Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik


Download 1.21 Mb.
bet8/72
Sana24.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1394006
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individu

ЎКириллчага ўтказинг
USD10359.88
RUB136.11
EUR12285.78

+21°C
Toshkent
Yuklab olishGoogle play  Yuklab olishApp Store
Mahalliy
09:48, 13.08.2019 60077

“Davlat ishchisi kreativ va zamonaviy bo‘lishi lozim”. Koreyalik professor bilan suhbat


O‘zbekistonda ayrim hokimlarning eng katta dardi “snos” bo‘lib turgan bir paytda rivojlangan mamlakatlar liderlari barcha sohalar zabt etilgan yangi dunyoni anglashga bel bog‘lagan. Siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov Amerikaning Stenford universiteti professori, Janubiy Koreya elektron hukumati markazi rahbari professor Kim Son Ik bilan shu mavzuda – bugun va kelajak liderlari haqida yaxshi suhbat quribdi.

Kadr: YouTube
Otabek Hasanov Janubiy Koreya poytaxti Seuldan tayyorlagan intervyusiniDaryooquvchilariga ham ilindi.
Bugungi liderlar va kelajak liderlar o‘rtasida qanday farq bor?
Ishonchim komilki, bugun va kelajak liderlari orasida katta farq mavjud bo‘ladi. Fikrimcha, eng muhim narsa – turli munosabatlar va turli istiqbolli natijalarga erishish. Turli istiqbollar degani har bir narsani turli nigohda ko‘rishdir. Masalan, biz hozir raqamli dunyoda yashamoqdamiz. Raqamli, ya’ni detallashgan dunyo deganda nimani tushunamiz? Biz tushunishimiz kerakki, bu tarmoqli dunyo yoki barcha jabhalari zabt etilgan dunyodir. Bu nima degani. O‘ylaymanki, birinchi galda biz yangi dunyoning nimaligini to‘g‘ri anglab olishimiz zarur.
Davlat xizmatchisi uchun muhimi shundaki, davlat xizmatchisi dunyoni barcha jabhalarda zabt etish falsafasida juda zaifdir. Avvalari davlat xizmatchisi fuqarolarga qaraganda juda katta kuchga ega bo‘lgan. Ammo hozirgi vaqtda vaziyat keskin o‘zgardi. Buni biz fuqarolar davlat xizmatchisiga qaraganda ko‘proq vakolat berilganida ko‘ra olamiz. Eng muhimi, fuqarolarga ustunlik berilgani birinchi galda hech qanday an’anaviy byurokratik to‘siqlarsiz bo‘lganidir.
Oldinroq aytganimdek, XXI asr liderlari shuni bilishi lozimki, biz yangi dunyoda yashamoqdamiz, bu detallashgan, tarmoqli va barcha sohalari zabt etilgan dunyodir. Yangi liderlar yangi dunyoning ma’nosini anglashi shart. Bu XXI asr lideri bo‘lishdagi eng birinchi, muhim qadam, boshqacha qilib aytganda kalitdir.
Oddiy misol sizga, avvallari fuqarolarga umumiy ko‘rinishdagi xizmatlar ko‘rsatilgan. Yashab turgan tumaniga yo‘l qurib berdingiz, bo‘ldi. Bugun esa har bir elementga e’tibor qaratishingiz lozim, ya’ni fuqaro pasport olish jarayoni ham unga qulay shaklda bo‘lishi kerak. Bunda kelajak liderlari oldiga katta vazifalar qo‘yiladi. Ya’ni fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni doim soddalashtirib borish va yangi qulayliklarni ishlash chiqishdan iborat bo‘ladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling