Faoliyati xavfsizligini ta


Download 22.9 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi22.9 Kb.
#1370307
  1   2   3
Bog'liq
Faoliyati xavfsizligini ta\'minlashga psixologik omillarning ahamiyati




Faoliyati xavfsizligini ta'minlashga psixologik omillarning ahamiyati
Reja:
1. Asosiy ma’lumotlar
2. Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillarni o`rganish

Mehnat xavfsizligi psixologiyasi – psixologik ilmlarning bir sohasidir. U ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o’qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o’rganadi. Shuning uchun mehnat psixologiyasini o’rganishning ob’ekti na faqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman - uning kasbiy qobiliyatlari mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan aniq ishlab chiqarish muhiti, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat oziqalari va ishlab chiqarishga o’qitishning usullari hisoblanadi.


Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi – faoliyatining yengil va xavfsiz bo’lishiga , uning katta xursandchilik olib kelishiga , korxonalardagi insoniy munosabatlarning garmonik va faol bo’lishiga yordam berishdir. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas. Тajriba shuni ko’rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik – konstruktorlik nuqsonlari yotmaydi, balki tashkiliy–psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo’yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassisni yetarli darajada qo’ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo’yish , odamlarning ishga faollik faoliyatini pasaytiruvchi charchagan va turli psixologik holatlarida kelishi.
Хalqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatadiki, bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gacha asosan jabrlanuvchilarning o’z ayblari bilan sodir bo’ladi. Bu borada Sokratning quyidagi gapini eslaymiz: « Men tirik bo’lmagan tabiat bilan shug’ullanishni tugataman deb qaror qildim va nima uchun shunday bo’ladi, odam nima yaxshiligini biladi, biroq yomon ishni qilishini» tushunishga harakat qilaman
Хavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi.
Хavfsizlik psixologiyasi-psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o’rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologik holatlarning har xil shakllarini to’liq tahlil qiladi.
Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruhni tashkil qiluvchi ( komponent)larni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilishli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hakazo).
Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati – bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament, yo’nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, ahlok va mehnat ajralib turadi. Yana bularga barqarorlik va doimiylik xususiyatlari kiradi.
Psixologik holatlar turli–tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohatining oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan, ishlab chiqarishning psixologik holatlari va boshqa maxsus holatlarini aniqlashdan iborat.
Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi.
Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Faollashishning kritik darajagacha ko’tarilishi mehnat natijalarining pasayishiga, ba’zan ishchanlikning to’liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi
Insonning normal yuklanishi maksimal yuksalishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning har xil tarkibiy qismlarga ajralishiga, (dezintegratsiyalanishiga) birinchi navbatda insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllarida harakat koordinatsiyasi va chaqqonligi yo’qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy holatlar paydo bo’ladi.
Ishchilarning hatti–harakatini to’g’ri tashkil qilishda, ishlab chiqarishda yaxshi psixologik sharoitlarni yaratishda mehnat psixofiziologiyasi ish xavfsizligi tajribasi, hamda alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasi katta ahamiyatga egadir. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to’liq to’xtalib o’tamiz.
Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillar ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar.

Download 22.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling