Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar
Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar
O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, tsexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o`chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |