Fanning predmeti va uslublari
Mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi
Download 213.63 Kb.
|
11-mavzu. Ishsizlik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugal migratsiya
- 2.Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati
- Ishchi kuchi tovarining nafliligi
Mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi.
Tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan bog’liq migratsiya Tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’lik migratsiya Mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya; Tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog’liq migratsiya. Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. 2.Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar o’rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi. Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o’ziga xos tovari bo’lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to’g’risida to’xtalib o’tish zarur.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi. Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlaridan biri – aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat. I.A.Karimov Download 213.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling