Faoliyatida marketingni tashkil
Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va uning bajarilishining nazorati
Download 137.36 Kb.
|
2 mavzu
Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va uning bajarilishining nazorati.Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir (5.2.1-rasm). Ushbu biznes-rejani batafsil ko’rib chiqamiz: Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazi- falari» markaziy o’rinni egallaydi.
5.2.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ sarflash va shu mablag’ qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyasiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishlishini hisoblab chiqish lozim. Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerak-ki, olinadigan foyda omonat bankka qo’yilgan shu miqdordagi mablag’ keltiradi- gan foizdan ko’p bo’lishini ta’minlashi lozim. Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va va- zifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar. Download 137.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling