Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs
Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi
Download 90.48 Kb.
|
Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs
Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos E. Bern va nemis ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik ruhshunos Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, odam boshqa rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli. Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor va g‘amho‘rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g‘amho‘rlikni o‘z elkasiga olishida, boshqalarga o‘rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo‘ladi. Ota-ona roli odam o‘zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o‘zlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar, ishonadilar, qo‘llaydilar va sh.o‘. Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash tamoyillarini qo‘llagan holda, K. Levin individ va muhit o‘rtasidagi mutanosiblik buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi. K. Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning «hayotiy bo‘shlig‘i» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o‘.) hosil bo‘ladigan va o‘zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Ob’ektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorning motivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo‘ldagi to‘siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik «bo‘shlig‘ini» o‘z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yo‘nalishlar ham mavjud. Bunday yo‘nalishlardan biri bo‘lib, umuminsoniy psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo‘nalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan psixologik hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar. Terapiyadagi o‘zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya’ni, bemorda jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim o‘tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o‘rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan hurmatga asoslangan bo‘lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo‘lishi va uning ichki olamiga e’tiborli bo‘lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab etishga yordam beradi. Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g‘oyasi nodirektiv hulq-atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog‘lom odamlarning o‘zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo‘lishi kerak. Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo‘lib, Download 90.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling