Fanning predmeti va uslublari


Download 213.63 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi213.63 Kb.
#1058108
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu. Ishsizlik.

23-mavzu. Ishsizlik.


Ma’ruzachi: Adashev Azimjon O’rinboyevich
Reja:
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari
2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati
3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari
Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi.
. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.
Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar potentsial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchi resurslarining faol va potentsial qismi farqlanadi.
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o’sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi.
Xalqaro
Migratsiya ikki darajada
Mamlakat ichida

Download 213.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling