О‘zbekiston Ruspublikasida Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi Qonuni dastlab 1993 yil 6-mayda va yangi tahrirdagi 2016 yil 22-sentabrdan kuchga kiritilgan. Ushbu qonun ishchilar va ish beruvchilar о‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi. Ish beruvchi ishlovchi bilan mehnat shartnomasini tuzishda ishchini о‘z hisobidan tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishi lozimligi qonunda belgilangan. Ish beruvchi ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish ishlarini tashkil etishi shart: Ish beruvchi ishchilarni faoliyati davomida ham quyidagi hollarda tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish ishlarini tashkil etishi shart: - 18 yoshga tо‘lmaganlar;
- 60 yoshga tо‘lgan erkaklar, 55 yoshga tо‘lgan ayollar;
- nogironlar;
- mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bо‘lganlar;
- oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bо‘lganlar;
- umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bо‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Atrof muhitni muhofazalash- tirik (о‘simliklar va hayvonot dunyosi) va о‘lik (tuproq, suv, atmosfera, iqlim) tabiatni tiklash va muhofazalash va ulardan ratsional foydalanish bо‘yicha kompleks tadbirlardir. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 1992 yil iyun oyida Rio-de-Janeyroda atrof muhit va uning rivojlanishi bо‘yicha bо‘lib о‘tgan konferensiyada tabiatni himoyalashga huquqiy yondoshishning 2 ta asosiy prinsipini qonuniy mustahkamlab qо‘ydi: Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 1992 yil iyun oyida Rio-de-Janeyroda atrof muhit va uning rivojlanishi bо‘yicha bо‘lib о‘tgan konferensiyada tabiatni himoyalashga huquqiy yondoshishning 2 ta asosiy prinsipini qonuniy mustahkamlab qо‘ydi: - har bir mamlakatning atrof muhitni himoyalash bо‘yicha samarali qonunchilikni yо‘lga qо‘yishi. Ular tomonidan ilgari suriladigan meyorlar, masalalar va yо‘nalishlar atrof muhit va uni rivojlanishi, amalga oshiriladigan ishlar atrof muhitni muhofazasi bо‘yicha real holatni aks ettirishi;
- har bir mamlakat atrof muhitni ifloslantirilganlik uchun javobgarlik boshqa ekologik zarar yetkazganlik uchun zarar kо‘rganlarga tovon tо‘lash bо‘yicha milliy qonunchilikni ishlab chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |