Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi


Download 99.13 Kb.
bet7/21
Sana31.01.2024
Hajmi99.13 Kb.
#1818992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash

Muloqot faoliyat sifatida. Mehnat qurollaridan foydalanish usullari, ularning vazifasi haqida axborot berish vositasi sanalgan o‘ziga xos «til»ga qarab mo‘ljal olish inson faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. Insonni bu mehnat qurollari bilan ishlashga tayyorlash, chunonchi: tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish va eng muhimi – faoliyat tajribasi va usullarini o‘rgatish ham zarur. Bu ish yo namoyish etish, o‘rnak ko‘rsatish yoki faoliyatda ishtirokchilik orqali bevosita, yo til yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muloqot insoniy munosabatlar, umuman jamiyat hayotining muhim tomoni hisoblanadi. Bu odamlar o‘z hayotida yo‘l-yo‘lakay shug‘ullanadigan alohida faoliyat turi, inson hayotining ovloq burchagi emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayoni yuz beradigan markazidir.
Inson faoliyatining sanab o‘tilgan xossalari uning madaniyat bilan belgilanishini ko‘rsatadi. E.Kassirer bu xususda shunday deydi: «Inson madaniyatini, hyech shubhasiz, har xil maqsadlarni ko‘zlab, turli yo‘llardan rivojlanadigan faoliyatning har xil turlari tashkil etadi. Falsafiy sintez yordamida biz inson faoliyati oqibatlarining birligini emas, balki harakatlar birligini, faoliyat mahsullari birligini emas, balki ijodiy jarayon birligini aniq-ravshan ko‘rishimiz mumkin»7.
Inson faoliyati madaniyat mexanizmlari tomonidan dasturlashtiriladigan va amalga oshiriladigan tabiatan ijtimoiy faollik sifatida tavsiflanishi bejiz emas. Faoliyatning nobiologik tarzda yaratilgan mexanizmlari serqirra va murakkab tizimini o‘z ichiga olgan madaniyat unga o‘ziga xos insoniy tus beradi.
Insonning shakllanishi va kamol topishida faoliyatning roli katta. Talaba inson faoliyatini o‘rganishga murojaat etar ekan, mazkur muammoning shaxsiy hayotdagi ahamiyatini tasavvur qilishi lozim: zero insonning aqlli mavjudot sifatida va individning shaxs sifatida shakllanishi, inson o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi faqat faoliyat doirasida yuz berishi mumkin. Inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish o‘z mehnati va bo‘sh vaqtini tashkil etishni ham, o‘z bolalarini tarbiyalash jarayonini ham, boshqa odamlar bilan o‘zaro muloqotni ham, rasm-rusumlarni ado etishni ham, madaniyatga munosabatni ham sezilarli darajada optimallashtirish imkonini beradi.

Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling