Faq обратная связь Вопросы и предложения


Download 53.76 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi53.76 Kb.
#1221055
1   2   3   4
Bog'liq
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3)

Sillabus


Sillabus - bu o'quv-uslubiy ob'ektning bir ta'rifi bo'lib, shu jumladan intizom dasturi, maqsad va vazifalari, qisqacha har bir boblarning mavzusi va davomiyligi, mustaqil ish, maslahatlar, o'qituvchi talablari, baholash mezonlarining vazifasi, hamda asosiy va qo'shimcha bir ro'yhat jamlamasidir.
Darsning maqsadi. Darsning maqsadi, talabalar foydalanadigan materiallar, muhim bo'lgan muhandislik hususiyatlari va turi haqida asosiy bilim berishdir. Bu, shuningdek, materiallar tuzilishi va hususiyatlari o'rtasidagi munosabatlar muhimligini ta'kidlab, taxlil qilishda nazariy bilim bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Davomat. Har bir talaba baholanishi uchun ma'ruza va amaliy mashg‟ulotlarga to'liq qatnashgan bo'lishi kerak. Talaba fanga doir topshiriqlarni auditoriyada bajarib – topshirishiga mas'uldir. Har bir qoldirilgan amaliy mashg‟ulot nol ball sifatida baholanadi. Agar talaba qoldirilgan darsini mustaqil o'zlashtirmagan bo'lsa, imtihonga qatnashishi mumkin emas, bu to'g‟risida biriktirilgan professor-o'qituvchi oldindan ogohlantirilgan bo'lishi kerak. Barcha rejalashtirib yoki rejalashtirilmasdan (kasallik yoki oilaviy sharoit tufayli) qoldirilgan mashg‟ulotlar uchun javobgarlik talabaning o'z zimmasida yuklanadi.
Tayyorgarlik ko'rish. Albatta har bir talaba yetarli bilim olishi uchun, rejalashtirilgan mavzuni muhokama qilish maqsadida auditoriyaga tayyorlanib keladi, deb tahmin qilamiz. Bu oldindan mustaqil ravishda fanga oid darslik va amaliy materiallarni o'qib, auditoriyada muhokama qilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha savollar bilan murojjat qilishni o'z ichiga oladi. Auditoriyada har bir talabani asosiy mavzu bo'yicha o'zini ko'rsata bilishini ijobiy baholanadi.
O'quv- uslubiy majmuaning maqsadi. «Eelektr mashinalari» fani bo'yicha tuzilgan ushbu o'quv-uslubiy majmua DTS talablari asosida tuzilgan. Respublikamizda malakali mutahassislarni tayyorlashga zaruriyat katta. Shuning uchun, ushbu fanni o'qitishdan maqsad - yo'nalishning mahsus fanlarning o'rganish va chuqur egallash uchun zarur bo'lgan umumkasbiy bilimlarni va ta'lim standartida talab qilingan ko'nikmalarni ta'minlashdir.
O'quv-uslubiy majmuaning vazifalari. O'quv fanini o'rganishning asosiy vazifalari: energetikaning rivojlanish tarixi, energetikaning asosiy qonunlari va tushunchalari, energetika resurslarini, energiyani uzatish usullari, issiqlik energetika qurilmalari kabi ma'lumotlarni talabalarga yetkazishdir. O'quv-uslubiy majmuaning tuzilishi va hajmi. “Eelektr mashinalari” fani bo'yicha tayyorlangan o'quv-uslubiy majmua ___ betdan iborat bo'lib, sillabus, kirish qismi, ma'ruza matni, ma'ruzalar matni bo'yicha taqdimot va tarqatma materiallar, amaliy mashg‟ulotlar materiallari, glossariydan iborat.

Download 53.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling