Faoliyatida marketingni tashkil


Download 137.36 Kb.
bet8/12
Sana20.06.2023
Hajmi137.36 Kb.
#1630541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 mavzu

Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-reja asosiy g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning o’zaro farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’l va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qo’llash sohasi. Umumlashgan natija ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashti- rilayotgan natijani olish kafolati).
Uchinchi bo’lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, sur’ati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini ba- shorat qilish.
To’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmin- ing tahlili» bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqt mobaynida belgilab beriladi. Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo’lajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi. Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilganda mahsulot iste’molchilari doirasini aniqlash mumkin. Bu esa , o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bo- zorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’llarini ham belgilab berishi lo- zim.Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi, raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosa-tini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi.

Download 137.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling