Faoliyatida marketingni tashkil
Download 137.36 Kb.
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab
2-Mavzu Biznes va tadbirkorlikda mehnat munosabatlari. Biznes va tadbirkorlikda rejalashtirish. Biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingni tashkil etish Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashning turli shakllari paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur qishloqi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot qarab amaliyot faoliyati hamdir. Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar –ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoni- yatlarini mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti Karimov ta’kidlaganidek “...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ek- sportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamla- katlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur” Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xo- hish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga asos- lanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan (4.1.1-rasm). Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir. Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Эҳтиёж Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj. Қондирилганлик 4.1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari Download 137.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling