Fanning predmeti va uslublari


Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash


Download 213.63 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi213.63 Kb.
#1058108
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu. Ishsizlik.

3. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
1
    • Friktsion;

2
    • Tarkibiy;

3
    • Siklik;

4
    • Institutsional;

5
    • Texnologik;

6
    • Regional;

7
    • Yashirin;

8
    • Turg’un ishsizlik.

Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlik
Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Yangi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog’liq bo’ladi
Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o’rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.

Download 213.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling