Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi


Download 99.13 Kb.
bet3/21
Sana31.01.2024
Hajmi99.13 Kb.
#1818992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash

Psixologiyada faoliyatga mufassalroq tavsif berilgan bo‘lib, u insonning dunyo bilan munosabatlari dinamik tizimi sifatida talqin qilinadi. Bunda sub'ektda ruhiy obraz yuzaga keladi va u ob'ektda mujassamlashadi. Sodda qilib aytganda, faoliyat insonning har qanday ob'ektga (dunyoga) shunday bir munosabatini aks ettiradiki, uning zamirida nafaqat ob'ekt (dunyo) haqidagi bilim, balki uni o‘zgartirish natijasida inson nimaga erishishi mumkinligi haqidagi tasavvur ham yotadi. Psixologiyada bilim va maqsadning inson ehtiyojlari bilan belgilangan o‘ziga xos chatishuvi faoliyat jarayonida ob'ektda gavdalanadigan obraz sifatida qaraladi. Shunday qilib, faoliyat sub'ektning borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ro‘yobga chiqarish usuli hisoblanadi. Ammo faoliyatning o‘zi insonning tashqi dunyoga bevosita munosabati bilan emas, balki uni anglab yetishi, ya'ni ruhiy motivlar, maqsadlar, vositalar (mehnat qurollari) bilan tavsiflanadi.
Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatning umumiy tuzilishi ehtiyojlar bilan belgilanadi Insonning ehtiyojlari uning faollik manbai hisoblanadi. Hayot ehtiyojlari (insonning jonli mavjudot sifatidagi ehtiyojlari), ijtimoiy ehtiyojlar (ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, shuningdek shaxsning jamiyatga moslashuv ehtiyojlari) va ma'naviy (ma'rifiy, diniy, axloqiy, estetik va sh.k.) ehtiyojlar farqlanadi. Ehtiyojlarning rang-barangligi inson faoliyati turlarining rang-barangligini belgilaydi. Faoliyat turlarini tasniflash zamirida yotuvchi eng muhim omil u qaratilgan va faoliyat motivini tashkil etadigan predmetlar farqidir. Faoliyat motivsiz bo‘lmaydi, «motivlashtirilmagan» faoliyat sub'ektiv pinhona motivga ega bo‘ladi.
Harakatlar va amallar. Faoliyat harakatlardan tashkil topadi. Harakat alohida maqsadga, ya'ni erishilishi lozim bo‘lgan natija haqidagi tasavvurga bo‘ysunadigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Maqsad inson ongida ehtiyoj va motiv bilan faoliyat ob'ektiv holatlarining nisbatlashuvi jarayonida yuzaga keladi. O‘z navbatida, holatlar maqsadga erishish yo‘llarini belgilaydi. Bular faoliyat shartlari bilan belgilanadigan amallar hisoblanadi. Shunday qilib, umuman faoliyat motiv bilan, harakat – maqsadlar bilan, amallar – shartlar bilan belgilanadi.

Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling