14. Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
— mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;
— jahon xo'jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish;
— xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning
qoidalarini universallashtirish;
— yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish
tarmoqlarini vujudga keltirish.
15. Migratsiya – aholining, shu jumladan ishchi kuchining bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tish harakati bo‘lib, uning miqyosi va sur’ati mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat hamda mehnat bozori sig‘imini ham belgilab beradi.
Immigratsiya — mehnatga layoqatli aholining maʼlum bir mamlakatga doimiy yashash uchun boshqa mamlakatlardan koʻchib kelishi
Emigratsiya (lot. — koʻchib ketmoq) — aholining muayyan mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun (ixtiyoriy yoki majburiy) koʻchib ketishi
Do'stlaringiz bilan baham: |