Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Reja: 1. Mehnat muhofazasi. 2. Atrof muhitni muhofazalash. 3.О‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 4.Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bо‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi. 5.Hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashni moliyalashtirish. 1. Mehnat muhofazasi Mehnat muhofazasi- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy texnologik va sanitariya meyorlari sistemasi bо‘lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta’minlaydi. Mehnat muhofazasi hayot faoliyat xavfsizligi fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini о‘rganadi. Aniq muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun xavfsizlikni taminlash har bir fanning mutaxassislik kursida beriladi.
Mehnat faoliyatini olib borayotgan xodim.
Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug‘ bobokalonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va Rus olimlaridan M.V.Lomonosov, zamondoshlarimizdan N.D.Zolotnitsskiy, D.A.Kelbert, V.L.Gintillo, O’zbek olimlari: M.N.Nabiyev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir. Xavfsiz mehnat qilish huquqi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37-moddasida mustahkamlab qо‘yilgan. Mehnat muhofazasi bо‘yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari О‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, fuqarolik kodeksi va mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonunlari hisoblanadi. О‘zbekiston Ruspublikasida Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi Qonuni dastlab 1993 yil 6-mayda va yangi tahrirdagi 2016 yil 22-sentabrdan kuchga kiritilgan. Ushbu qonun ishchilar va ish beruvchilar о‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |