Iii kurs, II guruh talabasi ravshanova mafuza ismatillayevnaning


Download 51.68 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi51.68 Kb.
#1459791
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 2


NAVOY INNOVATIYALAR INSTITUTI


FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH FAKULTETI:
O’ZBEK TILI YO’NALISHI
III KURS, II GURUH TALABASI
RAVSHANOVA MAFUZA ISMATILLAYEVNANING
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU: HUVAYDO G'AZALLARIDA AXLOQ-ODOB, FALSAFIY VA MA'NAVIY KOMILLIK MEZONLARINING BADIIY IFODASI.


ILMIY RAHBAR: F.T. RAJABOV


Navoiy-2023
MAVZU: Huvaydo g'azallarida axloq-odob, falsafiy va ma'naviy komillik mezonlarining badiiy ifodasi.
REJA

KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB: Huvaydo g'azallarida komillik mezonlarining badiiy ifodasi.

    1. Huvaydo ijodining o’rganilishi. Shoir ijodiy me’rosi va mavzular olami.

    2. Huvaydo g’azallarida odob-axloqga bo’lgan e’tibor.

II BOB: Huvaydo g'azallarining falsafiy va ma'naviy komillikga qo’shga hissasi.
2.1. Huvaydoning badiiy-falsafiy merosi.
2.2. Huvaydo g'azallarining g’oyaviy-badiiy tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Milliy mustaqillik va yangicha ijtimoiy-falsafiy tafakkur sharofati bilan qaytadan kashf etilayotgan xalqimiz maʼnaviyatining azim va hayotbaxsh sarchashmalaridan biri Xojamnazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Huvaydoning boy va serqirra badiiy-falsafiy merosi, olijanob insoniy fazilatlari va ilgʻor gʻoyalaridir.
Bizga XVIII asr tasavvuf adabiyoti va falsafasining yirik namoyandasi Xojamnazar Huvaydoning tarjimai holi, u mansub boʻlgan ijtimoiy-madaniy muhit, qancha umr koʻrganligi, oilaviy va ijtimoiy hayoti haqida, afsuski, juda oz maʼlumot yetib kelgan. Yaqin vaqtlargacha tadqiqotchilar Huvaydoning 1907 yili Toshkentda V. M. Ilin litografiyasida chop etilgan “Kitobi eshon Huvaydoyi Chimyoniy maa Rohati dil fiy al xoshiya” devoniga ilova qilingan Noseh Chimyoniyning Huvaydo vafotiga bagʻishlab yozgan “Tarixi vafoti hazrat eshon Huvaydo “navvarallohu taolo marqadahu marjaahu” asariga hamda shoirning “Rohati dil” dostonida oʻzi haqida bergan maʼlumotlariga asoslanar edilar.
Biroq ana shu hujjatlarning birortasida Huvaydoning Qoʻqon madrasalaridan birida tahsil koʻrganligi yoki otasi Chimyonda qurgan madrasada mudarrislik qilganligi haqida maʼlumot uchramaydi. Afsuski, koʻp tadqiqotchilar Huvaydo singari isteʼdodli shoir katta bilim va badiiy mahoratga ega boʻlish uchun Qoʻqon madrasalaridan birida tahsil koʻrgan boʻlsa kerak, degan taxminlarini oʻquvchiga haqiqat sifatida taqdim etadilarki, bu ilmiylik va xolislik talablariga ziddir.
Huvaydoning tarjimai holiga oid maʼlumotlarning oz qismi yetib kelganligi sabablarini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: avvalo, Huvaydo xonlik poytaxti Qoʻqondan ancha olis boʻlgan Chimyon qishlogʻida tugʻilib, voyaga yetdi va ijod qildi. U vaqtda ilmli kishilar juda oz boʻlib, Huvaydoni tushunadigan, qadrlaydigan ziyolilar sanoqli boʻlgan (Huvaydo devoniga kiritilgan gʻazallarida ana shunga ishoralar bor); ikkinchidan, ijtimoiy-siyosiy parokandaliklar, adolatsizlik va zulm kuchaygan bir sharoitda ilmsizlik va jaholat ilm ahliga nisbatan loqaydlikni, ilm-maʼrifatning qadrsizlanishini kuchaytirgan; uchinchidan, Huvaydo vafotidan soʻng uning valiylik karomatlari haqida juda koʻp afsona va rivoyatlar yaratilgan.

Download 51.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling