Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi


Download 99.13 Kb.
bet1/21
Sana31.01.2024
Hajmi99.13 Kb.
#1818992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash



Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash
REJA:
1 Faoliyat tushunchasi.
2 Faoliyatning tuzilishi: ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, vositalar.
3 Moddiy va ma’naviy faoliyat.
4. Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash

Praksiologiya (yunon. praktikos – faol) – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma'naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi.
Ijtimoiy yo‘nalganligiga qarab faoliyatning turli fanlarda o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Ijtimoiy falsafa shaxsning ijtimoiylashuvi, ya'ni jamiyat to‘plagan tajriba, qadriyatlar va me'yorlarni o‘zlashtirish usuli sifatidagi faoliyat mazmunini yoritadi. Sotsiologiyada faoliyat (ijtimoiy harakat) ijtimoiy organizmning sub'ektiv motivatsiya va boshqalarga qarab mo‘ljal olish bilan tavsiflanadigan hamda shaxs va jamiyatning aloqasini ta'minlaydigan hujayrasi sifatida qaraladi. Ontologiyada faoliyat inson borlig‘i usuli bo‘lib, unda odamzotning mohiyatini belgilovchi kuchlar ayniqsa to‘la aks etadi. Bilish nazariyasida asosiy e'tibor bilishning negizi va bilimlarimiz haqiqiyligining muhim mezoni bo‘lgan amaliyot sifatida tushuniladigan faoliyatga qaratiladi. Axloq va huquq falsafasida xohish-iroda erkinligi muammolari va inson faoliyatini tartibga solish usullari o‘rganiladi. Inson faoliyatining madaniyat bilan aloqasi mazkur faoliyatning o‘ziga xos xususiyatini aks ettiruvchi muhim falsafiy muammolardan biridir. To‘g‘ri, inson yaratgan barcha narsalar ham madaniyatga mansub bo‘lavermaydi, lekin ijodiy faoliyatsiz madaniyat mavjud bo‘lishi mumkin emas. Yondashuvlarning bunday rang-barangligi tasodifiy bir hol emas, chunki inson faoliyati uning yashash omili hisoblanadi va odamzotning tabiatga, jamiyatga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari doirasini to‘la qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy ne'matlar ishlab chiqarish, siyosat va boshqaruv, muloqot va bilish, badiiy ijod va falsafiy mulohaza yuritish, tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalash – bularning barchasi faoliyatni insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatining universal shakli, shaxs va jamiyatning rang-barang ehtiyojlarini qondirish usuli sifatida tavsiflaydi.

Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling