Savollarga javob. Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri qanday?
Ma’naviy tahdid, uning zamonaviy ko‘rinishlarini izohlab bering?
Download 18.42 Kb.
|
6 javobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Yoshlarni yot g’oyalar: diniy fundamentalizm (aqidaparstlik), ekstremizm va terrorizmdan asrash deganda nimani tushunasiz
2. Ma’naviy tahdid, uning zamonaviy ko‘rinishlarini izohlab bering?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozgan edi: “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin”. Ilgari insoniyat o‘zaro ziddiyatlarda qurol-yarog‘ning turli ko‘rinishlaridan foydalangan. To‘qnashuvlar hosilasi dushmanning yeri, moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish bilan izohlanar edi. Urush xavfi hammaning ko‘ziga yaqqol ko‘rinib turgan sifatlarda namoyon bo‘lardi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash tusini oldi. Endilikda yadro poligonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Ayni paytda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi yoki mamlakat chetda qolmaydi. Ayniqsa, diniy ekstremizm, fundamentalizm va boshqa axloqsizlik g‘oyalarini kishilar ongiga singdirishdan iborat mafkuraviy-ma’naviy tajovuzlar mintaqaviy va umumbashariy muammo darajasiga chiqib, unga qarshi kurashning xalqaro institutsional tizimini shakllantirishni taqozo qilmoqda. 3. Yoshlarni yot g’oyalar: diniy fundamentalizm (aqidaparstlik), ekstremizm va terrorizmdan asrash deganda nimani tushunasiz? Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, oʼzaro hurmat va ahillikni taʼminlash – milliy mafkurada koʼzda tutilgan maqsadlarni oshirishda tayanch boʼladi”. Diniy ekstremizm va aqidaparastlik mafkuralariga qarshi shaxs bilan oilani, mahallani birga bogʼlab turuvchi ijtimoiy-gʼoyaviy birlik bu – milliy istiqlol gʼoyasida yaqqol namoyon boʼldi. Bu – butun Oʼzbekiston xalqining birlashib, insonparvar, farovon demokratik jamiyat qurish va bu ishda har bir insonning munosib ishtirokini taʼminlash boʼyicha qilgan azmu-qarori ifodasidir. Аyni vaqtda har xil oqim aʼzolari oʼzining buzgʼunchilik, diniy aqidaparastlik tarbiyasini har bir oilaga olib kirishga va bunda telefon apparati, internet tarmogʼidan ham foydalanishga harakat qilmoqda. «Hizb ut-tahrir» global islomiy harakat, u asosan islom dunyosida faoliyat olib boradi. Oilada sogʼlom gʼoyaviy muhitni vujudga keltirishga hamda uni milliy gʼoya ruhida mustahkamlashga – milliy xavfsizlikka qaratish muhim strategik masaladir. Bu esa, oʼz navbatida, oʼzbek oilalariga azaldan xos boʼlgan oʼzaro ishonchni, maʼnaviy birlikni va nafaqat axloqiy balki, muhim gʼoyaviy fazilatlarning shakllanishida ham boy imkoniyatlar yaratadi. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy eʼtiqod qayta tiklandi. Respublikada diniy konfessiya roʼyxatga olinib, rasman faoliyat koʼrsatmoqda. Koʼpgina diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda Oʼzbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari oʼzlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. Bir nechta masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar taʼmirlandi va yangidan qurildi, Biz yurtimizning xavfsizligi va tinchligini taʼminlash, Vatan qudratini oshirish, maʼrifiy dunyo xalqlari yashayotgan farovon hayot darajasiga erishishi uchun bugun Oʼzbekistonda davlatimiz rahbarlari boshchiligida oʼtkazilayotgan izchil siyosatni qoʼllab-quvvatlaymiz, xalqimizni bu yoʼlda yanada jipslashishiga, yurtimizga qoʼl koʼtargan razil kimsalarga keskin zarba berish uchun har doim tayyor turishga chaqiramiz.” Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling