Savollarga javob. Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri qanday?
Download 18.42 Kb.
|
6 javobi
Savollarga javob. 1. Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri qanday? Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda butun dunyoning uyg‘unlashuvi — globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Barcha narsaning ikki qutbi bo‘lganligidek, globallashuvning ham o‘ziga yarasha salbiy va ijobiy tomonlari mavjud. Avvalo, globallashuvning o‘zi nima? Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini eshitish orqali olar ekan. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o’tkazayotgan salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo’lmoqda: Birinchidan, informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida Internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi. Bu vositalar orqali taklif etilayotgan “qadriyatlar” ko’p hollarda yoshlarimizni o’zimizning milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo’ymoqda, boshqacha qilib aytganda o’ziga xos “ildizi yo’q individ”larning shakllanishiga, o’z tarixiy ildizlaridan uzoqlashuviga olib kelmoqda. Ikkinchidan, "ommaviy madaniyat" turli xil ko’rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi. Bular asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo’sh vaqtni o’tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo’lmoqda. Yot madaniyat qadriyatlarini o’zida ifoda etayotgan “ommaviy madaniyat” yoshlarimizda g’arbona individualizm, egotsentrizm, nigilizm, andishasizlik, behayolik va zo’ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo’lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling