Iii kurs, II guruh talabasi ravshanova mafuza ismatillayevnaning
II BOB: Huvaydo g'azallarining falsafiy va ma'naviy komillikga qo’shga hissasi
Download 51.68 Kb.
|
kurs ishi 2
II BOB: Huvaydo g'azallarining falsafiy va ma'naviy komillikga qo’shga hissasi.
Huvaydoning tasavvufiy qarashlari shakllanishida, jamiyat hayotida roʻy bergan muhim oʻzgarishlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy tanazzul asoratlari, bir tomondan, zulm va adolatsizliklar, toj-taxt urushlarining avj olishi, ikkinchi tomondan, jamiyat taqdiri uchun masʼul boʻlgan ilm-maʼrifat ahllarining molu dunyoga hirs qoʻyishi, odamlar oʻrtasida riyokorlik, yolgʻonchilik, taʼmagirlik, manmanlik, kibr, hasadgoʻylik singari illatlarning kuchayishi, uchinchidan, jaholatga qarshi jaholat bilan kurashishning ayanchli oqibatlari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Maʼlumki, Huvaydo Boborahim Mashrabning kichik zamondoshi, bir xil tarixiy muhitda yashab ijod qilgan mutafakkir edi. Biroq Huvaydo jamiyat duch kelgan ogʻir va murakkab muammolarni hal etishda Boborahim Mashrab yoʻlidan bormadi. Balki Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Soʻfi Ollohyor yoʻlini – sunniy tasavvuf yoʻlini tanladi. Huvaydo shaxsining shakllanishi XVIII asrda Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari maʼnaviy hayotida qadriyatlar tizimining oʻzgarishi, jahonda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarning asta-sekin Turkistonga kirib kelishi, diniy eʼtiqodning kuchsizlanishi, oq zulm va adolatsizliklarning avj olishi davriga toʻgʻri keldi. Huvaydo Bahouddin Naqshband gʻoyalaridan ilhomlandi, butun faoliyati davomida naqshbandiya gʻoyalarini odamlar oʻrtasida keng targʻib etishga intildi. Zamondoshlarini halol mehnat, pok niyat bilan yashashga, qalb (jon uyi)ni poklashga, Muhammad alayhissalom sunnatlariga amal qilishga, aqlli, donishmand va bilimdon boʻlishga undadi. Ilmsizlik, nodonlik va jaholatni barcha kulfat va baxtsizliklarning bosh sababchisi, deb bildi. Oʻzi uchun Ibrohim Adhamni ideal shaxs hisobladi. U kabi mard, oliyhimmat, faqir, kamtarin, halol boʻlishni orzu qildi. Nosehning guvohlik berishicha, Huvaydo doimo shariat hukmlariga boʻysunub, unga jonu dili bilan amal qilar, yoʻlda uchragan har bir moʻmin-musulmonga xuddi Hizr va Ilyos alayhissalomni koʻrgandek iltifot koʻrsatar va ularni doʻst tutardi. Har kuni saharlarda Xudoga yolborib, Undan maqsadiga yetish yoʻlini oson qilishini soʻrar, himmat otiga minib, shayton lashkarlari bilan jang qilardi. U doimo Ollohning roziligini tilab, xuddi Ibrohim Adham singari ozu koʻpga parvo qilmas, shogirdlari bilan suhbat qurar, fikru yodi dabiston (maktab)da ilm toliblariga ilm berishda edi. Huvaydoning hayoti, ijodiy faoliyati, tasavvufiy qarashlariga oid maʼlumotlarni uning devoniga kiritilgan gʻazallaridan, “Rohati dil”, “Ibrohim Adham” qissalaridan olishimiz mumkin. Zero, mashhur nemis olimi Zigmund Freydning ruhiy tahlil nazariyasiga koʻra, har bir ijodkorning asarlarida uning boshqalardan sir saqlaydigan istak, mayl, orzu, umid va maqsadlari oʻz ifodasini topadi. Huvaydo yashagan davrning naqadar ogʻir, uqubatli ekanligi shoirning quyidagi misralarida oʻz ifodasini topdi: Qayu kun keldim jahonda boʻlmadim shod, ey koʻngul, Boʻlmadim zindoni gʻamdin hargiz ozod, ey koʻngul. Shoir bu misralarni, shubhasiz, yoshi ulgʻayib, ilm maʼrifatda kamolga erishgan davrida qoralar ekan, ilmsizlik, jaholat, zulm va adolatsizlik, molu dunyoga hirs qoʻyish odatiy holga aylangan uqubatli damlarda oʻz dardini, ruhiy iztirob va kechinmalarini tushuna oladigan sadoqatli doʻst topa olmaganligini bayon etadi: Yurogim gʻussaga toʻldi, kishim yoʻq aytgali holim, Netay, dard aytgudek bir dardmand odam topolmasman. Kularlar qahqaha aylab, nechuk begʻam kishilardur, Kulargʻa bir zamone xotiri begʻam topolmasman… Jarohat boʻldi bagʻrim tigʻi hasrat birla, man naylay, Yurub izlab tabiblardin anga malham topolmasman. Musibatxonadur dunyo, nechuk odam boʻlur begʻam, Oʻzimni, ey Huvaydo, lahzaye begʻam topolmasman. Yoki Darigʻo, topmadim bir dardmandi, Anisu hamdamu yori muvofiq. Mutafakkir-shoir “dard” deganda, shubhasiz, jamiyat rivojiga toʻsqinlik qilayotgan, odamlarni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni nazarda tutdi. Kundalik tirikchilik tashvishi, molu dunyo hirsi bilan yashaydigan, hayotning maʼnosini yeb-ichish, bola-chaqa boqishdan iborat deb biladigan avom uchun xalq va jamiyat muammolari begonadir. Huvaydo ruhoniy oilada voyaga yetgan, diniy va tasavvufiy gʻoyalar ruhida tarbiyalangan ijodkor sifatida oʻzini jamiyat va xalq taqdiri uchun masʼul, deb bildi. Ahli xoslar qalbida Ollohga boʻlgan ilohiy ishq dardini alanga oldirish, nafsni oʻldirish, bu dunyoning oʻtkinchi va bevafo ekanligini eslatish, oddiy avom ongida esa iymon-eʼtiqodni mustahkamlash orqali ijtimoiy muammolarni oqilona hal etishga umid bogʻladi. Shu boisdan ham uning butun ijodiy faoliyatida ilohiy ishq va diniy maʼrifatni targʻib qilish, komil inson shaxsini shakllantirish yetakchi oʻrin egalladi. Huvaydo devoniga kirgan gʻazallarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, u arab va forsiy tilda bitilgan paygʻambarlar tarixini, islom dini tarixini, paygʻambar Muhammad alayhissalom hayotini juda chuqur bilgan. Shuningdek, tasavvufning Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan xojagon, malomatiya, yassaviya, naqshbandiya, kubroviya, qodiriya, qalandariya tariqatlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Oʻz asarlarida islom tasavvufi buyuk shayxlarining ilgʻor gʻoyalarini uygʻunlashtirishga, zamondoshlari qalbida ilohiy ishqni kuchaytirishga, buning uchun esa islom dinini bidʼat va yaramas odatlardan tozalashga intildi. Bu esa mutasavvif shoirning turli malomatlardan iztirob chekishiga, odamlar va hatto qavmu qarindoshlarining undan yuz oʻgirishiga sabab boʻladi. Bu haqda shoir iztirob bilan: Download 51.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling