4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko`p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo`llari bo`yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo`limlari, bo`linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib bo`linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta`minlanadi:
-davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda korxona jamg’armasi;
-agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo`lsa-amortizatsiya jamg’armasi;
-agar xarajatlar kapital xarajatlar bo`lsa-asosiy faoliyat, tsex va umumxarajat mablag’lari;
-yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar.
O`ta zararli ishlab chiqarishida band bo`lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko`zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bundan maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar sog’ligini mustahkamlashdan iborat bo`ladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |