Faolashtiruvchi, jadallashtiruvchi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari
Download 45.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1332-Текст статьи-3300-1-10-20210427
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
FAOLASHTIRUVCHI, JADALLASHTIRUVCHI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING MAQSAD VA VAZIFALARI N. Jumanova JDPI Umumiy psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida faollashtiruvchi, jadallashtiruvchi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: ta’lim, o’quvchi, pedagogik texnologiya, jadallashtirish, faollik. ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ АКТИВАЦИИ, УСКОРЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ Аннотация: В статье рассматривается значение педагогических технологий, активирующих и ускоряющих учебный процесс, цели и задачи педагогических технологий. Ключевые слова: образование, студент, педагогическая технология, акселерация, активизм. GOALS AND OBJECTIVES OF ACTIVATION, ACCELERATION OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES Abstract: The article examines the importance of pedagogical technologies that activate and accelerate the educational process, the goals and objectives of pedagogical technologies. Key words: education, student, pedagogical technology, acceleration, activism. Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi va ta’lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo’nalishlarda kasbiy ko’nikmalarni hosil qilishga yo’naltiriladi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari o’qituvchi va o’quvchilar bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo’yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o’zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi. O’qituvchining faol, samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o’quv materiali o’zlashtirishga sharoit yaratadi, ta’lim- tarbiyasi butun mashg’ulot davomida o’quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko’zda tutadi, o’quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o’quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo’lmagan yoki aniq natijani ko’zlanmagan topshiriqlar mashg’ulotning samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba qo’llangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Asosiy maqsad:Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan yosh istiqbolli pedagog xodimlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarni o’rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o’quv-tarbiya jarayoniga qo’llay olishlariga erishish, shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berish, pedagogik va axborot texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda pedagog- o’qituvchilarning kasbiy malakasi va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko’rsatish. Demak, “Ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar” ni qo’llashdan maqsad: -bo’lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart- sharoitga, asosan ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlashga o’rgatishdan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning vazifasi: -bo’lajak o’qituvchilarga pedagogik texnologiya, rivojlangan mamlakatlar ilg’or pedagogik texnologiyasi. Talabalarga nazariy bilim berishda: -pedagogik jarayonni loyihalash: -ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmunini va optimal metodlarini qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish: -pedagogik diagnostika qobiliyatini o’stirishdan iborat. O’quvchi shaxsi, uning mustaqil bilish faoliyati ta’lim jarayonida rivojlanib borishi tufayli ta’lim metodlarini takomillashtirishga ehtiyoj tug’iladi. SHu tariqa ta’lim jarayonini mazmunan umumlashtirish kontseptsiyasi, muammoli ta’lim, aqliy faoliyatni bosqichlab shakllantirish nazariyasi, ta’limda hamkorlik faoliyati, kabi g’oyalar yuzaga keladi. Bu hol avtoritar pedagogika o’z o’rnini hamkorlik pedagogikasiga berishini taqozo etadi. Endi o’qituvchi o’quvchining rahnamosi, eng yaqin odami, hamdardi. SHuning uchun ham ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Ta’limda interfaol metod- bu o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida ta’limni o’zlashtirish munosabatlarini yanada kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’lim tizimida mazmunan unga tegishli bo’lgan dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar va texnik vositalarni umumlashtirish jarayonidir. O’quvchilarda hissiyot dinamikasini maqsadga muvofiq ravishda yo’naltiruvchi milliy g’oyani o’zlashtirishga undovchi turli adabiy kechalar, uchrashuvlar tashkil qilish, u yoki bu davrdagi ishtirokchilar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi barcha ta’limiy va tarbiyaviy metodlardan oqilona foydalanish bilim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. O’quvchilarni boshlang’ich sinflardanoq interfaol pedagogik texnologiyalarning ular yoshiga mos elementlarini qo’llab darslarni tashkil etish o’quv jarayonini faollashtirish va jadallashtirishda katta ijobiy natijalar berayotganini ko’rsatadi. Interfaol pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar tizimi tafakkurni charxlaydigan, Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va demokratik madaniyatni shakllantiruvchi fan asosi bo’lib xizmat qiladi. Fanlarni o’qitishda “Guruhlar bilan ishlash”, “Munozara”, “Muammoli o’qitish”, “Aqliy hujum” kabi metodlar, shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrni ifodalaydigan yozma ishlar, insholar yozish o’quvchilar faolligini oshiradi. Bu metodlar asosida olib borilgan ana shunday darslar vaqt tejamkorligi bilan birga, yangi bilimlarni o’quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga bolani o’ylantiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan, butun diqqat e’tiborini o’ziga jalb qila oladigan, muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to’g’ri xulosalar bilan vaziyatdan chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan bog’lab, umumlashtiradigan sharoitga ega bo’ladi. O’quv jarayonida o’quvchilar faolligini oshiruvchi o’qitish metodlaridan biri “Kichik guruhlarda ishlash” metodidir. Bunda o’quvchilar kichik guruhlrga bo’linib ishlaydilar va bu jarayonda har bir guruh bir-biridan o’rganishga, o’rganganlarini o’z salohiyatlari doirasida baholashga, turli vaziyatlarda bilimlarni qadrlab, xulosa chiqarishlariga imkon yaratiladi. Ushbu metodni quyidagicha qo’llash mumkin: 1.Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi. 2.Kerakli asos yaratiladi. O’quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak (ta’limning bu metodida rangli, lavhali suratlar, mavzuga oid 5-6 daqiqalik ekranlashtirilgan hujjatli filmlar namoyish etilib, qaltis vaziyatlarda “SHu holatda men nima qila olar edim?”, “Nima qilmoq to’g’ri bo’lardi?” kabi). 3. Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar 5-6 ishtirokchidan iborat guruhlar tuziladi. Aniq ko’rsatma, topshiriq bo’yicha ishga kirishiladi. 4. O’qituvchi har bir guruh faoliyatini qo’llab-quvvatlab, yo’naltirib turadi. 5. Dars yakuni muhokama qilinadi, o’quvchilar baholanadi, rag’batlantiriladi. Munozara metodida esa har bir o’quvchi muammoli masala ustida ishlaydi. Guruh qatnashchilarining har bir a’zosi o’z fikrini erkin aytish imkoniyati sharoiti yaratib berilishi kerak. So’ng qatnashchilar bildirgan fikr va munosabatlar guruhlashtirilib, tahlil qilinadi. “Aqliy hujum” biror muammoni yechishda ishtirokchilar tomonidan bildiriladigan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu metod orqali shaxsni ijodiy-texnik qobiliyatini o’stirish, rivojlantirish, ularning o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish mumkin. Buning uchun ishtirokchilarga, haqiqatdan yiroq bo’lgan takliflarni qabul qilsalar ham, ijodiy yondoshishlari uchun yordam beriladi; hamma fikr va takliflar, ular qanchalik g’ayrioddiy tuyulmasin, yozib boriladi; vaqt belgilanadi, bir-birlari bilan ishlab chiqqan takliflar o’rtoqlashadi. Bu metodni qo’llash rivojlangan davlatlarda yaxshi natijalar bergan. O’quv jarayonida insonparvarlik tamoyiliga mos eng ilg’or zamonaviy texnologiyalar, ya’ni izlanish, ishchan o’yinlar, “Guruhli bahs” kabi metodlarlardan mohirlik bilan foydalanish o’z samarasini beradi. Masalan, adabiyot darslarida ijodiy o’qish metodi tarkibida o’qituvchining ifodali o’qishi, o’quvchilarning ifodali o’qishi, taqqoslash, badiiy idrok etish usullari qo’llaniladi va u evristik suhbat bilan aloqada olib boriladi. Reproduktiv metod esa o’qituvchining axboroti, bilimlarni o’quvchilarga yetkazishda muammoli vaziyatlar yaratib, ularni ijodkorlikka, mustaqil fikrlashga yo’naltirishda yuqori natija beradi. Bunda o’quvchilar asarlarni tahlil etishda induktiv va deduktiv metod, ya’ni oddiydan murakkabga va aksincha, murakkab vaziyatlardan oddiyga qarab boriladi. Eng avvalo, o’qituvchi o’quvchilarning qiziqishlarini oshirish uchun darslarning mazmun va sifatiga e’tibor beradi. Buning uchun bolalarni fikrlashga, ularni faollashtirishga harakat qiladi. O’quvchini tayyor bilim qabul qiluvchi emas, balki sinfda o’quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish uchun munozara qilishga yo’llaydi. Xulosa qilib aytganda o’quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Download 45.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling