda kurib chiqiladi va tasdiqlanadi. E.t.l. muntazam ravishda mualliflik nazoratida boʻladi. Ye.t.l.ni amalga oshirish jarayonida ayrim oʻzgartirishlar yoki anikliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi. Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimlar (YTLAT) tushunchasi, uning maqsadi va avtomatlashtirish obyekti Murakkab tizimlarni yaratish va foydalanish hamda ularni avtomatlashtirish nazariyasidan kelib chiqib, prof.S.N.Volkov YTLAT ga quyidagi ta‟rifni bergan: “YTLAT- bu loyiha tashkiloti bo’limlari bilan o’zaro bog’liq holda, loyihalash ishlarini avtomatik tartibda EHM larda bajaradigan, loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmuidan iborat tashkiliy-texnik tizimdir” [SAZPR]. U optimallash masalalarini modellashtirish va yechish asosida ko‟p yechimli loyihalash usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga, yer tuzishdagi loyiha-qidiruv ishlari sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sarfini kamaytirish va loyihalash muddatini qisqartirishga qaratilgan. Yer tuzish bo‟yicha loyiha tashkilotlarida YTLAT dan foydalanish personal EHM larda yoki ularning lokal tarmoqlarida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq 10 xisoblanadi. Bunda kompyuterlarga ulanadigan qo‟shimcha qurilmalardan (digitayzer, plotter, skaner va boshq.) foydalaniladi. Bu tizimning birlamchi elementi - yer tuzuvchi-loyihachining avtomatlashtirilgan ishchi o‟rni hisoblanadi. YTLAT ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yerlardan oqilona foydanish va ularni muhofaza qilish masalalarini, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga qabul qilinadigan yechimlarni olishning tezkorligini oshirish, ular sifatini yaxshilash va mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradigan, sifat jihatdan yuqori darajada ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va optimallashtirish texnologiyalarini qo’llash hisobiga, yechishdan iborat. Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti sifatida yer tuzishni loyihalash jarayonlari, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, loyihaviy yechimlarni asoslash, loyihaviy hujjatlarni shakllantirish masalalari qabul qilingan. YTLAT yer tuzish bo‟yicha loyiha-qidiruv tashkilotlarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni ta‟minlashga, loyihaviy hisoblashlarni avtomatlashtirishga, xo‟jaliklararo va xo‟jalikda ichki yer tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarni tuzish hamda loyihalarning hayotga tadbiq etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirishga, qabul qilingan yechimlarning kelib chiqishi mumkin bo‟lgan oqibatlarini tahlil qilishga xizmat qiladi. YTLAT ni amaliy yaratishda yer – ishlab chiqarish - aholi - ekologiya tizimidagi o‟zaro bog‟liqlikni tavsiflovchi ko‟rsatkichlar va o‟zaro aloqalar tizimini to‟g‟ri belgilash hamda YTLAT qo‟shni yoki funktsional bog‟langan yuqori darajadagi boshqa avtomatlashgan tizimlar bilan aloqalarini hisobga olish zarur. Yer tuzish juda murakkab jarayon bo‟lib, yer tuzish loyihalari doimiy o‟zgarib turuvchi: ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, yerlardan oqilona, samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‟liq juda ko‟p yozma va chizma hujjatlardan iborat bo‟ladi. Shu sababli, yer tuzishni loyihalash bir martalik yoki davriy xarakat bo‟lmay, balki, loyihani ishlash, takomillashtirish va amalga oshirish bilan bog‟liq to‟xtovsiz jarayondir. Demak YTLAT ham yer egaliklari va yerdan foydalanichilarni tashkil etish jarayonini tartibga soluvchi umumiy davlat tizimi bilan ajralmas bog‟langan doimiy xarakatdagi va rivojlanishdagi avtomatlashgan tizim sifatida tashkil etilishi kerak. E’tiboringiz uchun raxmat!Download 142.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling