Faoliyat tushunchasi. Faoliyatning tuzilishi: ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, vositalar


Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari


Download 98.62 Kb.
bet19/21
Sana18.06.2023
Hajmi98.62 Kb.
#1594774
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Faoliyat turlari va ularni inson tomonidan o`zlashtirilishi

Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. Faoliyatni tartibga solishning umumiy mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me'yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an'analarning ijtimoiy-madaniy me'yorlari, qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. Me'yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta'minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me'yorlar har xil bo‘ladi.
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat'iy belgilovchi qoidalarning butun bir turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular standartlar - muayyan ishni bajarishda qat'iy rioya qilish lozim bo‘lgan sifat, shakl va o‘lchamning qat'iy belgilangan namunasi; qoidalar - tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi ko‘rsatmalar; etalonlar - faoliyatda mo‘ljal sifatida foydalanish lozim bo‘lgan qat'iy belgilangan, standartlashtirilgan qadriyatlardir. Inson faoliyatini tartibga solishni ta'minlovchi ijtimoiy me'yorlar tizimida huquq normalari va axloq me'yorlari alohida o‘rin egallaydi.
Huquq va axloq. Huquq - davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya'ni qilmishni ma'qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor qoidalari majmuidir.
Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, normativ talablarni mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-atvoriga samarali ta'siri darajasiga ko‘ra ajralib turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida jiddiy farq mavjud emas. Mmasalan, «o‘g‘rilik qilma» - bu ham axloqiy qoida, ham huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z tartibga solish doirasi bilan axloq me'yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning ulkan hajmini to‘la qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o‘z farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini sevish, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq o‘rtasidagi farqni ular ko‘rsatadigan ta'sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. Bizning nazarimizda, davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda samaraliroqdir. Ammo muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me'yorlar nufuzi qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. Bu hol shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, muayyan inson qaysi axloqiy qadriyatlarga tayanishi, shuningdek u yashaydigan muhit, ya'ni individ fikrini qadrlaydigan referent guruhning qandayligi bilan belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a'zolarining fikri ustunlik qilishi mumkin.
Yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga tayanadi. Ammo inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida muayyan sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob'ektiv oqibatlarga olib keladi va maqsadga erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. Jamoatchilik fikri shaxs xulq-atvoriga baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq me'yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, ular umumiy e'tirof etilgan me'yorlardan ancha farq qilishi mumkin. Muayyan sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, boshqa bir individ umumiy qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya'ni «har qanday vijdonli odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy deb hisoblash mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy tamoyillarga mos kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va qo‘rqoq shaxs, chunki uning qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan izohlanadi. Sirtdan belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va jamoatchilik fikri yoki Tangri la'natidan qo‘rqish emas, balki shaxsning ichki mayli axloqiy qilmishning muhim belgisi hisoblanadi.

Download 98.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling