Mashg’ulot yakunida, xavfsizlik talablari to’g’ri berilgan javobni belgilang?
- Ro’yxat bo’yicha o’quvchilar borligini tekshirish. Sport jixozlarini belgilangan joyga joylashtirish. Sport kiyimlari va poyafzallarni almashtirish, dush qabul qilish yoki yuz va qo’llarni yaxshilab yuvish.
B) Sport anjomlari va uskunalari bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish. Sport zalni shamollatish (havosini almashtirish). Sport kiyimlari va poyafzallarni almashtirish. Mashg’ulot o’tkazish joyini tekshirish.
V) Sport anjomlari va uskunalari nosoz holda bo’lsa, bu haqida raxbariyatga axborot berish. Mashg’ulot uchun poyafzalni tayyorligini tekshirish va sozlash. Sport anjomlari va uskunalari bilan bog’liq muammo bartaraf etish.
G) Mashg’ulot o’tkazish joyini tekshirish. Sport zalni shamollatish (havosini almashtirish). Sport kiyimlari va poyafzallarni almashtirish. Sport anjomlari va uskunalari bilan bog’liq muammo bartaraf etish.
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik talablari to’g’ri berilgan javobni belgilang?
- O’quvchida og’riqlar (tanasi va tananing boshqa qismlarida) paydo bo’lsa, shuningdek, o’zini yomon xis qilsa, mashg’ulotni to’xtatish. O’quvchi jaroxat olganida darxol birinchi yordam ko’rsatish, shifokorni chaqirish, muassasa raxbariyati va uning ota-onasiga xabar berish, zarurat tug’ilsa jabrlanuvchini eng yaqin tibbiy muassasaga olib borish. Sport zalida yong’in sodir bo’lsa, o’quvchilarni zudlik bilan barcha favqulodda chiqish joylari orqali zaldan olib chiqish, yong’in haqida o’t o’chirish bo’limiga xabar berish, mavjud yong’inga qarshi uskunalarni ishlatib yong’inni o’chirishni boshlash.
B) Sport zalida yong’in sodir bo’lsa, o’quvchilarni zudlik bilan barcha favqulodda chiqish joylari orqali zaldan olib chiqish. Sport zalini shamollatish (havosini almashtirish). Sport kiyimlari va poyafzallarni almashtirish.
V) O’quvchi jaroxat olganida darxol birinchi yordam ko’rsatish, shifokorni chaqirish, muassasa raxbariyati va uning ota-onasiga xabar berish, zarurat tug’ilsa jabrlanuvchini eng yaqin tibbiy muassasaga olib borish. Mashg’ulot o’tkazish joyini tekshirish. Sport zalini shamollatish (havosini almashtirish). Sport kiyimlari va poyafzallarni almashtirish.
G) Sport zalida yong’in sodir bo’lsa, o’quvchilarni zudlik bilan barcha favqulodda chiqish joylari orqali zaldan olib chiqish, yong’in haqida eng yaqin o’t o’chirish bo’limiga xabar berish, mavjud yong’inga qarshi uskunalarni ishlatib yong’inni o’chirishni boshlash. Sport anjomlari va uskunalari bilan bog’liq muammo bartaraf etilganda yoki boshqasiga almashtirilgandan so’ng mashg’ulotni davom ettirish. O’quvchi jaroxat olganida darxol birinchi yordam ko’rsatish.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |