Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs
Download 90.48 Kb.
|
Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs
o‘zini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o‘tmaydi. Ko‘p hollarda atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‘pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‘ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’ni, bu erda biz yana bir bora tug‘ma sifatlar tushunchasi bilan to‘qnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik ruhshunos Abraxam Xarald Maslou bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, insonning asosiy ehtiyoji – bu o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O‘zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi … Ular bunga berilgan bo‘lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o‘ziga xos layoqat». Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs tuzilishi Maslou bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o‘tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo‘lgan ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o‘zini dolzarblashtirish ehtiyojlari. Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‘lgan o‘zining barcha qobiliyatlarini to‘la rivojlantirish, ma’nan o‘sish va ahloqiy yuksalishga intilish kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo‘ladi. Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan o‘rnining o‘zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo‘lsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. Maslou fikricha, o‘zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o‘z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o‘zini dolzarblashtirish – tug‘ma hodisa bo‘lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik, ahloqiylik, samimiylikka bo‘lgan ehtiyojlar bilan tug‘iladi. Ular insonning asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo‘ladi. Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar L.S. Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‘liq. SHaxs muammosini hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa qo‘shganlar. L.S. Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‘rish bola hayotining turli davrlarida faoliyatning o‘zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh bilan qarash shakllanishini ko‘rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‘indisi sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo‘lib hisoblanadi. A.N. Leontev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning konsepsiyasiga o‘xshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning motivatsiya sohasi bo‘lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’ni, ayni damda bevosita qo‘zg‘atuvchiga yo‘nalganlikka bo‘lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman bo‘lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‘zi esa shunchalik ma’nan boy bo‘ladi. Xulosa o‘rnida, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat. Download 90.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling