Faol muhiti karbonat angidrid (CO2) gazida ishlovchi va urta infraqizil
Download 0.49 Mb.
|
9-sem
2.3.2.Gazodinamik CO2 lazer Faol muhiti karbonat angidrid (CO2) gazida ishlovchi va urta infraqizil 10600 nm to’lqin uzunlikli diapazonda nurlanish beruvchi lazerdir. Uning uzluksiz ish rejimdagi kogerent nurlanish quvvati yo’zlab qilovattga yetishi mumkin va texnikaning turli sohalarida ishlatilishining imkoniyatlari keng. Gazodinamik CO2 - lazerda invers bandlik yuqori haroratgacha kizdirilgan gaz aralashmasining keskin ravishda kengayishi natijasida hosil qilinadi. Gazodinamik lazerning ishlashini 2.13- rasm asosida tushuntirish mumkin. 2.13-rasm. Gazodinamik lazerning tuzilishi: 1 - yonish kamerasi, 2 - soploning kritik yo’zasi, 3 - optik rezonator, 4- diffuzor; 5 - C02 gazi bilan ta’minlaydigan kamera. Biror idishda yuqori temperatura (T=1400K) va bosimda (17 atm.) gaz joylashgan bo’lsin. Gaz boshlangich holatda termodinamik muvozanatda bo’lgani uchun CO2 molekulasining yuqori lazer sathi 001 yuqori bandlikka (asosiy sath bandligining taxminan 10 % ega bo’ladi. Pastki sathning bandligi undan ham yuqori bo’lib (25%), ular orasida invers bandlik mavjud bo’lmaydi. Gaz aralashmasi ingichka tirqish - soplo orqali kengaya boshlasin. Kengayish adiabatik ravishda bo’lgani uchun gazning kengaygandan keyingi temperaturasi juda kichik bo’lib qoladi. Yuqori va pastki lazer sathlarining bandligi yangi temperaturaga mos keladigan muvozanat holatga o’tishga intiladi. Lekin, yuqori sathning yashash vaqti, pastki sathning yashash vaqtidan katta bo’lgani uchun pastki sathning bandligi yangi muvozanat holatga mos tushuvchi bandlikka tezrok o’tadi. Natijada, gazning kengayish sohasida, gaz oqimi yo’nalishida yetarlicha keng bo’lgan sohada yuqori sathning bandligi kattaroq bo’lib qoladi, ya’ni invers bandlik sodir bo’lishi kuzatiladi. Bu soha uzunligi uyg’onish holatini azot molekulasidan CO2 molekulasiga uzatish uchun ketgan vaqtga gaz oqimi bosib o’tgan masofaga teng bo’ladi. Gazning kengayishi natijasida invers bandlikni hosil qilish gazning temperaturasi va bosimi pasayishi vaqti yuqori sath yashash davridan kichik, pastki sath yashash davridan katta bo’lgandagina samarador bo’ladi. Bu shartga bo’ysunush uchun gaz tovush tezligidan katta bo’lgan tezliklarda kengayishi talab qilinadi. Boshlangich gaz aralashmasining yuqori temperaturasi maxsus yoqilgining yonishi natijasida hosil qilinadi. Masalan, CO va H2 yoki benzol C6H6 va H2O yonishi natijasida talab qilingan temperaturaga erishiladi. Bunda CO2 /H2O ning 2:1 nisbatdagi aralashmasi hosil bo’ladi. 2.14-rasm. Gazodinamik CO2 lazerning tuzilish sxemasi: 1-yoqilg’i qabul qilish kamerasi, 2 – issiqlik nurlanishi chiqaruvchi tuynuk, 3-yuqori bosimli yonish kamerasi, 4 – nur qaytaruvchi ko’zgu, 5 – yarim shaffofli shisha ko’zgu orqali lazer nurining chiqishi, 6- qo’shimcha nurlanishning chiqishi. Sunggi ma’lumotlarga ko’ra gazodinamik CO2 lazerda quvvati 100 kVt gacha bo’lgan nurlanish hosil qilinib, uning kimyoviy foydali ish koeffitsienti (f.i.k.) 1%ni tashqil etadi. Bunday lazerlar reaktiv dvigitelni eslatib, uzluksiz maromda qisqa bir necha sekundda ishlaydi (2.14-rasm). Bunga sabab kizish natijasida lazer rezanatori ko’zgularining ishdan chiqishidir. (2.15-rasm) Mavjud barcha lazerlardan eng uzoq vaqt ishlaydigan CO2 lazerlari eng kuchli hisoblanadi. CO2 lazerining samaradorligi 20% ga etishi mumkin (individual CO2 lazerlarining namunalari 30% gacha samaradorlikka erishishi mumkin), bu lazer texnologiyasini rivojlantirish davrida lazerlar orasida eng yuqori samaradorlik ko’rsatkichidir. Boshqacha qilib aytganda: CO2 lazer – ko’p sonli turli xil materiallar va sirtlarni minimal vaqt va arzon narxlarda kesish, payvandlash, markalash va qayta ishlashga qodir bo’lgan ko’p qirrali qurilmadir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling