Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi
Download 99.13 Kb.
|
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash
Ijodkor shaxs faoliyati. Ijodning ichki asoslari qatoriga odatda shaxsning qobiliyati va faoliyat motivlari kiritiladi. Bu asoslar yagonadir: ijodiy qobiliyatlar muvaffaqiyat negizi hisoblanadi, lekin ular motivatsiya orqali ro‘yobga chiqadi. Ijod qilish qobiliyati ko‘p sonli fazilatlar bilan tavsiflanadi. Ijodkor shaxs o‘z aql-zakovatining teranligi, mustaqil fikrlashi, tafakkurining o‘ziga xosligi, bashorat qilish qobiliyati, zehnining o‘tkirligi, tasavvuri va intuitsiyasining kuchliligi, mehnatda tirishqoq va intiluvchanligi, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabat va murosasizlik, yuksak axloqiy fazilatlar bilan ajralib turadi. Ijodiy qobiliyatlar insonga vaziyat travial, «muammosiz» bo‘lib tuyulgan joyda muammoni ko‘rish imkonini beradi, bundan yangi motivatsiya paydo bo‘ladi va u, dastlabki tarzda qo‘yilgan vazifadan qat'iy nazar, ichki da'vatkor motivga, faoliyatda ehtiyojga aylanadi. Ijodkor o‘zining ayni shu – kutilmagan va salmoqli natijaga erishish qobiliyati bilan ajralib turadi.
Ijodkor shaxsning ayniqsa keng tarqalgan tavsifi «qobiliyatli», «iste'dodli», «daho» tushunchalarida beriladi. Mazkur belgilar zamirida qobiliyatning shunday tabiiy nishonalari yotadiki, ularning rivojlanish darajasi (bunga esa faqat qizg‘in faoliyat bilan erishiladi) ijodiy natijaning ahamiyatini belgilaydi. Qobiliyat muayyan turdagi vazifalarni boshqalarga qaraganda yaxshiroq yechish imkoniyatini beradi. Iste'dod yangi, o‘ziga xos natijaga erishishni nazarda tutadi, daholik esa shaxs va uning ijodiy yutuqlari madaniyatning rivojlanishiga davomli, olamshumul va ijobiy ta'sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Emotsional faollik, ijod jarayonida ijobiy emotsional holatlar bo‘rtib ko‘rinishi ijodning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ko‘tarinki ruh, kayfiyat vazifalarning yechimlarini tirishqoqlik bilan izlashga rag‘batlantiradi va pirovard natijada yuz beradigan insayt (fikrning ravshanlashish) lahzalarini belgilaydi. Bunda izlanayotgan natija ijodkor tafakkurida xuddi chaqin chaqqandek bir lahzada paydo bo‘ladi, mushkul masalalarni yechish imkonini beruvchi mutlaqo yangi g‘oya yuzaga keladi. Psixologiyada insayt muhim munosabatlar va umuman vaziyatni tuyqusdan va o‘tmishda olingan tajribaga bog‘liq bo‘lmagan holda tushunish orqali muammoni ongli tarzda yechish sifatida tavsiflanadi. Emotsional ta'sirlanish ijodkor tafakkuriga kuchli turtki beradi va uning sintez, tahlil qilish, umumlashtirish qobiliyatlarini faollashtiradi. Psixologlar ijodiy faoliyatning o‘ziga xosligini motivatsiyaning o‘zgarishi, yangi niyatning paydo bo‘lishida ko‘radilar. Bu omillarga ular ijodning o‘ta muhim xususiyati sifatida qaraydilar. Zero ijod shaxsning yuzaga kelgan stereotiplarni buzish, standart vaziyatdan chiqishning o‘z yo‘lini ko‘rish qobiliyatini nazarda tutadiki, bu dastlabki qo‘yilgan vazifa va uni yechish vositalari chegarasidan chetga chiqishni belgilaydi. Shaxsning intellektual salohiyati, uning mustaqillik, faollik, izchillik kabi irodani tavsiflovchi fazilatlari ijodning zaruriy sub'ektiv omillaridir. Ammo bu salohiyatni faqat kuchli motivatsiyagina harakatga keltirishi mumkin. Bu tashqi zaruriyatdan xoli ichki mayl, faoliyatga birdan-bir maqsad sifatida ehtiyoj bo‘lishi lozim. Hamonki faoliyat insonning tabiiy holati ekan, unga, amalda foydali natijadan qat'iy nazar, birdan-bir maqsad sifatida ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Bunday ehtiyoj shaxs uchun o‘z-o‘zidan muhim bo‘lgan har qanday amaliy, odatdagi faoliyat jarayonida yuzaga kelishi mumkin. Download 99.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling