Faoliyatidan tayyorlagan


Download 232.64 Kb.
bet2/8
Sana23.12.2022
Hajmi232.64 Kb.
#1047057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jaloliddin-kurs-ishi

Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining maqsadi biz yoshlarga iqtisodiy qarashlarini yanada oshirishda tutayorgan o`rni hamda aralash iqtisodiyot faoliyati asoslari borasida chuqur nazariy bilimlarni egallash, ularda atroflicha amaliy ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishning vazifalari quyidagilar:
- Aralash iqtisodiyotning mohiyati va tub belgilari;
- Iqtisodiyotda bozor mexanizmi bilan davlat tomonidan tartibga solishning uyg`unlashuvi;
- O`zbekistondagi aralash iqtisodiyotni shakllantirishni vazaifalari va ustuvor yo`nalishlari;
- O`zbekistonda aralash iqtisodiyotni kengayib borishi;
Kurs ishining predmeti. Aralash iqtisodiyotga oid bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash hamda uni tartibga solish yo`llarini o`rganish.
Kurs ishining obyekti. Aralash iqtisodiyot haqida olimlarning yozgan asarlari va hozirgi kunda amalda qo`llayotgan davlatlar.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, to`rtta asosiy reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil to’gan.



  1. ARALASH IQTISODIYOTNING MOHIYATI VA TUB BELGILARI

Aralash iqtisodiyot – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi boʻlib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan oʻzining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopo-596liyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi. Mulkchilikning 3 shakli mavjud boʻlib, bular xusu-siy mulk, jamoa mulki va davlat mulkidan iborat buladi. Xususiy mulkning individual (yakka) mulk shakli emas, balki kooperativ (shirkat) shakli ustu-vorlik qiladi. Jamoa mulki esa ishchi va xizmatchilarning uziga yoki ularning kasaba uyushmasiga karashli mulkdan tashkil topadi va xalq korxonalarida oʻz ifodasini topadi. Bu korxonalardagi ishchi va xizmatchilar ham mulk sohibi, ham mehnat axli hisoblanadilar. Dav-lat mulki eng muhim, umummilliy ahamiyatga molik sohalar bilan cheklanadi, uning doirasi xususiylashtirish asosida qisqarib boradi. Mulk shakllaridan hech qaysisi monopol mavqeda boʻlmaydi. Iqtisodiyotda mulk shakllarining muvo-zanati saqdanadi; b) xoʻjalik yuritish xilma-xilligi. Xoʻjalik yakka, shirkat, aralash tarzda yuritiladi. Xoʻjalik sub’ektlari xoʻjalik faoliyatini oʻz mablagʻiga, qarz puliga tayanib yuritadilar, ular oʻrtasida ijara munosabatlari keng tarqaladi. Yer, umuman, koʻchmas mulk va hatto, mashina-uskunalar ham ijara asosida ishlatiladi, lizingning tur-li shakl va usullari keng qoʻllaniladi. Xoʻjalik yuritish milliy doiradan chiqib baynalmilallashadi. Qoʻshma kor-xonalar, transmilliy korporatsiyalar rivojlanadi, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil topadi; v) xoʻjalik faoliyati miqyosida muvozanatning ta’minlanishi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Yirik korxonalar monopoliyasiga oʻrin qolmaydi. Har bir biznes oʻz sohasida rivoj topadi. Yirik va kichik biznes munosabati, bir tomon-dan, raqobat munosabati boʻlsa, ikkinchi tomondan sheriklik va hamkorlik muno-sabatiga aylanadi. Muvozanatli holat raqobatga keng yoʻl ochadi, monopoliyani cheklaydi. Shu sababli millionlab kor-xonalar yopiladi, oʻzaro qoʻshiladi yoki yangidan ochiladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining koʻpchilik boʻlishi raqobatning ahamiyatini oshiradi.Aralash iqtisodiyot koʻp ukladlilikni talab etadi va bozor talabi atroflicha oʻrganilib, bozorbop, ya’ni yaxshi sotiladigan tovarlar ishlab chiqariladi; barcha ishlab chiqarish omillari unumdorlikni ta’minlash yoʻlida mukammallashtirib boriladi. Samarali ishlab chiqarish hamma daromadlarni (ish haqi, foy-da, renta, foiz) oshirish imkonini beradi. Chunki har bir omilning (yer, mehnat va kapital) bergan iqtisodiy samarasi oshib boradi. Ammo daromadlar tarki-bida mehnatdan keladigan daromad – ish haqi gʻissasining ortib borishi yuz beradi.Aralash iqtisodiyotning ommaviy farovonlikni ta’minlashdan iborat bosh umumlashtiruvchi qonuni bor va u iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini ifoda etadi. Bu qonunni ikki holat yuzaga keltiradi. Birinchi-dan, mulk xilma-xil boʻlib, ozchilik qoʻlida toʻplanmay, koʻpchilikka tegishli boʻladi va mehnat ahli ayni vaqtda mulk sohiblariga ham aylanadi. Ikkinchi-dan, mahsulot va xizmatlarning koʻplab yaratilishi farovonlikni ta’minlashga yetarli boʻladi. Daromadlar yuqori boʻlganidan ular tirikchilik sarfidan ortib qolib, pul va modliy shakldagi jamgʻarmaga aylanadi. Shu bois milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi.Hozirgi Aralash iqtisodiyotda iqtisodiy munosa-batlarning aralash tarzda boʻlishi bo-zor va nobozor munosabatlarning uz-viy qoʻshilib ketishiga olib keladi. Bozor munosabatlariga xos raqobat, foyda uchun kurash, xususiy mulk hukmronligi, daromadlarning ishlab chiqarish omillaridan foy-dalanish natijasiga bogʻliq boʻlish kabi belgilar bilan bir qatorda uzoq sheri-klik asosida hamkor boʻlish, biznesda oʻz oʻrnini topib obroʻ orttirish, imijga ega boʻlish, ishchi-xizmatchilarning mulkdorlarga aylanishi, xayr-sahovat qoidasiga binoan nochorlarga doimo yordam berish kabi munosabatlar ham kamol topadi. Aralash iqtisodiyotda tartibsizlik va noaniqlik minimal darajaga tushadi, iqtisodiyot davlat to-597monidan tartibga solinadi, iqtisodiy muvoza-natlar tezda tiklanib turadi. Davlat daromadlarni qayta taqsimlab, minimal daromadlarni keskin pasayi-shiga yoʻl bermaydi. Shu maqsadda qonun yoʻli bilan ish haqi minimumoʻ miqdori belgilanadi. Davlat antimo-nopol si-yosat yurgizadi. Firmalarda marketing xizmatining kuchli rivojlanishi bozorni chuqur oʻrganib, uning talabiga mosla-shish imkonini bergani holda davlat ham iqtisodiyotni tartibga solib turganidan kuchli iqtisodiy boʻhronlar va larzalar yuz bermaydi, iqtisodiy tanglik chuqur boʻlmaydi, undan tezda va kam talofat bilan chiqiladi. Umuman olganda jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot bozor munosabatlarining hozirchalik eng rivojlangan shakli sifatida yuzaga keladi. Uning yaqqol na-munasi deb AQSH iqtisodiyotini olish mumkin. Iqtisodiy nazariyada Aralash iqtisodiyot haqidagi qarashlar 20-asrning 20-yillarida paydo boʻlgan. Keyinchalik "xalq kapitaliz-mi", "demokratik kapita-lizm", "ommaviy farovonlik jamiyati", "konvergensiya" va boshqa konsepsiyalarda Aralash iqtisodiyot nazariyasi takomillashtirildi.2
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda uning erishilgan darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini bozor usullari bilan uyg’unlashtirish orqali erishiladi.
Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo’lgan. Tovar ishlab chiqarishining rivojlanishi va pulning paydo bo’lishi sudxo’rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo’rlik o’zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib kelgan. Bu o’z navbatida davlatning o’zini va soliq to’lovchilarni himoya qilishga majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va Xammurapi qonunlari bunga misol bo’la oladi. Buyuk jug’rofiy kashfiyotlar davrida G’arbiy Yevropa mamla- katlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka aholisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustam- lakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo’lgan.3
XX asr boshlarida, ko’plab mamlakatlar birinchi jahon urushining ishtirokchilari bo’lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo’yicha bir qator vazifalarni o’z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo’lgan ko’plab zaruriy tovarlarni ishlab chiqarish bo’yicha buyurtmalar bergan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933-yil- lardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqti- sodiyotga ta'sir ko’rsatishning har xil usullarini qo’llab, siklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776-yil) nomli kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish zarurligi ta'kidlab o’tilgan.
A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag’batlantiradi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxiroqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va mahsulotning past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste'molchilar yutqazadi.4 A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1923-1933-yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishini ko’rsatdi. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Dj.M.Keyns- ning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o’z aksini topdi (1936).

Download 232.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling