Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari
O`quv jarayonini tashkil etish tamoyillari
Download 0.63 Mb.
|
Maxsus fan 43 javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunaviy o`quv rejasi
5. O`quv jarayonini tashkil etish tamoyillari
Bu jarayon insonning yosh xususiyatlari, taiim -tarbiya maqsadlari, uzluksiz taiim mazmuni va uning bosqichlariga ko'ra o'zgarib, takomillashib boradi. Bu esa so'zsiz o'quv jarayonini tashkil etish, dars o'tish metodlarini tanlashda o'ziga xos xususiyatlami hisobga olishni zarur qilib qo'yadi. O'quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o'rin tutadi. Seminar o'quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Oliy maktabdagi ta ’limning o'ziga xos xususiyatlari o'quv jarayonini tashkil etishda ham ko'rinadi. O'rta ta’limda o'quv jarayoni asosan dars o'tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg'ulot, laboratoriya mashg'uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o'quv yurtlarida esa o'quv jarayoni dars mashg'ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy konferensiya, amaliy seminarlar va boshqalarni ham keng qo'llab tashkil etiladi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari oiiy maktablardan o'rganiladigan bilim hajmi bilan farq qiladi. Demak, dars jarayonini tashkil etish, fanni o'rganish bo'yicha uy vazifalari va topshiriqlar hajmi ham farqlanadi. 6. Namunaviy o`quv rejasi Namunaviy o'quv rejasi fanni o'rganishdan qo'yilgan maqsad, fanning asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o'quv rejasi tarkibiy jihatdan o'z ichiga: kirish, asosiy qism: ma’ruza, seminar, tajriba darslari va mustaqil ish uchun ko'rsatmalar, kurs ishlari bo'yicha ko'rsatmalar, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxatini oladi. Namunaviy reja davlat ta’lim standartlariga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o'zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza va tasdiqdan o'tishi zarur. Dastur aniq mazmun va mantiqiy qoidalarni o'zida aks ettirishi, umumiy o'rta ta’lim va oliy ta’limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtirish, qo'yilgan mavzularning mantiqiy izchilligini ta’minlash, fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog‘laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling