Faoliyatida marketingni tashkil


Download 137.36 Kb.
bet9/12
Sana20.06.2023
Hajmi137.36 Kb.
#1630541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 mavzu

Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog’liq. Ishbi- larmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish;
v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorli- giga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat ko’rsatish.Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakat-larning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro yetuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi.
Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkor- lik loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.Resursli ta’minot quyidagi- larni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital qo’yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik ax- borot).
Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga ki- ritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo’limda ishbi-larmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.


Download 137.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling