Faoliyatida marketingni tashkil
Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir
Download 137.36 Kb.
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqish
Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir:geografik tamoyil; psixografik tamoyil; demografik tamoyil; xulq-atvor tamoyili; holat tamoyili. Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, ti- jorat faoliyatining tuzilishi, mintaqaviy rivojlanish dinamikasi, inflyasiya da- rajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi. Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning tipi, jamoat holati kabi hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o’z faoliyati, qiziqishlari, qat’iyati va ye’tikodlarida o’z aksini topadi. Shaxsning turi esa hayotdan mamnun, melanholik, o’zgalardek ish ko’ruvchi, o’zbilarmon va boshqa hislatlarda bo’lishi mumkin. Demografik tamoyillarda oilani soni va sifat tarkibi, oilaning hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg’ulot turi, ma’lumoti, millati ka- bilar inobatga olinadi hamda bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo’l, foydalanuvchi maqomi, iste’mol jadalligi, bog’lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, tovarga bo’lgan munosabati hisobga olinadi. Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bozorning maqsadli seg- mentini tanlash hisoblanadi. Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo’lib, uni hal etish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi: segment o’lchami va uning o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish; segmentning jalb yetuvchanlik tuzilishini tadqiq etish o’zlashtirayotgan segment maqsadi va tashkilot resurslarini aniqlash Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dasturini ishlab chiqishTor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos- lashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qarabadi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasi- ni tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor rivojlanishin- ing qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozord- agi xulq-atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish qarab nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beri- ladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning im- koniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kom- paniyaning yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqyei va korx- ona holatining bog’liqligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, qishloqiga qarab markekting dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi, pastki bo’g’in uchun tuzilgan dastur- larda esa har bir savol yoritib beriladi. Muddatiga ko’ra, marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Qamrab olinayotgan vazi- fasiga ko’ra, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi. Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha masalalarni hal etishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Quyidagi 4.3.1-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda. 4.3.1-rasm. Marketing dasturi majmui Download 137.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling