Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Insonlar qadimdan rasm chizish san’ati bilan shug’ullanib, o’z rasmlarida
insonlar qiyofasini, turli jonzotlarni, voqea yoki xodisalarni aks ettirishga harakat
qilganlar.
Qadimgi
rasm
san’ati
namunalarini
arxeologlar
tomonidan
topilgan qoyatoshlardagi, qadimgi devor va sopol
idishlardagi tasvirlardan
ham ko’rish mumkin.
Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Klod Mone,
Pikasso kabi buyuk
mo’yqalam ustalarining asarlari esa san’at olamining bebaho meroslari qatoridan
joy egallagan.
Rassomlar o’z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qog’ozda
mo’yqalam yordamida yaratishgan. Ular o’z asarlarini yaratayotganlarida biron bir
xatoga yo’l qo’yishsa, barcha ishini qaytadan boshlashga majbur bo’lganlar.
Lekin kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida
xatolikka
yo’l qo’ysangiz, qog’oz va polotnolarni tashlab yuborishga hojat qolmaydi.
Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni chizish imkonini beradi.
Kompyuter
texnikasining
vujudga
kelishi
bu yo’nalishda yangi
imkoniyatlrni yaratib berdi va “kompyuter grafikasi” tushunchasini vujudga
keltirdi.
Grafik muharrirlar kompyuterda grafik tasvirlarni
yaratish va qayta ishlash
uchun mo’ljallangan amaliy dasturlardir.
Ularga Paint, Paint Net, Tux Paint kabi dasturlar kiradi. O’zining soddaligi va
qulayligi tufayli va dasturlar kichik yoshdagi foydalanuvchilar orasida ham keng
tarqalmoqda.
Paint Windows muhitida ishlovchi grafik muharrir hisoblanib,
quyidagi
imkoniyatlarga ega:
•
Qalam, moyqalam, purkagich yordamida rasm,
tasvirlar yaratish,
ularni turli ranglarda bo’yash.
•
To’g’ri chiziq, egri chiziq, elleps, to’rtburchak yordamida,
turli
shakllar yaratish, ichki sohasini bo’yash.
•
Rasmlarni o’zgartirish, burish va nusxalash.
•
Rasmli fayllarni yuklab olish, ularga o’zgartirish kiritish
•
ixtiyoriy sohani qirqib olish.
•
Rasmlarni saqlab qo’yish.
Do'stlaringiz bilan baham: