Faoliyat psixologiyasi
Download 198.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1363013176 42031
■■-.>
^ Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o`tish jarayonini interiorizatsiya (torn ma`noda aytganda, ichki tarzga ay-lanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida e`tiborda bo`lmagan narsalarning tirnsolidan foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqa-riga chiqib «xayqlida» o`trnishga va kelajakka, vaqtga va bo`shliqqa erkin ko`chib o`tadi. Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihat-lariga qadar to`liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday o`zgarishning muhim quroli bo`lib so`z, o`zgarish vositasi bo`lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So`z buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o`zida mujassamlashtiracli. Shuning uchun ham so`zlarni to`g`ri ishlatishga o`rganish ayni chog`da buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini o`zlashtirishdan iboratdir. Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog`liqdir. Tashqi jihat - odam tashqi olamga ta`sir ko`r satish uchun qiladigan sa`y-harakatlar - motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo`naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o`zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o`zgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andazalarning o`xshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi darajasini ko`rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo`naltirilib va nazorat qilib turiladi. Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (torn ma`noda ichki tarzda aylanishi) deb qarash mumkin. Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo`lishi uchun ki-shi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari - uning motivlari, bajarilish usul-lari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo`lishi ham, anglanilmagan bo`lishi ham mumkin. 2. Ko`nikma va malakalar Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yoi- yo`riqlar ushbu faoliyatning usullari deb ataladi. Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa`y-harakatlarni ijro etish va boshqarishning aynan shu tarzda avtomatiashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi. Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter - orasida, ferens -tarqatuvchi) deb avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-qa yangi malakalarning hosil bo`lish jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi. Harakatning shu tarzda qisman avtomatiashuvi tufayli uning tuzi-lishida ro`y beradigan o`zgarishlar quyidagilardan iboratdir: 1) sa`y-harakatlarning ijro etilish usullari o`zgaradi. Bunga qadar o`z holicha yuz berib kelgan qator juz`iy sa`y-harakatlar yagona ja- rayonga, tarkibga kiruvchi alohida sodda sa`y-harakatlar o`rtasida to`siqlar va uzilishlar mavjud bo`lmagari bitta murakkab sa`y-harakat- ga qo`shilib ketadi: a) ortiqcha va keraksiz sa`y-harakatlar bartafaf etiladi; b) mujassamlashuv yuz beradi; ; `` ! 2) harakatni sensor nazorat qilish usullari o`zgaradi. Sa`y-harakat larning bajarilishini ko`rish orqaii nazorat qilish mushaklar yordamida (kinistetik) nazorat bilan almashadi. Buriga tajribali mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning ustiga boig`a bilan urayotganda ko`rish nazoratini ishga solmasligi misol bo`ladi: a) maxsus sensor sintezlar hosil bo`ladi; b) harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo`lgan moijallarni tez farqlash va ajratishMqobiliyati rivojlanadi; c) harakatni markazdan turib boshqarish usullari o`zgartirib bori-ladi. Diqqat harakat usullarini idrok etishdan xoli boiib, u harakatning, asosan, vaziyati va natijasiga qaratilgan bo`ladi. Ba`zi hisob-kitoblar, yechinilar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga qo`shilgan holda amalga oshirila boshlaydi: Jumladan, haydovchi dvigatelning ortiqcha kuch bilan ish- layotganini uning tovushidanoq sezib, o`ylab-netib o`tirmasdan, uning harakatini qahaqa tezlikka ko`chirish kerakligini darhol tushunib yetadi; operator asboblarning ko`rsatkichlarini o`qiboq, ularning ishla- shida ro`y berayotgan buzilishlarni va ularni bartataf etish uchun ni- malar qilish kerakligini fahmlaydi. ^ ;- Navbatdagi sa`y-harakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi sa`y-harakatlar amalga oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki, natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Qo`llani-lishi lozim bo`lgan usullaraing butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko`ra bilish Download 198.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling