Faqat-sen pdf


Download 197.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/44
Sana19.04.2023
Hajmi197.19 Kb.
#1362473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
faqat-sen



#Faqat_SEN
Tanishing bu Ilhomovlar oilasi. Bu oilada jami 4 kishi yashashyapti hozircha,ammo 5-kishi dunyoga
kelish arafasida. Otasi Sobit Ilhomov shahardagi katta fermer. Uni hamma hurmat qiladi. Oʻzining
aqli bilan,adolatliligi va mehnatkashligi bilan hammaning ishonchini qozongan. Onasi Oqilaxon uy
bekasi. Juda chiroyli, mehribon,qoʻli doim duoda. Ularning ikki oʻgʻillari bor. Biri Sanjar,ikkinchisi
undan 2 yosh kichik Anvar. Oqilaxon 3 farzandiga xomilador. Xomila 3 oylik boʻlganda Sobit Ilhomov
Oqilaxonni tekshiruvga olib bordi. Ammo shifokorlar bolani zudlik bilan olib tashlash kerakligini
aytishdi. Chunki Oqila xonimni immunetiteti juda zaif boʻlib, sogʻligʻi koʻtarmasligi mumkin va bola
tugʻilsa oʻzining hayoti xavfdan qolishi mumkinligi,bola ham oʻlik tugʻilishi mumkinligi haqida
aytishdi. Lekin Oqilaxon men bu bolani dunyoga keltiraman,mayli sogʻligim uchun xavfli boʻlsa ham.
Nima boʻlganda ham farzandimni dunyoga keltiraman. Balki bu safargi farzandim qiz bola
boʻlsa,menga yordamchi boʻlarmidi. Sobit Ilhomov ham Allohni buyurgani boʻladi,onasi farzandimizni
dunyoga keltirasan. Alloh barchasiga qodir zot. Albatta eson omon dunyoga keltirib olasan.
Xavotirlanma Allohni buyurgani boʻladi,Alloh Buyuk zot. Shunday qilib er va xotin ham farzand
dunyoga kelishini qattiq istashadi,ayniqsa farzandlari qiz bola boʻlishini. Bu yangilikdan Sanjar rosa
quvondi,yana bir ukalik boʻlishidan. Oʻzi Sanjar tabiatan shunday hammaga mehr bilan qaraydi,juda
quvnoq. Esini tanigan 8 yosh. Anvarga esa bu yangilik yoqmadi. Qovoq tumshuq qilib oldi. Chunki u
shu paytgacha kenja farzand sifatida erka boʻlib oʻsgan,oʻrnini boshqa inson egallashini hohlamadi.
Sobit Ilhomov Oqilaxonni barcha ishlarida koʻmak berar,Oqilaxonni juda avaylab asrardi. Sobit
Ilhomovning yaqin doʻsti Oʻktam Ahrorovning rafiqasi Shahrixon ham xomilador ekan. Ularning
oilasida bir donagina qiz bor edi. Endi oʻgʻil farzandlik boʻlishini kutishayotgan ekan. Shunda Sobit
Ilhomov va Oʻktam Ahrorov kelishishdi men oʻgʻil farzandli boʻlsam,sen qiz farzandlik boʻlsang
ikkalamiz qudalar boʻlamiz,kelishdikmi soʻradi Oʻktam Ahrorov. Kelishdik dedi Sobit Ilhomov.
Nihoyat oradan 6 oy oʻtib Sobit Ilhomov oilasiga jajji farishta misol goʻdak qiz tugʻildi. Oppoqina.
Juda yoqimtoy. Eng muhimi bola mutlaqo sogʻlom,ona ham soppa sogʻ. Qizning ismini Ohu sifat
koʻzlariga qarab Jayrona deb qoʻyoshdi. Allohning inoyatini qarang. Birozdan soʻng Oʻktam Ahrorov
ham farzandli boʻlibdi. Kutilganidek Oʻgʻil bola. Ismini Ahmadjon qoʻyishibdi. Kelishilgandek
goʻdaklar chaqaloqlik paytidanoq unashtirildi. Oʻktam Ahrorov taniqli biznesmen,undan tashqari
baʼzi birgi odamlar biladigan maxfiy ishlari bor. Qora yoʻllar bilan ham pul topadi.
Mittigina qizaloq shifoxonadan uyga olib kelindi. Birinchi boʻlib Sanjar qoʻliga oldi. Namuncha
yoqimtoy bu qiz,endi meni singlim bor. Anvar qaragin. Men koʻrmayman,kerakmas. Unaqa dema
oʻgʻlim singlingku,bitta qaragin yoqtirib qolasan. Anvar xohlamaygina qarab, yana oldiga qarab oldi.
Hamma qizaloqni koʻrgani kelganlar umri bilan,rizqi bilan bergan boʻlsin,Ilohim umri uzoq boʻlsin
deb duo qilishardi. Bir oy oʻtar oʻtmas aka ukalar oʻrtasida janjal chiqardi. Chaqaloq oʻynatishni
talashishardi. Anvar biroz gʻashlik qilgan boʻlsada bir oy ichida chaqaloqqa mehri tushib oʻrganib
qoldi. Shunday kunlarning birida ishchilarga beriladigan davlat puli yoʻqolib qoldi. Kattagina
mablagʻ yoʻqoldi. Afsuski fermaning pullari saqlanadigan seyfni faqat Sobit Ilhomov ocha olar edi.
Uni davlat pulini yeb yuborishda ayblab 7 yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Endi butun oila,roʻzgʻor
va farzandlar tarbiyasi Oqilaxonni boʻyniga tushdi. Ammo Oʻktam Ilhomov ularga moddiy yordam
berib turdi. Oqilaxon restoranga idish yuuvchilik lavozimiga ishga kirdi. Jayrona 7 yosh Boʻlganda
dadasi qamoqxonadan chiqdi. Keliboq doim undan xabar olib turgan doʻsti Oʻktam Ahrorovning
yoniga bordi. Soʻng uyiga. Sobit Ilhomovning farzandlariga boʻlgan munosabati oʻzgarmagan,lekin
ayoliga nisbatan sovuq muomala qilayotgan edi. Keyin Sesga ishga kirdi. Uyiga kam keladigan odat
chiqardi. Soʻrashsa doim ishni bahona qilardi. Bir kuni Sanjar oʻqishdan qaytayotib dadasini bir ayol
bilan qoʻl ushlashib yurganini koʻrdi. Aftidan anchadan beri tanishdek edi. Koʻzlariga ishonmadi.
Nahotki bu xiyonat boʻlsa. Koʻz oldiga onasi keldi. 7 yil dadasi qamoqxonadaligida idish yuvib
,mehnat qilib bolalarini boqqan mehribon onasi keldi. Nahotki dadasi shu darajada oʻzgargan boʻlsa.
Bu holat 14 yoshli Sanjarga salbiy taʼsir qildi. Singlisi Jayronani maktabdan uyga olib keldi. Jajjigina
qizaloq 7 yil ichida katta boʻlib maktabga chiqdi. U bilan birga Oʻktam Ahrorovning oʻgʻli Ahmad
ham birga maktabga chiqdi. Ikkalalari bir partada oʻtirishardi. Lekin Sanjar oʻzgarib qoldi. Otasini
bir necha marotaba oʻsha ayol bilan koʻrdi. Endi otasi bilan gaplashmay qoʻydi. Otasidan


nafratlanardi. Har gal dadasiga qaraganda oʻsha ayolning tasviri koʻz oʻngiga kelar, bu yoqda esa
hamon mehnat qilayotgan masuma onasini chehrasi gavdalanardi... #Faqat_SEN
Bir kuni kechki ovqat ustida Oqilaxon gapirib qoldi dunyoda 95 foiz erkaklar sevib turmush qurgani
uchun oʻz ayoliga xiyonat qilmas ekan,qolgan 5 foiz erkaklar oʻz nafsini qondirish uchun ayollar siz
tura olmas ekan,hattoki oilasi boʻlsa ham. Sobit Ilhomov ham men 95 foizli erkaklar toifasiga kirar
ekanmanda deganda Sanjarning koʻzlari qonga toʻldi,yoʻq dada siz xiyonatini bildirmaydigan insonlar
toifasiga kirasiz deb yuborganini bilmay qoldi. Sobit Ilhomov oʻrnidan turib bu nima deganing
qachon men xiyonat qilibman dedi rangi oʻchib,baqirib. Sanjar ham jaxl oʻtida bir emas bir necha
marta bir ayol bilan, balki qayda yashashini ham koʻrsatarman,maktabimiz yonidagi koʻp qavatli
binoning 4 qavati 23 xonada. Sobit Ilhomov gapira olmay qoldi. Birozdan soʻng sen adashyapsan
oʻgʻlim,sen bizni notoʻgʻri tushungansan,aslida u meni shifokorim meni davolaydi. Dada men sizga
yosh bolamanmi aldaysiz, ósha xotin bilan quchoqlashib yuribsizku... Shifokor nima quchoqlab
davolaydimi sizni. Dadasi bu nima degan gap? Aaa nima degan gap hali siz boshqa ayolga
uylandingizmi? Menga xiyonat qildingizmi? Aytyapmanku u shifokorim. Qanday kasal orttirdingizki
shifokor sizni uyida davolasa. Dada qanday koʻzingiz qiydi onamni gapga aralashdi Sanjar. 7 yil
qiynalib roʻzgʻor tebratdim,farzandlarimni katta qildim,boshqa erkakka turmushga chiqib ketsam
boʻlardi,sizni kutdim,shumi rahmatingiz,shumi sevgingiz aaa? Oyi bularga gapirgandan foyda yóq
baribir ósha ayolni orqasidan ketaveradilar dedi Sanjar. Sobit Ilhomov Sanjarni yuziga shapaloq
urdi. Ósha ayolni deb menga qoʻl kótardingiza, hech qachon kechirmayman sizni bilib qoying,Sanjar
xonasiga kirib ketdi ortidan jimgina ovqatlanib ótirgan Anvar va Jayrona ham ergashishdi. Oqilaxon
tinmay yigʻlardi. Qaysi gunohim uchun ayting,dadasi,qaysi gunohim uchun bilasanmi nima Oqila u
ayolni sendan ustun jihatlari nimada ósha ayol óziga doim qarab yuradi har kuni har hil kiyinadi,har
kuni yuvinib taranadi,senga óxshab sochini bir hafta bir yuvmaydi,yana sendan ter hidi keladi undan
gul isi keladi,ishdan kelganimda shirin sozlar bilan kutib oladi. Mana farqinglar nimada. Shunday
deng shirin sozlar bilan kutib oladi,keyin ertalabgacha romantika deng. Har hil kiyinadi deysizmi?
Ha kiyimlarni siz olib berayotgan bólsangiz kerakda uyga kam oylik olib kelyapsizmi,qani menga
ham kiyimlarni qalashtirib tashlangchi,men ham har xil kiyinaman. Sochimni bir haftada yuvaman
tóğri lekin nima uchun ishlardan ortmayman,shu oilani boqay deb kechgacha idish yuvaman. Qani
katta katta pul topib keling, qimmat qimmat atirlar sepay mendan ham gul isi kelsin. Gapirishdan
oldin oldingizdagi majburiyatlaringizni bajarib qõyingda keyin gapiring. Hali ósha ayolni farzandi
bolmasa kerakda bir ikki tugsin keyin kóramiz uni ham ahvolini. Senlarga bir gap gapirib bólmay
qolibdi ózi,dediyu uydan chiqib ketdi Sobit Ilhomov. Keting,keting qaytib kelmang ósha ayolni
oldidan. Ey Allohim qanday kunlarga qoldima. Robbim bu qanday sharmandalik. Endi kim degan
odam boʻldim. Oqilaxon ertalabgacha yigʻlab chiqdi. Bu yoqda Sanjar hali ham otasi bilan ósha ayol
hayolidan óchmasdi... #Faqat_SEN
Sobit Ilhomov uydan chiqib ketdi. Uch kundan soʻng farzandlarini koʻrish uchun qaytdi. Qarasa Oqila
óziga qarab,oro beryapti. Ha xotinjon qayoqqa otlandingiz? Bunchalik yastanib? Ishga lavozimim
koʻtarilgan ish boshqaruvchi lavozimiga tayinlashdi meni,koʻchaga chiqyapman endi ózimga qarab
yurmasam boʻlmaydi... Dediyu ketdi. Uydan qizi Jayrona otilib chiqdi, Dadajon,Dadajon sizni juda
sogindim,nega kelmadiz? Dada men maktabda faqat 5 baho olyapman,rasmlarni juda chiroyli
chiqyapman. Men ham seni sogindim qizim. Men ham maktabda yaxshi óqiganmanda shuning uchun
sen ham yaxshi óqiysan. Oyimchi dedi Jayrona. Oying yaxshi óqimagan,shunga hech narsani
bilmaydi. Aldayapsiz,oyim hamma narsani biladilar,siz yoq bóldingiz, men yigʻlaganimda onam
boshimni silab yupatdilar,darslarimga ham yordam berdilar. Oyim rosa aqllilar. Ichkaridan Anvar va
Sanjar chiqib keldi. Salom ham bermay dadalarining yonidan ótib ketishdi. Qayoqqa ketyapsanlar
baqirdi Sobit Ilhomov. Kóchaga dedi bolalar. Uyga kitlaring baqirdi otasi. Anvar qórqib uyga kirdi.
Sanjar parvo ham qilmay koʻchaga chiqib ketdi. Ósha kuni kechqurun Óktam Ahrorovning uyida
ziyofat boʻlib qoldi. Oqilaxon va Sobit Ilhomov ziyofatga borishdi. Qizlari Jayronani ham olib olishdi.
Óğillari borishni istamay uyda qolishdi. Óktam Ahrorov ularni ochiq chehra bilan kutib oldi. Iye
Kelinim ham shu yerdaku. Jayrona qizim qalaysan. Qara Ahmad ham shu yerda qani birga óynanglar.
Qani biz dasturxonga. Ahmad Jayronani qolidan tutib óz xonasiga boshladi. Xonasiga olib chiqqach


Jayrona bóyinboğ bogʻlashni bilasanmi,dadam shuni ham taqdim deganlar,lekin uddalay
olmayapman. Yordam berib yubor. Jayrona akalari bóyinboğini onasi boğlayotganida tomosha qilib
órgangani bois birpasda Ahmadning bóyinboğini bogʻlab qoʻydi. Ahmad ham rahmat senga,Jayrona
sen yaxshi dóstsan deb yuzidan oʻpib qoʻydi. Pastga tushishdi. Óktam Ahrorov óğlini chaqirib ha ota
óğil katta boʻlsangiz kim boʻlasiz aytib qõying dedi. Men katta boʻlsam dedi faxr bilan Ahmad Mafiya
Sardori bólaman. Tóda boshligʻi dedi. Ana koʻrdingmi dedi Óktam Ahrorov. Ha barakalla. Endi meni
qizimni navbati dedi Sobit Ilhomov. Ona qizim katta boʻlsang kim boʻlasan sóradi . Men katta boʻlsam
Ahmadning rafiqasi bolaman dedi Jayrona. Hamma kulib yubordi. Albatta,albatta dedi Óktam
Ahrorov. Ahmad Jayrona yur senga uyimizni koʻrsataman deb uni boshqa xonaga yetakladi. Sobit
Ilhomov telefonini olib Óktam Ahrorovga ikkinchi ayolini rasmlarini koʻrsata boshladi. Oqilaxon buni
sezib yigʻlab chiqib ketdi. Óktam Ahrorovning rafiqasi ortidan chiqib ketdi. Dalda berish maqsadida.
Óktam Ahrorov qõysangchi Sobit shunday ishlaringni ha bu qanday ayolligi yuzidan maʼlumku puling
qolmagach seni tashlab ketadi. Aqlingni yiğ. Eey doʻstim bu ayol unaqa ayollardan emas. Biz bir
birimizni sevamiz.
Jayrona va Ahmad bir xonaga kirishayotganda Ahmad xuddi ertakdagi shahzodalarday tiz choʻkib
qani bir iltifot qiling deb qol chózdi. Jayrona bólsa eey Ahmad qoch yoʻldan deb ichkariga kirib ketdi.
Ahmad ichkariga kirgach Jayrona rostan ham menga turmushga chiqasanmi soʻradi Ahmad. Albatta
dedi Jayrona. Unda men ham sendan boshqa hech kimga uylanmayman... #Faqat_SEN
Endi Sobit Ilhomov uyga kam keladigan boʻlib qoldi. Oqilaxon ancha siqilib,bir kun baribir
bagʻrimizga qaytib kelasiz deb,oʻzini ish bilan ovutdi. Sobit Ilhomov har safar suyukli
xotinchalarinikiga borishdan oldin,telefon qilib,nima olib boray,nima yeging kelayabdi der edi. Bu
safar indamay bordi. Eshikni taqillatdi,javob boʻlmadi,oʻz kaliti bilan kirib ochdi. Ne koʻz bilan
koʻrsinki, Sobit Ilhomovning "Suyukli xotinchalari" bir erkakning quchogʻida yalangʻoch yotardi.
Sobit Ilhomov borib,sochidan sudrab yotoqdan uloqtirdi. Yonidagi erkak ham uygʻonib Sobit Ilhomov
bilan mushtlashuv ketdi. Keyin batamom ikkisi ham nima boʻlganini tushunishdi. Endi ikkisi ham
boyagi ayolning yuziga tupurib,uydan chiqib ketishayotganda, eshik yana taqilladi. Eshikni Sobit
Ilhomov ochdi. Senga kim kerak? Oʻshqirdi Sobit Ilhomov. Siz meni uyimda nima qilyapsiz? Sobit
Ilhomov yigitga yaxshilab nazar soldi. Koʻrinishidan yosh,boyvachcha yigitga oʻxshardi. Qoʻlida
qandaydir chiroyli sumka. Ichkaridan haligi ayolni yuzi koʻrindi. Nargiza baqirdi boyagi yigit. Sobit
Ilhomov atayin haligi yigitni ichkariga taklif qildi. U yigit ham ichkariga kirib, holatni koʻrdi,nima
boʻlganini tushunib,ayolning yuziga tarsaki tushirdi,bu ham kam senga, fohisha dedi. Toʻxtanglar
men fohishaman sizlar oppoqsizlar shundaymi, ha oppoq boʻlsanglar nega ayollar bilan
yurasanlar,uyda ayoling,farzandlaring turib. Senchi boyagi yigitga qarab gapirdi. Menga
uylanmoqchimiding. Menga uylanishdan oldin necha marta men bilan birga boʻlding,menga olib
bergan narsangni biror marta ota onangga olib borganmisan? Yoʻq albatta. Aslida ayollarning buzilib
ketishiga senlar aybdor boʻlasanlar. Ha biz aybdormiz boyagi yigit gapirdi. Aytchi biz aybdor boʻlsak
nega yonimizdan kalta kalta kiyinib sonlaringni oʻynatib oʻtasanlar,shaxvatimizni
qoʻzgʻatib,oʻzlaringni reklama qilasanlar. Endi aytchi kim koʻproq aybdor? Yelkamni chuquri koʻrsin
bu yerni Foxisha. Bu joyni men sotib olgandim,xohlasam seni shu ahvolingda koʻchaga haydardim
lekin qolganlarni ham senga qoʻshilib gunohga botishini istamayman,bu uy mendan senga sadaqa
deb haligi yosh yigit uydan chiqib ketdi. Undan soʻng Sobit Ilhomov va yonidagi odam ham hayf
senday ayolga deb xonani tark etishdi... Sobit Ilhomov uyga qaytarkan oʻylardi gulday rafiqamni
kimga alishdim,qanday inson boʻldim, qanday ota boʻldim axir??? Ehh oilamga qaytaman. Albatta
ular meni qabul qilishlariga ishonaman. Kngillarini topishga harakat qilaman. Eng avvalo Oqiladan
uzr soʻrashim kerak. Oʻsha fohishani undan ustun qoʻydim. Koʻzlarim koʻr boʻlgan ekan. ...
#Faqat_SEN
Sobit Ilhomov oilasiga qaytdi. Endi oila aʼzolari kechki ovqatga toʻlanishib oʻtirishgan ekan. Dadasi
kirib keldi. Jayrona yugurib borib Assalomu alaykum dada sizni juda sogʻindim deb boʻyniga osildi.
Dadasi Jayronani bagʻriga bosib, yuz koʻzidan oʻpdi. Dasturxon toʻrisiga oʻtirdi. Sanjar qornim toʻydi
deb xonasiga kirib ketdi, ortidan Anvar ham. Aslida Anvar Sanjar nima qilsa undan oʻrnak olardi.
Ortidan Oqilaxonni ovozi eshitildi. Sanjar, Anvar ovqatingizni yemadingizku... Faqatgina Jayrona


dadasini yonida qoldi. Oqilaxon jaxl bilan ha Xotinchangiz qilib bermadilarmi ovqat. Och qolib uyga
kelibsiz ,yoki uyga kirgizmadilarmi??? Bizni yoʻqlab qolganingizga aytyapman. Oqila toʻgʻri men
notoʻgʻri yoʻldan yurdim,lekin men biror marta sendan,oilamdan,farzandlarimdan kechdim deb
aytdimmi? Bu meni ham uyim, va men oilam bilan qolmoqchiman. Aniq Xotinchangiz uydan haydabdi
dedi bamaylixotir ovqat yeyayotgan Oqilaxon. Mayli qolavering toʻgʻri sizning ham uyingiz,
mehmonxonaga joy solib yotavering, men yotoqxonaga ham kirgizmayman,joy ham solib bermayman
dedi Oqilaxon. Men solib beraman dadajon dedi Jayrona. Sobit Ilhomov shunisiga ham shukur deb
ovqat yeyayotgan edi Oqilaxon dasturxonni yigʻib qoʻydi. Noiloj Sobit Ilhomov mehmonxonaga kirib
ketdi. Jayrona dada bugun men siz bilan uxlay,sizni juda sogʻindim. Mayli qizim, mayli yaxshi ham
sen borsan qizalogʻim... Oqilaxon farzandlari Sanjar va Anvarni xonasiga kirayotib gaplariga quloq
tutdi. Anvar: aka maktabda hamma meni ustimdan kulyapti,dadang xotinboz ekan, onang dadangni
uydan haydabdi,sen katta boʻlsang nechtasi bilan yurarkinsan,dadangdan ham oʻtarsan deyishyapti.
Ha menda ham shu holat, kim meni ustimdan kulsa mushtlashib yuribman,uka sen hech kimdan
qoʻrqma,seni ustingdan kulganlarni dodini ber,ur,tep, yer tishlar,ğururingni oyoq osti qildirib qoyma.
Ja bólmasa men borman. Ukam sen yolgʻiz emassan. Oqilaxon beixtiyor yigʻlab yubordi, óğillarining
oldiga kirib ularni qattiq bagʻriga bosdi. Tõyib tõyib yiğladi. Meni óğillarim katta boʻlib qolibdiku,
sezmabman ham. Sanjar ham, Anvar ham ikkalasi birgalikda Onajon sizni yaxshi koʻramiz deyishdi.
Anvar birozdan song oyi meni kechiring dedi. Nimaga bolaginam, nega kechirim soʻrayman. Oyi men
dadamni ham yaxshi koʻraman, yomon koʻrolmayman. Bolam kim senga yomon kór deyapti u seni
otang, otangni men ham yaxshi koʻraman. Otalardan nafratlanilmaydi dedi Oqilaxon. Men
nafratlanaman dedi Sanjar. Bolam tógri dadang xato qildi,lekin u bugun xatosini tushunib uyga
qaytib keldi. Endi u uyimizga qaytib keldi. Endi u biz bilan,doim. Negadir koʻnglim sovidi dadamdan.
Har gal uni koʻrganimda sizni masuma chehrangiz va dadamning xiyonati koʻz oldimda gavdalanadi.
Bolam vaqt ótishi bilan kechirasan. Axir u dadangku. Sanjar onasini qattiq quchib oldi. U tabiatan
shunaqa doim jaxli chiqsa yoki biror nimadan siqilganda onasi bilan,gaplashib yengil tortar edi.
Ertasi ertalab nonushta tinch ótdi. Bir oila boʻlib ovqatlanishdi. Nonushtadan soʻng eshik taqilladi.
Oqilaxon borib eshikni ochdi. Assalomu alaykum dedi Oqilaxon. Komisar Nosirov bólaman. Sobit
Ilhomov shu yerdami??? Ha shu yerdalar tinchlikmi? Biz bilan mahkamaga borishlariga toʻgʻri keladi.
Ses kompaniyasining 18000000 pulini yeb yuborishda ayblanadilar. Chaqiring eringizni. Sobit
aka,Sobit aka qarab yuboring. Komisar Nosirov biz bilan ketishingizga toʻgʻri keladi. Ses
kompaniyasining 18000000 pulini yeb yuborishda ayblanyabsiz. Shikoyat tushgan. Sobit Ilhomov bu
gapni eshitib rangi óchdi,indamay mashinaga ótirdi. Aslida u ikkinchi ayoliga aytgan narsalarni olib
beraman deb rostan ham kompaniya pullarini ishlatib tashlagan edi. Mana endi oshkor boʻldi. Endi
yana qamalishi tayin... #Faqat_SEN
Shunday boʻldi ham bu safar ikkinchi marta sudlanayotgani uchun 11 yilga qamoq jazosiga mahkum
etildi. Oqilaxon bechora ayol yana oila tashvishlari uning boshida,aslida ham shunday edi. Eri baribir
boshqa ayolning orqasidan turib ketganda ham,7 yillik qamoq jazosiga mahkum etilganda ham
baribir bir oʻzi uddaladiku. Bundan keyin ham uddalaydi. 2 smenada ishlaydi. Bolalarini hech
narsaga zoriqtirmaydi. Jayrona yosh boʻlsa ham dadasini juda yaxshi koʻrganidanmi, tez tez sogʻinib
isitmalab qolardi. Oqilaxon har safar erini koʻrgani borganda Sanjar yoki Anvarni olib
borar,Jayronani olib bormasdi. Jayrona kichik blanking tufayli dadasi uning oʻqishiga salbiy taʼsir
koʻrsatishini istamasdi. Oqilaxon erini haqiqatdan ham qattiq sevardi. Qamoqdalik paytida ham
yolgʻiz qoldirmadi,yomon gapirmadi,koʻnglini koʻtaradigan gaplar gapirdi,Sanjarga ham dadasini
yaxshi qilib koʻrsatdi. Sobit Ilhomov Oqilaxonda haqiqiy muhabbat, haqiqiy ayol timsolini koʻra
boshladi. Endi tushundi. Mana oila nima uchun kerak? Koʻz koʻrmasa,quloq ovozni eshitmasa
oʻrganib qolar ekan. Bora bora Jayrona ham koʻnikdi. Shu 11 yil ichida Sanjar maktabni bitirib
Oʻzbekiston Milliy universitetiga grant asosida tarix fakultetiga oʻqishga kirdi. Endi ham oʻqib ham
ishlaydi. Oʻqishga ketadigan xarajatlarini oʻzi qoplaydi. Anvar ham bitirish arafasida. Jayrona ham
katta qiz boʻlib qoldi. Sochlari tim qora uzun, kipriklari ham shunga monand uzun uzun. Ahmad va
Jayrona katta boʻlishyapti... Faqat Ahmad katta boʻlgani sayin qizlarga qiziqishi ham ortib boryapti...
Jayrona Ahmadni yoshligidan yoqtiradi. Qarashlari,yurish turishi,gapirishi goʻyoki Jayronani sehrlab


olganday. Ahmadning ota onasi Jayrona bilan unashtirib qoʻyilganligini bir necha marotaba
takrorlashdi. Ammo u boʻlsa meni hayotimni nega oldindan hal qilasiz deb janjal koʻtara boshladi.
Sanjar oʻqishda yangi doʻstlar orttirdi. Shu jumladan bir qizni sevib qoldi ham,avval u qizni
kuzatdi,sinadi,keyin sevgisini izhor etdi. U qizning ham koʻngli bor ekanmi Sanjarning sevgan qizi
boʻlishga rozilik berdi. Sanjar har bitta tanlovlarda ishtirok etar, oʻqishini alo darajada
oʻqib,baholarini ham hech qanday poralar siz oʻz bilimi bilan yopayotgan edi. Kechasi kafeda
ofitsiant boʻlib ishlardi. Ahmad,har kuni sport zalda mashq qilar,tosh koʻtarar,kuchli boʻlishga
harakat qilardi. Oʻqotarga borib aniq moʻljalga olishni oʻrgandi. Aniq quroldan oʻq otadigan
boʻldi.Jayronaga kam vaqt ajratardi. Har gapida biz eng yaxshi doʻstlarmiz,seni eng yaqin doʻstim
deb bilaman derdi. Birpasda yillar ketidan yillar oʻtdi. Jayrona rasm chizishni juda yoqtirardi.
Kelajakda Xona dizayni bilan shugʻullanishni hohlardi. Shunga monand harakat qilardi. Bu orada
Anvar ham maktabni bitirdi. Ammo u oʻqishga harakat ham qilmadi. Uni oʻrniga boks sport turini
tanladi. Faqat boks bilan shugʻullanardi. Ahmad boʻlsa u bilan zalga birga boradigan,teng
shugʻullanadigan qiz bilan koʻp vaqt oʻtkazadigan boʻldi. Jayrona Ahmadni qattiq sevgani uchun uni
rashk qilardi,uzoqdan,unga sezdirmasdan... Alamlarini rasmdan olardi. Rasmlar chizardi, yana
suratlar,suratlar. Bazan ular shunchalar koʻpayib ketayotgan ediki,ularni yirtib tashlab,ichidagi
alamlarini chiqarayotgan edi. Qani edi uni dardini oladigan inson paydo boʻlsa,u bilan soatlab
suhbatlashib oʻtirsa,qani oʻsha najot farishtasi,lekin u yoʻq. Boʻlmasa ham kerak... #Faqat_SEN
Jayrona 9 sinf. Bitiruvchi sinf. Dugonalari anchayin koʻp. Sinfidagi hamma uni gódakligidayoq Ahmad
bilan unashtirib qoʻyilganligini bilishardi. Shu sabab koʻplab uni ustidan kulib, kinoyali gaplar
gapirishardi. Ahmading bir qiz bilan yuribdi, Ahmading u, Ahmading bu. Jayrona bólsa senlarni
ishing boʻlmasin,meni hayotimga aralashmalaring deb urushib berardi.
Sanjar ishlaydigan kafega har kuni bir qiz tushlikdan soʻng kelar, kafe ishlariga yordam berar,tunda
esa Kafe yopilgunicha dars tayyorlab ótirardi. Shunda Sanjar bilan birga ishlaydigan ofitsiant aytib
qoldi. Rosa chiroyli qiza. Tavba u oldinlari umuman kafe ishlarida yordam bermasdi, kam kelardi.
Endi boʻlsa serqatnov boʻlib qoldi. Sababi ne ekan. Kimnidir yoqtirib qoldimikin??? U kim ózi soʻradi
Sanjar. Keyin ishlarimizni tugatib batafsil aytib beraman. Hozir ishlarimizni qilaylik. Boyagi qiz
Sanjardan koʻz uzmas,tinmay uni kuzatardi. Birozdan soʻng kafe xoʻjayini keldi. Boyagi qiz Assalomu
alaykum dada degandan sónggina Sanjar bu qiz kafe xoʻjayinning qizi ekanligini bildi. Shunday qilib
kunlar ótardi,kuzatishlar davom etardi. Qandaydir qiz Sanjarga boshqacha nigoh bilan boqardi.
Sirli,goʻzal. Qizning Sanjar bilan suhbatlashgisi kelardi. Lekin afsuski Sanjarda bu uchun vaqt yoq
edi. Shunday kunlarning birida Sanjar doimgiday ishlayotgan edi. Kafega bir yigit kirib keldi.
Offitsiantni chaqirdi. Menga bir joy band qilib chiroyli qilib bezat tort,shokolad, kofe hamma narsa
chiroyli bolishi kerak,birozdan song sevgan qizim keladi. Narxini ikki barobar koʻp tólayman. Puldan
muammo yoʻq. Sanjar aytganiday chiroyli qilib stolni bezatdi,bir kun men ham Layloyimga shunday
bezataman stolni taklif qilaman. Rosa xursand boʻladi. Sanjar óylab turgan vaqt haligi yigit turib
iye,iye xonim kelsinlar deb turib qizning yoniga ketdi. Sanjar ham hayollarini bir chetga surib ógirilib
qaragan ham ediki,ne kóz bilan kórsaki,bu qiz Laylo. Ósha yigit bilan salomlashyapti. Hushini
yoʻqotdi. Nahotki bu Laylo. Kalta koʻylak kiyib olgan. Uni hech bu holda kórmagan edi. Laylo ósha
yigit bilan gaplashib ótirardi. Yigit uning qoʻllarini ushlar, qiz hech ham qarshilik qilmasdi. Mana
bugun uning asl yuzi ochildi. Laylo Sanjarning kafeda ishlashini bilmasdi. Chunki Sanjar unga bu
haqda gapirishni, xuddi ózini uni yonida past koʻrayotganday boʻlishini istamasdi. Bir qiz shunchalik
boʻlishi mumkinmi??? Demak u bitta men bilan emas, bir nechta insonlar bilan gaplashib yurar
ekanda. Uning masuma chehrasi ortida qanday jirkanch inson turibdiya... Yaxshiyam vaqtida bilib
qoldim. Unga uylanmoqchi edima... Alloh ózi asradi meni. #Faqat_SEN
Ehh Laylo,Laylo. Seni asl yuzingni bildima ertaga koʻrasan mendan. Sanjar shunday deb offitsiantni
chaqirayotgan bevafo sevgilisi yoniga boshqa offitsiant doʻstini yubordi. Yoshlar hisob kitob qilib
chiqib ketishdi. Sanjar anchagacha bevafo ósha qiz haqida óylab ótirdi. Keyin qarasa kafe
boshligʻining qizi stol ustida uxlab qolibdi. Uni yoniga borib ótirdi. Yuziga tushib xalaqit berayotgan
sochlarini qulogʻining ortiga ótkazib qoydi. Seni ham qandaydir darding bor,nega har kuni shu
yerdasan? Savolni ózgartirsakchi kim uchun shu yerdasan??? Sanjar qizga tikilgancha uxlab yotgan


qizga gapirardi. Qiz bezovtalanib uyqudan turdi. Qarshisida turgan Sanjarni korib choʻchib tushdi.
Kafe yopilyaptimi? Soʻradi. Keyin daftar,kitoblarini yiğishtira boshladi. Kafedan chiqayotganda
Sanjar toʻxtatdi. Singlim ancha kech boʻlib qoldi,qiz bolasiz bir ózingiz yursangiz boʻlmaydi. Shuning
uchun kuzatib qoysam uyingizga degandim. Juda yaxshi ish qilgan boʻlardingizda, ózim ham
qorqayotgandim. Sanjar qizni uyigacha kuzatib qoʻyadigan bóldi. Qizni ismi Gavhar boʻlib, Sanjardan
1 yosh kichik edi. Sanjar ayni paytda 24 yosh,Gavhar 23 yosh edi. Ismlarimiz bir biriga mos ekan
dedi Sanjar. Sanjar Gavhar. Yoki Gavhar Sanjar kulib qoʻshib qóydi Gavhar.
Ahmad beparvo. Demakki ózing harakat qilishing kerak Jayrona. Jayrona orqa tarafda telefon óynab
ótirgan Ahmadning yoniga ótirdi. Ahmad darsdan song xiyobon aylansak degandim... Darsdan song
Óqotarda mashğulotim bor. Unda meni ham olib bor seni qoʻllab,tomosha qilib ótiraman. Mayli
boraqol dedi Ahmad. Jayrona reja boʻyicha bugungi kunini Ahmad bilan birga ótkazishni
rejalashtirdi. Darsdan song Óqotarga borishdi. U yerda kóplab ógil bolalar bor va 2 dona qiz ham bor
edi. Ahmad birorta xato qilmay nishonga aniq urardi.Ahmadning yonida shugʻullanuvchi Hilola esa
kóp marta xato urdi. Shunda ustozi Ahmadga unga óz bilganlarini órgatishni buyurdi. Ahmad ham
unga órgatishni boshladi. Qancha gapirmasin xato uraverdi. Keyin amaliy órgatishga harakat qildi.
Qoʻllari, barmoqlaridan ushlab,ortidan órgata boshladi. Bu holatni koʻrib turgan Jayronaning rashki
qoʻzgʻab Hilolaning yoniga borib,itardi. Nega Ahmadga yopishyapsan, u unashtirilganligidan
xabaring bormi? U meni unashtirilgan yigitim. Ikkinchi uni yonida óralashganingni kórmay. Jayrona
baqirdi Ahmad. Nima esingni yeganmisan? Nega unga yopishasan? Hilolaning tarafini oldi. Nima
senga ham yoqib tushdi shekilli a??? Ahmad? Ha menga yoqib tushdi. Hozir esa ket dedi Jayronaga
eshikni kórsatib. Jayrona ham chiqib ketdi. Yoq endi u yigʻlamaydi,irodali qizlar yiğlashmaydi. Ósha
atrofdagi kafega kirib qahva oldi. Oq qoğozlarini olib rasmlar chiza boshladi. Har qancha óylamay
desa hozirgina koʻz óngida boʻlgan voqea hayolidan chiqmasdi. Shunda tóğrisidagi stolga bir
kelishgan yigit kelib ótirdi. Salom yaxshi qiz meni ismim Ali. Men bilan dóstlashasizmi? Kechirasiz
yaxshi yigit, meni unashtirilgan yigitim bor marhamat qilib tógrimni boʻshatib qóysangiz. Men
unashtirilganmisiz deb sóramadim,doʻst tutinasizmi deb soʻradim. Men bu yerlarni hali yaxshi
bilmayman. Shuning uchun siz bilan doʻst tutinmoqchi edim. Yomon niyatim yoʻq. Ha hali bu yerda
mehmonman deng. Ha mehmonman. Yaqinda Polshadan keldim. Ha Xorazm ajoyib shahar ekan.
Aytishlaricha bobom shu yerda yashar ekanlar. Ularnikiga keldim. Shu yerdagi maktabga
joylashishim kerak. Yoshim 15 da. Hisob boʻyicha 9 sinf boʻlishim kerak. Men ham 15 yoshman.
Ismim Jayrona tanishganimdan xursandman. Men ham Jayronaxon qol chózdi boyagi yigit.
#Faqat_SEN .
Oʻzi sen qaysi koʻchada turasan. Bobomni aytishi boʻyicha Serquyosh koʻchasida. Yoʻgʻey dedi
Jayrona hayratda,men ham shu koʻchada turaman,nechanchi uy bobongni uyi? 28 uy. Bizniki 25 dedi
Jayrona. 28 u yda Nurmuhammad ota yashaydilar. Demakki sen ularning nabiralaridan,toʻgʻrimi? Ha
dedi yigit. Unda yur uyga birga ketamiz dedi tabassum bilan Jayrona. Ular koʻchaga chiqishdi. Biroz
turishgandi
avtobus kelib qoldi. Jayrona oʻzi avtobusga chiqib Alini ham chorladi. Ali bunchalik tiqilinch
avtobusni koʻrmagandi. Chunki Polshada odamlar sayoz boʻlib, barcha oʻrindiqlarda oʻtirib ketardi.
Ali hayron. Hamma bir birini tanimasa ham salomlashib,miriqib faollashib ketardi. Tiqilinchda havo
yetmay qoldi. Manzilga yetib kelib tushishgach toza havoga chiqib toʻyib nafas oldi. Ha nafasi qisgan
odamday nafas olyapsan soʻradi Jayrona. Bu qanaqa avtobus odamni ham shunchalik koʻp oladimi?
Nafasim rostan ham qisib qoldi. Jayrona Alini ustidan qiqirlab kuldi. Kulma ustimdan dedi Ali.
Ikkalalari koʻchalaridan yurib ketisharkan Jayronani akasi Anvar uydan chiqib Ali bilan gaplashib
kelayotganini koʻrib qoldi. Jayrona ham hozir Alini yuz koʻzi koʻkaradi, meni eshitmagan gapim
qolmaydi,oʻldim deb oʻylagandi. Anvar Ali bilan quchoqlashib koʻrishdi. Aka siz Alini taniysizmi? Ha
albatta akasi eng yaqin doʻstim edi. Ertalab koʻrishganmiz? Toʻgʻrimi Ali??? Ha albatta Anvar aka.
Jayrona Ali bilan xayrlashib uyga kirib ketdi. Uyga kelib, oʻyladi, yaqinda dadasini koʻrishga
borgandi. Shundoq ham qalbi kemtik,endi esa unashtirilgan yigiti tomonidan azoblanyapti. Bu
qanday hola. Mayli barchasi yaxshilikka. Endi rasm chizishi, chizmalarni aniq chizishi kerak. Jayrona
bu hafta repititor huzurida imtihon topshirishi zarur. Chunki uning repititori faqat isteʼdodli


yoshlarni imtihon asosida saralab olardi. Bu hafta shu imtihonni topshirishi kerak,buni uddalashi
shart va uddalaydi ham... Ertasi kuni Jayrona oʻqishga borib, jimgina joyiga oʻtirdi. Yonida hech kim
yoʻq. Ham oxirgi parta. Chizma chizishga ham oson. Ahmad esa sinfdagi juda chiroyli qiz boʻlgan
Lobar bilan oʻtirardi. Birozdan soʻng sinf xonasiga oʻqituvchi va Ali kirib keldi. U shu sinfga
joylashtirilibdi. Sinf rahbari Aliga Jayronani yoniga borib oʻtirishini tayinladi. Ali ham xursand holda
Jayronani yoniga oʻtirdi. Sinfda shivir shivirlar. Voy bu yigit buncha chiroyli boʻlmasa, voh Jayronni
yoniga oʻtirdiya, soch turmagiga gap yoʻq, sevgan qizi bormikin??? Hamma har hil savolni oʻylardi.
Jayrona bilan kulib faollashib oʻtiribdi. Jayrona dars davomida faqat chizma chizdi. Lekin
chizmalarning birida xato ketib qoldimi,oʻlchamni notoʻgʻri olganmi? Chizma oʻxshamadi. Shunda Ali
undan qalam bilan oq qogʻozni olib,chizmani toʻgʻirlab chizdi. Jayrona sen chizma chizishni
bilasanmi? Albatta,ikki yil Polshada maxsus kursda oʻqidim. Bunday chizmalar eng osonlariku,lekin
sen shunda ham xato qilib oʻtiribsan. Jayrona yana unga bir nechta chizmalarni koʻrsatib
maslahatlashdi. Ahmad ularga qarab oʻtirar,negadir jahli chiqar,lekin nega bunday boʻlayotganini
tushunmasdi. Qaramayman desa koʻzini undan uza olmasdi. Jayrona bir marta ham Ahmadga
qaramadi. Ali bilan kuni boʻyi chizmalar haqida gaplashdi. Ali juda hazilkash va mahoratli rassom
ham ekan. U bilan gaplashish odamga zavq bagʻishlaydi. Jayrona ketishayotganda Aliga qoʻl uzatdi.
Tushunmay qarab turardi Ali.Sen bilan doʻst tutinishga roziman. Agar sen ham qoʻlimni siqib
qoʻysang bizlar doʻst boʻlardik. Ali uni qoʻlini mahkam siqib qoʻydi. Hayriyatki endi ular bir biri
uchun doʻst. Ahmad Jayrona hattoki yoʻlda ham Ali bilan birga ekanligini koʻrib yetib oldi. Salom dedi
Jayronaga qarab. Alik dedi zaharxandalik bilan Jayrona. Siz Alisiza soʻradi Ahmad. Ha Aliman. Men
Ahmadman,manavi yoningizda ketayotgan qiz men bilan unashtirilgan bilasizmi? Ha kecha
bilganman,nima qilibdi shunga?Gap otib yurmang unga dedi Ahmad. Gap otib nima qilaman unga
shundoq ham doʻst tutinib boʻldikku dedi Ali. Ahmad bor bu yerda nima qilayapsan,oʻqotardagi
mashgʻulotingga bor,kechagi qiz seni kutib qolgan... Ali yur tezroq senga aytadigan gaplarim bor
deb tez Ali bilan birga Jayrona yurib ketib qoldi. Ahmad esa ularni taqib qilishda davom etdi...
#Faqat_SEN
Uygacha kuzatdi,Jayronani Ali bilan xiringlashishi jahlini chiqarardi. Nima men Jayronani rashk
qilyapmanmi? Lekin nega? Kecha ózim haydab soldimku? Nega endi ğashim kelyabdi. U meni
unashtirilgan qizim. Lekin ota onam bilan u menga yoqmaydi deb gap talashdimku... Jayrona
manzilga yetgach uyga kirib ketishdan oldin ortiga qaradi. Sekingina orqasiga qaytib ketayotgan
Ahmadni koʻrdi. Mayin jilmayib qoydi. Battar bóling Ahmadbek,sizni ham rashkingiz bor ekanku.
Endi meni navbatim,jahlingizni chiqaraman... Ahmad uyga ketayotganda qõnğiroq boʻldi. Alo ha
Shokir tinchlikmi? Ogʻa bizni 7 ta bola dópposladi,aka yordam bering,hamma sizdan
qórqadiku,ularning adabini berib qoʻying,iltimos... Boʻldi Shokir qayerdasan? Hozir yetib boraman.
Uyimizga keldim,kelaqoling,dõstlarimni ham yonimga olib olaman, birga ketamiz. Mayli kutib tur.
Shokir tunov kuni uyga qaytayotganda bir yigitga urilib ketdi. Yigit undan yolvorib kechirim soʻradi.
Ahmad uni korib ey ukam bunaqa uzr soʻrasang bolalar seni battar turtkilashadi,bu ishing bilan sen
ulardan qórqayotganingni aniq bildirib qóyayapsanku. Senga maslahat sendan ming chandon kuchli
inson bolsa ham ózingni yerga urdirib qoyma. Meni ismim Ahmad,seni isming nima? Ismim Shokir
aka. Unda meni telefon raqamimni yozib ol, kerak boʻlsam telefon qilsang bas, yetib boraman
qayerda boʻlishimdan qatiy nazar,unutma biz erkakmiz... Shu tariqa Ahmad Shokir bilan tanishdi.
Ahmad Shokirni yoniga kelganda Ahmadning todasidagi 3 ta órtoği ham yetib kelgandi. Shokir
bormisan ukajon,qani senga qarshi chiqqan bezorilarni yoniga boshlachi, yuring aka. Shokir Ahmad
kelishidan oldin ósha bezorilarga qoʻngʻiroq qilib qaytib urushmoqchi ekanligini aytgandi. Ahmad va
uning odamlari bir qorongʻu kóchaga yetib borishdi. Bezorilarni koʻrgan zahoti Ahmad qattiq kulib
yubordi. Shokir sen shularga ğururingni toptatdingmi,bular bir tepsang sinib ketadiku. Boyagi
bezorilarni boshligʻi Ahmad akajon bu yerga siz bilan kelishini bilmagandim. Ahmad yoniga borib
dedi Shokir meni ukam agar birortang qoʻlingni uchini tekkizgin toʻgʻri jahannamga ravona
bólasanlar. Boʻldi aka siz aytsangiz boʻldi. Bugundan keyin hech kim unga yaqinlashmaydi. Aka yana
bir iltimos bezorilarni boshligʻi gap boshladi meni ham tódangizga qóshib oling. Men bilan yurgan
odam koʻproq janjal,talpalarda yuradi,senlar chiday olasanlarmi. Aka chidaymiz,órganamiz bizni ham


qóshib olsangiz boʻlgani. Shokir ham gapga aralashdi. Aka meni ham qoʻshib oling. Ahmad rozi bóldi.
Uning toʻdasida 7 kishi bor edi. Endi esa 8 kishi qoʻshilib 15 ta boʻldi. Ahmadning ózini tódasi bor. U
kichkinalikdan mafiya sardori boʻlishni va óz tódasi bólishini orzu qilardi. Ana endi u orzulari sari
olgʻa qadam tashlayabdi. Nihoyat tódasi kattayib bormoqda... #Faqat_SEN
Ertasi kuni ertalab Oqilaxon Jayrona bugun dadangni koʻrishga boramiz nima qilasan óqishga
borasanmi yoki dadangni kórishga? Soʻradi. Oyi bugun repititorda mashğulotim bor bugun
imtihonim ótishim kerak axir. Ertaga boraylik. Imtihon faqat bir kun boʻladi. Oqilaxon qizini duo qilib
rozi bóldi. Jayrona maktabga,Oqilaxon ishga,ketdi. Sanjar har ikki kunda onasiga qoʻngʻiroq qiladi.
Anvar esa darak bermaydi. Kamroq qoʻngʻiroq qiladi. Chempion boʻlish uchun tinmay mashq
qilayotgandi. Óqishda borib óz joyini egalladi. Ali hali kelmabdi. Jayronani ketidan Ahmad kirib keldi.
Jayronaning oldiga ótirdi. Jayrona quloğida quloqchin, chizma chizish bilan band edi. Ahmadga
etibor bermadi. Ahmad sekin salom dedi. Jayrona eshitmadi. Keyin ohista turgandi. Jayrona
ógirilmasdan keldingmi Ali deb unga qaradi. Ahmad dedi soʻroq ovozda. Nega bu yerga ótirib
olding,bu Alini joyi va hozir ayni damda u menga juda kerak. Nima bir kundayoq kongil qóydingmi
shu yigitga baqirdi Ahmad. Seni nima ishing bor tinch qoy meni bor anavi sportchi qizingni oldiga.
Jayrona ham baqirdi. Hamma ularga qarardi. Sen rashk qilyapsan Jayrona. Bu voqeaga 3 kun boʻldi.
Sen juda qattiq rashk qilyapsan. Qaranga Mena. Seni rashk qilib ólibmanmi, endi esa meni tinch qoy
imtihonga tayyorlanishim kerak. Sen esa xalaqit beryapsan. Shu payt sinfxonaga Ali kirib keldi. Óz
partasi yoniga keldi. Ahmad qoch joyimga ótiraman soʻradi Ali. Jayrona tabassum bilan keldingmi Ali
seni kutib ótirgandim menga yordaming kerak. Ahmad keskin Alini joyiga ótirib olib men bilan órin
almashaman boshqa joyga ótir. Hop. Men bugun unashtirilgan qizim bilan gaplashib, suhbatlashib
ótirmoqchiman. Yoq men sen bilan órin almashmayman Ahmad men óz joyimda Jayrona bilan
ótiraman keskin jiddiy ohangda gapirdi Ali. Ahmad órnidan turdi. Ali yoqasiga yopishdi. Hoy men
senga nima deyapman doʻq qilib gapirdi Ahmad. Órin almashaman dedimmi órin almashasan
degandan soʻng Ali ham Ahmadni yoqasiga yopishdi. Men ham senga nima dedim seni gapingni
bajarishga majbur emasman tushundingmi? Sen hali men bilan urushmoqchimisan? Yoq dedi Ali
shunchaki joyingga ótishingga aytyapman xolos. Ózi yangi kelgan bólsam sen bilan urushsam meni
maktabdan haydab yuborishmasin dedi Ali kulib va Ahmadning yoqasini qoʻyib yubordi. Ahmadning
qolini siltab tashladi. Sinfdagi hamma Ahmad boʻldi qil, qoch joyingga ótir deb hamma Ahmadga óz
maslahatini berib ketdi. Juda qattiq jahli chiqqan Ahmad sinfxona eshigini tepib tashqariga chiqib
ketdi. Jayrona hozirgina gap talashgan Aliga qarab boplading, battar bolsin dedi kulgu ohangida. Ali
bugun imtihonim bor menga omad tila va yordam ber dedi Jayrona. Qani nimada adashding sóradi
Ali. Jayrona bir necha chizmalarni koʻrsatdi. Ali bolsa Jayrona hayoling joyida boʻlib chizganmisan bu
chizmalarni ishqilib, turgan bitgani xatoku. Aniq imtihondan óta olmaysan bu turishda. Nima
Jayronani kayfiyati soʻnib mayuslashdi. Qoʻrqma ózim yordam beraman. Ólchamni qara óng tomonda
ikki barobar kattalashtirgansan, endi past tomonini qara xatolik aniq, chizğichda ólcha kóryapsanmu
1,85 ikkiga yetib bormagan. Bu xatoliklar aniq koʻrinadi va seni imtihondan yiqitishadi. Ali unga
gapirar, Jayrona esa uni gaplarini jon qulogʻi bilan tinglardi. Nihoyat dars tugadi. 13:20 da
maktabdan chiqishdi. Kafeda ovqatlanib tez markazga yetib bordi. Anchagina qiz,yigitlar
toplanishgan ekan. Jayrona u yerdagi 5 ta qiz bilan tanishib oldi. Mohlaroyim, Adiba, Asila, Shirin,
Ozoda. Ular ham rosa rassomchilik sanʼatiga qiziqishar ekan. Imtihon boshlanadigan vaqt bóldi. 3 ta
guruh boʻldi. Jayrona tushgan guruh ikkinchi guruh boʻlib bu guruhga boyagi Mohlaroyim va Shirin
ham tushishibdi. Birozdan song xonaga Anisa Roziyevna kirib keldi va sizlar 3 guruhga bólindingiz
hammangizni oldingizga nazoratchi qoʻyilgan men ózim birinchi guruhni nazoratimga olaman
sizlarni esa Polshada óqib kelgan bir shogirdimga topshiraman, tanishing bu Ali. Mening shogirdim.
Jayrona Alini korib hayratdan qotib qoldi. Anisa Roziyevnaning shogirdi Ali. Anisa Roziyevna xonani
tark etayotgan payt yana qaytib kirib keldi. Ha yana bir óquvchi qilib ketibdi. Kiraqoling deb uni
ichkariga taklif qildi. Jayrona qarasaki Ahmad. Ahmad bu yerda nima qilyapti óyladi Jayrona. Anisa
opa xonani tark etdi. Jayrona kulib Ahmadga qaradi va óyladi qalamni toʻgʻri ushlay olarmikin?
Ularning har biriga chizma berildi. Jayronaga tushgan chizma boyagi Ali tógirlab chizishni órgatgan
chizma ekan. Chizmani nusxasini berayotgan Ali Jayronaga koʻz qisib qoydi. Navbat Ahmadga


kelganda Ahmad Alini qolidan qoğozni yulqib oldi. Hammaga bir xil chizma berilgan edi. Vaqtga
qarab boshlang deb start berildi. Ikki soatda yigʻib olaman deb tayinladi Ali... #Faqat_SEN
Ali u yoqdan bu yoqqa yurib hammaning chizayotgan chizmasini kuzatib chiqardi. Navbat Jayronaga
keldi, Ali uni ham chizmasini kuzatdi,indamay qolini chizmadagi chiziqlar ustidan ohista yurgizdi.
Jayrona darrov tushundi,tabiiyki bu yerda xatolik bor. Va bu xatolikni toʻgʻirlash kerak. Jayrona Ali
narigi stolga ótganida unga qaradi. Ali unga qarab koʻz qisib qoydi.Ahmadga navbat kelganda Ali
ancha uni yonida turib qoldi. Jayrona uchun bir narsa juda qiziq edi. Ahmad nima chizayotgani. Axir
shu paytgacha Ahmadning biror narsa chizganini eslay olmasdi. Yarim soatdan soʻng Alining vaqt
bóldi chizmalarni topshiring degan gapi yangradi. Baʼzilar xafsalasi pir boʻlib, baʼzilar esa xursand
holda chizmalarni topshirishdi. Ahmad ham topshirib chiqib ketdi. Eng oxirida Jayrona chizmasini
yaxshilab koʻzdan kechirib, chizmasini topshirdi. Aliga qarab koʻz qisib qoydi. Tashqariga chiqdi.
Ahmad kutib turgan ekan. Jayrona yur birga ketamiz,uygacha kuzatib qoʻyaman. Shartmas,rahmat
ózim yetib olaman. Jayrona yurib ketdi. Ahmad yugurgancha uni yólini toʻsib chiqdi. Jayrona toʻxta
nega menga nisbatan adolatsizlik qilyapsan? Nega? Adolatsizlik? Men adolatsizlik qilyapman.
Qarang a??? Boshqa qiz bilan gaplashish, qollaridan tutish,teginish sizga mumkin,menga kelganda
adolatsizlik shundaymi? Yaxshiyamki men boshqa bir bolaning qolini tutmadim,ózimga
yaqinlashtirmadim. Senga óxshab. Jayrona seni yaxshi kóraman. Biz unashtirilganmiz, biz turmush
quramiz axir. Ahmad yoshligimdan seni yoqtirganman, sen ham meni yoqtirasan deb óylardim,lekin
adashgan ekanman shekilli,katta bólganimiz sari sen ózgarib qolding. Senga men kerak boʻlmay
qoldim. Ahmad iltimos tinch qoy meni. Jayrona bilaman xato qildim,lekin qara hozir kimning
oldidan,ósha qizni emas seni yoningdaman. Men seni sevaman. Toʻgʻri men óyladim,bir birimizga
mosmasmiz deb,lekin Alini kelgani yaxshi boʻldi, tushundim men seni sevrkanman, seni u bilan
koʻrganimda ichimda shunday bir olov yondiki,ósha payt Alini burdalab tashlashga ham tayyor edim.
Bu rashk ótini hozir ham sóndira olmayapman. Ahmad shunday deb Jayronani bagʻriga bosdi. Ularni
derazadan Ali kuzatib turardi. Ana Ali marhamat yagona doʻstingdan ham ayrilding. Boshidayoq
óylash kerak edi, unashtirilgan yigiti bor qiz bilan doʻst tutinishga nima bor edi? Alini Anisa opa
chaqirib qoldilar. Ahmad Jayronani qolini mahkam tutgancha uy tomon ketishdi. Uyalishga hojat ham
yoʻq kim nima deya oladi,unashtirilgan bolsa. Yolma yoʻl muzqaymoq olib yeyishdi, keyin Jayrona
Ahmaddan Ahmad boya qogʻozga nimani chizding? Umringda rasm chizganmisan? Iye, Jayronaxon
boʻlajak xójayiningizni yaxshi bilmas ekansizu meni qoʻlimdan hamma narsa keladi. Ertaga natijasini
koʻrasan. Jayrona Ali bilan doʻst boʻlishing menga yoqmayapti, yaxshisi u bilan aloqani uz.
Qõysangchi Ahmad. Undan kóra ózing u bilan dóstlash. U yaxshi yigit. Mayli doʻstlashamiz,siz
aytasizu biz dóstlashmaymizmi? Jayrona birortasi senga gap otsa,yoki xafa qilsa menga ayt. Nima
qilasan? Adabini beraman,bir ikkita musht tushursam boshqa qilmaydigan boladi. Agar ular tõda
bólib olgan bólsachi unda nima qilasan Ahmad? Unda men ham tõdam bilan urishaman. Tõdam bilan
nima senda tõda bormi? 15 kishidan iborat tõdam bor. Men esa ularni sardoriman. Unda men tóda
sardorini sevgan qizi ekanmanda a? Yoq sen boʻlajak mafiya sardorining sevgan qizisan. Jayrona
nega qoʻllaring buncha sovuq,boya sovqotgan bolsa kerak deb óylagandim. Qara qollarim juda issiq
kamida 1 soatdan beri qoʻllaringni tutib yuribman. Hamon isimaydiya? Bilmadim ózim ham
hayronman qollarim hech isimaydi. Mayli isib qolar masalan, tóydan song dedi Ahmad. Jayrona bor
yóqol dedi,gapirgan gapini qarang,toydan keyin emish. Hazillashdim,hazillashdim. Mana hazil hazil
bilan uyga ham yetib keldik, dedi Ahmad. Jayrona uyga kirib ketayotganda Seni SEVAMAN
JAYRONAM dedi Ahmad. Jayrona bólsa havodan Ahmadga bósa yoʻlladi. Ahmad uni tutib olib
yuragiga bosdi. Bu vaqt Ali ham uyi tomon ketayotgandi. Sevishganlarni koʻrdi,indamay ótib ketdi...
#Faqat_SEN
Ali uyga kirgandan soʻng xonadagi yotogʻiga bosh qoʻyib óylardi. Nega ota onalarimiz bizni
hayotimizni biz hali kichik bolaligimizdan hal qilib qoʻyishar ekan a? Axir bizning kelajagimiz qanday
boʻlishini bilishmaydiku? Agar Jayrona va Ahmad da boshqacha holat sodir bólgandachi? Lekin ular
bir birlarini yoqtirishadi. Yaxshiyamki shunday, agar ular boshqa bir insonlarni yoqtirishganda
Fotiha buzilardi. Alining óy hayollarini bobosining ovozi buzdi. Ali bolam buyoqqa chiq, gaplashib
ótiraylik. Assalomu alaykum bobojon. Vaalaykum assalom Ali bolam yaxshimisan,óqishlaring


yaxshimi? Yangi doʻstlar,sinfdoshlar,qizlar a??? Tanishib olgandirsan. Bobosi qizlar soʻziga alohida
urgʻu berib gapirdi. Eey qóysangizchi bobo? Ertalab Jayrona bilan koʻrdimku dedi bobosi. Ha u bilan
tanishib oldim,lekin,u unashtirilgan ekan. Ha bolam ular chaqaloqlik paytidayoq Óktam Ahrorovning
óğli Ahmad bilan unashtirib qóyilgan. Ularning otalari yoshligidan doʻst, farzandlari orqali bu
rishtani yana ham mustahkamlashmoqchi boʻlishgan ekan. Ha aytgancha Ali mahallaning boshidagi
sartaroshxonani kórdingmi? Koʻrdim. U yerda Ilyosbek degan bir erkak ishlaydi. Aqlli, esli hushli,
qoʻlida hunari bor, bósh paytlaringda yoniga chiqib ish órganasan. Nima bobo hazillashyapsizmi. Hoy
bola menga qara asabimni buzma, chiqasan dedimmi chiqasan, gap qaytarma menga. Hop
qizishmang bobo chiqaman. Bobosi chiqib ketgach Ali ana endi stilist ham bolasan dedi.
Sanjar doimgiday ishlashda davom etardi. Bir kuni kafe xójayini Sanjarni yoniga chaqirib, Sanjar sen
menga yoqib qolding, ishlaring joyida, mehnatdan qochmas ekansan,odamlar bilan ham qanday
muloqot qilishni bilasan, qoling egri emas, men Turkiyaga bir oyga rafiqam bilan dam olishga
ketyapman. Shu kafeni seni nomingga ótkazib bersam, boshqarsang,men kelib boshqasini
ochmoqchiman,negadir bu kafedan koʻnglim tólmayapti. Qizingizchi? dedi Sanjar. Qizim shu yerda
qoladi,óqishi bor, yana qiz bola narsa bilasan har hil odam bor,u buvisi bobosi bilan qilyabdi,qizimni
yoniga qoʻriqchi qoydim,lekin sendan yana bitta iltimosim shu qizimga koʻz quloq boʻlib tur,xuddi
singling kabi qadrla, ehtiyot qil. Taklifingizgaku roziman,ishlarim yurishib ketganida yana kafeni
ózizga qaytarib beraman,xavotirlanmang Gavharoyga ózim koʻz quloq boʻlib turaman.Senga katta
rahmat Sanjar, qani endi yur notariusga kafeni nomingga ótkizaylik...
Anavar esa ketma ket janglarda qatnashar albatta yutgani hisobiga anchagina pul yigʻib uyiga
joʻnatar edi. Bundan tashqari koʻcha janglarini ham kanda qilmasdi.Shu sababli pullar endi har hafta
joʻnatiladigan bóldi. U chiroyli,kuchli,baquvvat inson boʻlgani uchunmi? Uni oldida
kalta,kiyingan,koʻzini qisgan qizlar ham koʻpayib qoldi. Ammo Anvar hech qaysinisiga etibor
bermasdi.
Ertasiga Jayrona maktabga bordi. Rejasi boʻyicha bugun Ahmad bilan birga ótirib,dars davomida
suhbat qurmoqchi edi,lekin Ali kelib uni toʻgʻrisidagi partaga ótirdi. Masofalardan sevgi uchqunlari
taralib turishini istar ekan. Yana Jayronani yoniga Ali kelib ótirdi. Jayrona dars payti Alini turtib Ali
aytchi? Imtihon natijalarini tekshirdinglarmi? Ha deb javob berdi Ali. Qanday chiqdi meni natijam
soʻradi Jayrona. Borganingda bilasan javob qaytardi Ali. Yana qoʻshib qóydi meni shogirdimsanku
yomon chiqishi mumkin emas... #Faqat_SEN
Ahmad Jayronani toʻgʻrisida sinfdagi eng koʻrimsiz qiz hisoblanadigan Sabina bilan ótirardi. Jayrona
har qaraganida Ahmad Sabina boshiga xuddi ikki barmogʻini qóyib uni masxara qilardi. Jayrona ham
miriqib uni ustidan kulardi. Sabinani koʻzidan unsiz,yoshlar oqardi. Ali buni payqadi. Daftarining
ustida tomchilar paydo boʻlib qolganidan... Ahmad dedi Ali sekin ovozda. Joy almashaylik. Sen
Jayrona bilan birga ótir. Nega ? Soʻradi Ahmad. Ikkovingiz bir boʻlib darsni ózlashtirishimga xalaqit
berayapsizlar. Mayli dedi Ahmad. Va sekingina órinlarini almashishdi. Ali Sabinani oldiga ótib oldi.
Dars payti pichirlab salom,ismim Ali deb Sabina tomon qól chózdi. Sabina ham kózoynagini
taqarkan, meni ismim Sabina dedi va qoʻshib qóydi. Siz ham bir haftacha boshqalar bilan chiqishib
olguningizgacha menga yaxshi gapirib turasiz,keyin ularga qoʻshilib ustimdan kulasiz dedi yiğlagan
ohangda. Ali unga tikilib darsdan keyin bir soat men uchun vaqt ajrata olasizmi? Sizga bir narsa
sovgʻa qilmoqchiman, dedi Ali. Nima dedi Sabina hayron qolish ohangida. Vaqt ajratsangiz bilasiz
dedi Ali. Mayli dedi Sabina. Qani besh tashlangchi dedi Ali. Besh tashlashdi. Sabina kózoynagini
yana yecharkan Ali uni koʻzlariga qarab shunday chiroyli kózlaringiz bor ekan koʻzoynak ularni
koʻrishimizga xalaqit berarkan xolos dedi kulib. Sabinaning yuzlari qizarib ketdi. Sabina doim bir xil
kiyimda, sochini koʻpgina órim qilib, lenta taqib oladi. Uni sochini hech kim órimdan boshqa holatda
koʻrmagan,kiyimi ham hech ózgarmaydi, va juda uzun kiyinadi,bazan etagini bosib olib yiqilib tushib
hammaga battaroq masxara boladi,juda koʻp kitob óqiydi. Óziga qarab yurmaydi. Alining unga
aytgan gaplari juda yoqib ózini oz bólsada xursand sezdi. Ali bilan Sabinaning kulishib ótirganini
koʻrgan Jayronada qizğonish tuygʻusi avj oldi. Xuddi endi Ali Jayronadan kechib xuddi Sabinaning
dósti boʻlganday, Sabina magnit kabi uni óziga tortib olganday tuyuldi. Ahmad boya DAN beri
nimalarnidir gapirar,Jayronaning koʻzi Ali va Sabinadn uzilmas,gaplar esa quloqqa kirmasdi.


Eshityapsanmi Jayrona dedi Ahmad uni turtib. A,nima? Eshitmay qolibman dedi Jayrona hayollaridan
chalgʻib. Darslar tugadi. Hamma bir biri bilan xayrlashib uyga ketyapti. Jayrona, Ali va Ahmad bilan
repititorga bormoqchi edi. Ali bugun bora olmasligi muhimroq ishi borligini aytdi. Sabina bilan
chiqib ketayotganini koʻrgan Jayronaning qovogʻi uyildi. Ahmad bilan repititorga qarab yoʻl oldi...
#Faqat_SEN
Bugun natijalarni bilishlari kerak edi. Borishsa devorga ótganlar roʻyxati ilib qóyilibdi. Qarashsa
Ahmad 1 órinda. Jayrona koʻzini ishqalab yana bir bor qaradi. Rostan ham Ahmad 1 órinda. Jayrona
esa 2 óringa tushib qolibdi.Ahmad nima balo chizganding sendan umuman xatolik topilmadi,mendan
esa bitta xatolik,ey azizam men hatto ikkala qoʻlimda ham chizma chiza olaman. Sen anavi Ali bilan
gaplashishingiz hojati yoʻq ózim senga órgataman. JAYRONAM. Jayrona barcha ótgan ótmaganlarni
qarab chiqdi. Atigi 14 kishi óta olmabdi. Ikkita guruh qilinsa kerak deb óyladi.
Ali bilan Sabina eng koʻp kiyimlar sotiladigan dókonga kelishdi. Sabina hayron boʻlgancha Ali bu
yerda nima qilamiz? Deb sóradi. Bu yerda kiyimlar ancha arzon ham sifatli. Lekin menga kiyimni
keragi yoq. Kerak dedi Ali. Siz har kuni bir hil kiyimda emas har hil kiyimda kelishingiz kerak,chunki
insonni koʻzi birinchi órinda uning libosiga tushadi,misol uchun yigitlar avval qizlarning ustidagi
kiyimiga qarashadi. Bu bilan men maktabga maktab formasida kelmang demoqchi emasman.
Shunchaki bir kun boshqacharoq fasondagisini,bir kun boshqacharoqini kiying demoqchiman. Bugun
men sizga kiyim tanlashib yuboraman. Keyin menga ham kiyim tanlaymiz. Kiyim doʻkoniga kirishdi.
Sabina bir necha xil kiyimlar kiyib koʻrar yoqqanlarini sotib olishardi.
Ahmad va Jayrona birga ótirarkan dars mashgʻulotlari boshlandi. Kerakli maslahatlar berilgach
chizishni boshlashdi. Ahmad telefoniga quloqchin ulab, Jayronani qulogʻiga bir tomonini taqib qóydi.
Jayrona Ahmadni kuzatar,uni chizma chiza olishini hayoliga keltira olmasdi. Birozdan song xonaga
yuqori guruh óquvchilari kirib kelishdi. Bu qitmir va shox bolalarning biriga Jayrona yoqib qoldi,koʻz
qisib ótib ketdi. Yaxshiyamki Ahmad buni koʻrmadi,bólmasa ósha bolani ahvoliga boy edi.
Jayronaning orqa tomonidagi partaga ótirib olib uni kuzatib ótirdi.
Ali bilan Sabina kiyim doʻkonidan chiqqach Ali uni goʻzallik saloniga olib bordi. Biroz pardozning
ziyoni yoʻq,bugun goʻzallik qirolichasi san soch turmaklashni,pardoz qilish boʻyicha maslahatlar
olasiz,men ham ózimni sochimni stil qildirib chiqaman deb uni ichkariga boshladi. Sabinani stilist
bilan gaplashtirib,ózi erkaklar saloniga chiqib ketdi... #Faqat_SEN
Birozdan song qaytib keldi Sabina qarasa sochni bir tolasi ham oʻzgarmagan. Ha nima bóldi
sochingni stil qoldirmoqchi eding? Stilistni ózini sochini still qilish kerak ekanu... Sochimni
qildiraman deb kirdim,tanlashga jurnal berdi,tanlasam bunisi qiyin,koʻp vaqt oladi dedi, ikkinchisini
tanlasam bunisini bilmayman deydi. Odam emas ekan. Stilist boʻlmayam... Seni qara ochilib
ketganingni,bilasanmi mayin jilmaydi Ali manavi koʻzoynak husningni buzyabdi. Lekin men
kózoynaksiz yurolmaymanda Ali. Qara Sabina hozir 21asr hamma narsa shu jumladan tibbiyot ham
rivojlangan. Uni órniga turli hil linzalar taqsang boʻladi. Ishon sendan chiroyli qiz yoq. Qara ózingga
qarab yursang qanday ochilib ketasan. Yur endi ovqatlanaylik qornim karnay chalmoqda. Sabina
bugungi kunini xursand holda ótkazdi,shu jumladan Ali uning yuragiga kirib bordi.
Repititor mashgʻulotlari tugashiga yana bir soat qolganda Ahmadga shoshilinch qónğiroq boʻlib ketib
qoldi. U yana mushtlashuvga ketgandi. Mashgʻulot tugagach Jayrona uyga bir ózi qaytayotgandi.
Kech boʻlib qolganligi sababli, yoʻlda kechasi yuradigan ovchi yigitlar ham toʻplangan. Jimgina hayol
surib ketayotgan Jayronaga yopishishdi. Oppoq qiz kuzatib qõyaymi? Muncha chiroyli boʻlmasangiz
balki men bilan qolarsiz azizam kelaqol endi menga deb bir semizroq yigit kelib oldi tarafdan toʻsib
oldi. Shu payt Jayronani yoniga kimdir yugurib kelib qolidan mahkam tutib oldi. Bu meni sevgan
qizim,dókonga qahva olgani kirib ketgandim,tinchlikmi? Yigitlar? Jayrona bu ovozni aniq tanidi,bu
Alini ovozi edi. Ali ham Sabinani kuzatib qaytayotgan ekan. Yoq muammo yoʻq,baxtli boʻlinglar
boyagi yigit yoʻl bóshatib berdi. Ali unga qarab,senga bitta savolim bor,seni onang,yoki
opang,singling bormi? Ha singlim,opam,onam ham bor nima edi dedi? Aytchi onangni boshida eri
bóla turib,unga begona erkak gap otsa,yoki singling,opang bilan shu holat sodir boʻlsa nima qilasan?
Ósha insonni ósha zahoti dópposlayman. Ha ana koʻrdingmi bu qiz ham kimningdir singlisi,qizi óylab
ish qil bu safardan keyin. Kózni ichganing uchun rahmat dedi boyagi bezori yigit va indamay ketdi.


Jayrona Alining qollaridan qólini tortib olib, bor yõqol sen bilan gaplashmayman deb turib oldi. Nima
gunoh qildim dedi móltirab Ali. Nega Sabina bilan ketting,sabab ham aytmading,nima endi u bilan
doʻst emasman. Unda nima sevishib qoldinglarmi dedi Jayrona. Qõysangchi Jayrona Ali xandon otib
kulib yubordi. Sevishga yoʻl bólsin. Unga shunchaki biroz yordam berdim. Meni doʻstim sensanku...
Aytganday Jayrona issiqroq kiyinib ol,qoʻllaringni qara muzlab qolganini. Yoq bu sovqotishdan emas
qoʻlim ózi shunday doim sovuq hech isimaydi. Ahmadga aytsang isitib qoʻyadi. Ey bor yõqol gapingni
qara. Jayronani eshigi yoniga kelgach,Jayrona uyga kirish oldidan xayrli tun,yaxshi dam ol dediyu
darvozani yopdi. Ali hatto xayrli tun deyishiga ulgurmasidan darvoza yopildi. Ali noqulay ahvolga
tushdi,lekin koʻngliga olmadi. Ertasi maktabda hamma Gulday ochilib kelayotgan qizdan kózini
uzmasdi. Bu qiz kim,sinfimizga yangi kelibdimi ? Ali kirib kelganda Jayrona va Ahmad birga
ótirishgandi. Ali toʻgʻri borib Sabinani yoniga bordi. Matematika darsi Ali ufff darsni
bajarmabmanku,hozir gap eshitaman bir dunyo. Daftaring yoningdami soʻradi Sabina. Ha yonimda
dedi Ali. Berchi dedi Sabina. Ali sumkasidan daftarini olib berdi. Sabina ózining uyga vazifasidan
Alining daftariga koʻchirib unga tutqazdi. Katta rahmat Sabina deb uddaladik,deb musht tashlashdi.
Ustoz uyga vazifalarni korib chiqib, Sabina doimgiday alo darajada bajargandan. Qani Alixon yangi
bolani ham kóraylikchi,buni qarang a seni ham biliming zor ekanku dedi ustozi. Besh baho deb ótib
ketdi. Ustozi hammani uyga vazifasini tekshirib,yangi mavzu ótilayotgan vaqt, Jayrona Ahmadni
turtib,aniq Ali bilan Sabina topishib olgan dedi qovogʻini uyib. Seni nima ishing bor dedi
Ahmad,Aliga termulayotgan Jayronaga qarab. Keyin gavdasi bilan Ali tarafni toʻsib oldi. Toʻgʻri
aytasiz Ahmadbey,meni nima ishim bor? Undan koʻra ayting kecha qanday ishingiz bor edi? Kecha
xullas,bir odamni óldirishim kerak edi,shuni bajarib keldim. Nima baqirib yubordi Jayrona. Ustoz
ham darrov yetib kelib nimadir bõldimi deb sóradi. Yoq, Ahmadkeskin rad etdi, doskadagi misolni
yaxshi tushunmagan sim,Jayrona tushuntirganda dedi Ahmad. Jayrona ham kulib qoydi. Shovqin
kõtarmang deb óqituvchi joyiga ketdi. Nimalar deyapsan Ahmad sen hali qotilmisan? Ha kecha bitta
odamni peshonasidan darcha ochdim. Jayrona qorqib Ahmad men sen bilan bitta joyda ótirmayman
meni ham óldirib qõysangchi. Ahmad faqat kulardi. Jayron buncha sodda sana men odam
óldiramanmi,chumoliga ham ozor bermaydigan yigitcha bolsam. Sena dedi zaharxandalik bilan
Jayrona. Chumoli seni yoningdan ótmayin,meni koʻrmasin deb narigi koʻchadan aylanib ótadi. Endi
Ali Jayrona va Ahmadni kuzatardi. Qanday baxtli juftlika? Ahmadni omadi bor. Jayrona men tanigan
qizlar ichida eng aqlli va chiroylisi. Sabina esa Aliga termulardi. Sabina Alini sevib qoldi. Uni
ózgartirgan,ortiq hech kim masxara qila olmaydigan darajaga olib kelgan,uning qoʻllaridan
tutib,yordam bergan insonni sevib qolgandi,unga oshiq boʻlgandi... #Faqat_SEN
Repititorda dars vaqti Anisa opa har payshanba kuni tabiat qoʻyniga sayohat qilishlarini va aniq
manzarani chizishni órganish kerakligini óz shogirdlariga uqtirardi. Bu fikr sayohat qilishni
yoqtiruvchi Jayronaga juda yoqib tushdi. Ertaga payshanba qanday yaxshi kun sayohat tabiat
qóynida. Ahmad ertaga borasana sayohatga Ahmadni turtib qóydi Jayrona. Albatta sen qayerda
boʻlsang ósha yerdaman,jonginam... Jayronaning ikki yuzi qizardi. Keyin qizlar bilan gaplashib,
ularning chizmalarini chizishga yordam berayotgan Aliga qaradi. Negadir Ali juda koʻngilchan va
mehribon... U shu hislati bilan odamning koʻnglidan joy oladi. Shu payt Ali ham Jayronaga qaradi.
Nigohlar toʻqnashdi, Jayrona pichirlab ertaga sayohatga borasanmi dedi. Ha boraman dedi Ali ham
pichirlab. Jayrona ertangi kunni sabrsizlik bilan kutardi. Repetitordagi mashgʻulotlar yakunlanadigan
vaqt edi. Ahmad Alini yoniga borib Ali bugun Jayronani uyigacha kuzatib qóy, bugun zarur ishim
chiqib qoldi. Shuni hal qilishim kerak dedi. Ali ham mayli unda ishlaringga omad dedi. Tagʻin koʻz
olaytirmagin tayinladi Ahmad. Yóğey jinnimisan dedi Ali. Ahmad Jayronani oldiga borib, Jayrona
bugun seni uygacha Ali kuzatib qoʻyadi, men bandman,óta muhim ishim bor. Jayrona ham bir chuqur
nafas oldi-da ózi har kuni ham dedi. Ahmad asabiy ohangda nima har kuni ham dedi. Har kuni ham
Ali uyimgacha kuzatib qoʻyadi dedi Jayrona. JAYRONAM men kelajagimiz uchun harakat qilyapman.
Bizning porloq va gózal kelajagimiz uchun.Ikkimiz uchun. Hop xafa boʻlma mendan,xayr dediyu
ketdi. Endi yana uygacha Ali bilan ketadi. Aslida Ali bilan gaplashib ketish juda maroqli. U juda
quvnoq. Ali bilan birga ketisharkan kun ancha sovugan, shu boisdan mi Jayrona sovqotib ketdi. Ali
ustidagi kostyumini Jayronaning yelkasiga tashlab qoʻydi. Bundan buyogʻiga issiq kiyin deb buyruq


berganday gapirdi. Jayrona Ahmad qanday, sening idealingdagi insonmi? Uni qachondan beri
bilasan? Ali men Ahmadni juda kichiklik paytimdan bilaman. Oyimni aytishlari boʻyicha Ahmadni
kasalxonadayoq koʻrgan ekanman. Men uni juda yaxshi bilan,bolaligimiz deyarli har kunimiz u bilan
ótardi. Yoshlik paytimizda Ahmadni otasi Ahmadni yoniga chaqirib, katta boʻlsang kim boʻlasan deb
sóragan edi óshanda u man katta boʻlsam Mafiyalar Sardori bólaman deb javob bergandi. Keyin
menga ham xuddi shu savolni berishdi,ósha paytda men katta bólsam Ahmadning rafiqasi bolaman
deb javob bergandim.Ósha paytidayoq bizning órtamizda muhabbat tuyğusi uygʻongan ekan. Aslida
Ahmad xuddi mafiyalar sardoridan kuchli, aqlli,kelishgan, yana men bilmaydigan qandaydir
qobiliyatlari bolsa kerak va hozir u ayni damda juda band inson. Juda band degin kuldi Ali. Toʻgʻrida
dedi Jayrona qovogʻini uygancha doim qayergadir ketib qoladi, bir qarasang rashk ótida yonadi,yana
bir qarasang befarq. Unga tushuna olmay qolyabman... Endi sen gapirchi maktabdagi birinchi
muhabbating kim bólgan??? Mendami dedi Ali vazmin ohangda, menda birinchi muhabbat
bólmagan,Polshadagi qizlar yoqmagan. Bu yerdagichi? Sabinachi? Qoshini uchirdi Jayrona. Eey
qóysangchi,dedi Ali kulgancha . Menimcha u seni birinchi kuniyoq yoqtirib qoldi dedi Jayrona,uni
senga qanday qaraganini va dars boyi termulib ótirganini koʻrdim,xosh u senga óz sevgisini oshkor
etsa nima deb javob berasan? Men sizning idealingizdagi inson emasman,meni yoqtirgan qizim bor
deyman unga barini toʻgʻriligi ha, boricha tushuntiraman... #Faqat_SEN
Demakki,sevganing bor ekanda kim u qoshini bir ikki uchirib,Alini gapirishga ham qoʻymay qolini
chimchilashga tushdi,qani aytasanmi,yoʻqmi,aytchi? Aytchi? Jayrona boʻldi qil,nima qilyapsan dedi
Ali ózini kulgidan zoʻrgʻa tiyib. Aytmaganingga qoymayman,kim u dedi Jayrona Alini yana bir
chimchiladi. Yaxshi aytaman dedi Ali. Ósha mening sevgan qizim SEN. Yani JAYRONA. Jayronaning
qoshlari chimirildi. Nima men? Ali ham Jayronani qolini chimchilashga tushdi,qalay bólarkana,qalay
bólarkan. Ali ahmoq qilgan hazilingni qara. Ahmad bilsa bormi? Nima qiladi? Yana ketib qoladimi?
Ali kuldi. Boʻldi mazax qilishni bas qil meni Ahmadimni... Mayli uyimga yetib keldim xayr!!! Dedi
Jayrona. Xayr qólini koʻtarib qóydi Ali. Ertasi ertalab havoning avzoyi buzuq. Jayronaning kayfiyati
esa alo darajada. Bugun tabiat qoʻyniga sayohat qilamiz. Qanday yaxshi axir. Vaqtim choğ ótadi. Shu
payt Jayronani xonasiga Oqilaxon kirib keldi. Hoo kayfiyatlari choğ nimadan bunchalik mamnunsiz
Jayronaxon? Bilsak boʻladimi? Oyijonim bugun repititor ustozim boʻlmish Anisa opam bilan tabiat
qóyniga sayohat qilmoqchimiz. Manzaraga qarab rasmni tasvirlash uchun. Õõõ Ahmad ham
boradimi? Soʻradi oyisi. Albatta u siz bormaymanku yana Ali ham bor. Shu Ali zór yigit ekana menga
rosa yoqdi. Kattalarni hurmat qilarkan,yana bir qizim boʻlganda shu bolani ózim kuyov qilardim. Ha
yaxshi ish bólardi,menga ham dedi Jayrona. Oyi Anvar akamdan darak boʻlmadimi bir haftadan beri
darak bólmayapti. Yoq qizim ózim ham xavotirdaman, Sanjar akang har kuni vaqt topib qoʻngʻiroq
qilyapti, Anvar esa... Ha aytganday Jayrona Sanjar akangdan yangilik bor. Qanaqa yangilik
ekan,ichimni qizitmay ayting tezroq. Akang bir kafeni boshligʻi bólibdi. Endi u yerni ózi
boshqarayotgan ekan. Yóğey tatil boshlanishi bilan Toshkentga jónayman. Akamni soğindim. Soatga
qaraychi voy soat 8: 00 ku kech qolyapman. Jayrona onasini yuzidan ópib maktabga yoʻl oldi. Ahmad
bilan ótirarkan, dars qulogʻiga kirmasdi. Fikru hayoli sayohatda edi. Ali yana Sabina bilan birga
ótiribdi. Alini sharofati bilan Sabina qizlardan ayrilmaydigan,óziga koʻp etibor beradigan boʻlib qoldi,
uni atrofida katta sinf óquvchilari ham aylanib qolishdi. Ali ham sayohatni óylardi menga ham sherik
kerak, qaysi qizni ózimga sherik qilib olsam ekan? Óylanardi. Nihoyat darslar óz nihoyasiga yetdi.
Óquv markaziga yetib borishdi. Anisa opa hammani roʻyxatdan ótkazdi. Ahmaddan boshqa hamma
shu yerda. Jayrona ketishdan oldin Ahmadga qoʻngʻiroq qildi. Telefoni óchiq. Ular toqqa chiqishdi.
Togʻ yon atrofi manzarasi ayniqsa kuz faslida juda chiroyli boʻladi. Hamma óz hohlagan manzarasini
tasvirlashni, men ham óz tasavvurimni ishga solaman dedi Anisa opa ózi ham oq qogʻoz olib qulay
joyga joylashib oldi. Jayrona toqqa birinchi marta chiqishi edi. Shunday paytda Ahmad yonida
boʻlmagani juda jaxlini chiqargandi. Ayni damda Ahmaddan juda qattiq ranjigandi. Jayrona hamma
chizayotgan manzarani chizmadan boshqa rasm chizmoqchi boʻlib pastroq tomon keta boshladi. Ali
ham togʻni tomosha qilib yurib birozdan song kichikroq 15,20 kishi sigʻadigan ğorga óxshash joyni
koʻrdi. Ósha yerga mahkam órnashib ótirib olib u ham tasavvurini chiza boshladi. Havoning avzoyi
buzuq boʻlgani tufayli shamol esishi koʻtarildi. Keyin tomchilab yomgʻir yogʻa boshladi. Anisa opa


bolalarni yigʻib joy qidira boshladi. Ali esa deyarli tayyor boʻlib qolgan rasmni ózi ótirgan órniga
qoʻydida Anisa opani yoniga ketdi. Anisa opaga ğorga óxshagan joy haqida xabar berdi. Hammani
ósha yerga toʻplashdi. Hamma ğorga berkindi. Faqat Jayrona yoq. Ali Jayronani qidirardi. Anisa opa
Jayrona qani soʻradi Ali. Voy Jayrona bilmayman. Yomgʻir yogʻishi yanada tezlashib ketdi. Endi
sharros quya boshladi. Anisa opa men hozir topib kelaman deb chiqib ketayotgandi,Ali siz boshqa
bolalarga koʻz quloq boʻlib turing uni ózim topib kelaman deb Ali Jayronani qidirishga ketdi...
#Faqat_SEN
Jayrona baqirib qidirardi Ali. U yoqni aylanardi, bu yoqni aylanardi,axiyri pastga tushib ketdi deb
óylab, ózi ham pastga tushdi. Yomgʻir hamon toʻxtamasdi. Qarasa bir daraxt tagida Jayrona ótiribdi
qoʻli bilan nimanidir berkitib olgan. Ust boshi jiqqa hoʻl boʻlib ketgan, Ali ham xuddi shunday ivib
ketibdi. Jayrona yugurib keldi Ali bu yerda nima qilyapsan,Ali qara manavi gulni men oldin bunday
gul koʻrmaganman. Ali ham yaqinroq borib gulga etibor bermay,Jayronaga qarab qayerlarda
yuribsan,u yoqda hamma sendan xavotirda. Ali qara bu gul qanday gulligini bilmaysanmi? Yoq tavba,
men ham birinchi marta koʻryapman. Menga juda yoqdi. Agar bu qanday gulligini bilmasak unga
ózimiz nom beramiz. Misol uchun,uni MUHABBAT GULI deb ataymiz. Ola uni Ahmad bilan
topganingda shunday nom bersang boʻlardi. Hozir yoningda Ahmad emas Ali turibdi. Kel buni,
DÕSTLIK GULI deb nomlaymiz.Hmm doʻstlik guli menga maʼqul bu nom menga yoqdi. Voyy Ali
yomon ivib ketibsan. Hech qisi yóq yomgʻirni yaxshi koʻraman. Men ham dedi Jayrona,yaxshi
koʻraman emas,sevaman. Hamma bizni kutyapti,balki ketarmiz. Bu gul albatta ósishi kerak,yana
koʻrgani kelamiz. Xayr Doʻstlik gulimiz dedi Jayrona gul bilan xayrlashib. Ğor ichida bolalar u yoqdan
bu yoqqa yurar birov rasm chizardi. Bir yigit Ali ótirgan joyga borib teskari qilib qoʻyilgan qogʻozni
old tomonga ógirdi. Qoyiley, manavini qaranglar,Anisa opa yugurib keldi. Bu sanat asariku. Bu
rasmni Ali chizgan dedi Anisa opa. Bu Jayronani suratiku. Boshqa bolalar ham yugurib kelib rasmni
tomosha qilishdi. Qoʻli gul Rassom. Haqiqatdan ham Jayrona. Demakki Ali Jayronani sevadi,lekin
uning Ahmadi borku. Shu payt rosa ivib ketgan Ali va Jayrona ğorga kirib kelishdi. Kelishi bilan
bolalar Aliga yopishishdi. Qizlar esa Jayronaga suratni kórsata boshlashdi... #Faqat_SEN
Jayrona suratni koʻrib,bir suratga,bir Aliga qarab. Ali nega meni suratimni chizding. Shunchaki
tasavvur.Yoniga Ahmadni ham choʻzmoqchi edim. Sen yóqolib qolganingni eshitib,qidirgani ketdim.
Senga sovgʻa bólardi. Qizlar ishonqiramay tasavvurmi yoki, первый muhabbatmi? Deyishdi kulishib.
Eey qanday birinchi muhabbat, biz qoʻshnilarimiz,yana dóstlar ham. Bu yerga kelganda birinchi
boʻlib uni uchratgandim. Óshanda ham dóst boʻlish fikrini aytgandim. Toʻgʻrimi Jayrona. Jayrona
suratdan koʻz uzmay tikilib turardi. Ha toʻgʻri dedi asta boshini koʻtarib,suratdan koʻz uzib va suratni
Aliga qaytarib berdi. Uni tugallashing kerak dedi. Ali ham olib yakunlab sovgʻa qilaman dedi. Qizlar
esa yana ishonishmadi Ali aslida birinchi bor Jayronani koʻrgan bólsang bilib qóy bu sevgiga
aylanishi ham mumkin, axir ilk bor uchratilgan inson,ilk lahzalar,ilk manzara hammasi bir umr yodda
qoladi. Bu safar bolalar eey qizlar buncha vahimachi va sodda bólmasanglar dóstmiz deyaptimi
demak doʻst tushunarlimi? Yur Ali bular bilan pachakilashib ótirma. Jayrona qayerda
eding,pastroqda edim dedi Jayrona.Anisa opa xavotir aralash singlim uzoqqa ketib qolmagin,sizlarga
biror nima boʻlib qolsa men javob beraman? Boʻldi mana sog omon manku. Hayriyat yaxshi ham Ali
bor ekan. Seni topib keldi. Jayrona Aliga qaradi. Dóstlari bilan nimanidir muhokama qilayotgandi Ali.
Yomgʻir biroz pasaygach Anisa opa uyga ketamiz hozirlaninglar,bu yerlar sirpanchiq boladi,bir
birlaringni qoʻllaringni ushlab olinglar deb buyruq berdi. Hamma qizlar bittadan bolalarni qolini
ushlab olsin óğil bolalar kuchliroq boʻladi deb buyurdi. Hamma ózi hohlagan yigitni qolidan ushladi.
Ali Mohizar ismli qizni qoʻlidan ushlab olmoqchi edi, Jayrona bunga yoʻl qoʻymadi. Biz birga
ketmoqchimiz shundaymi Ali deb jilmaydi. Ha shunday dedi Ali ham. Atham Mohizarga yordam kerak
deb Athamni chorladi Ali. Sirpanib,sirpanib ketisharkan,toʻgʻri yólga ham chiqib olishdi. Uyga
qaytishayotganda Yana yomgʻir tezlashib yoga boshladi. Koʻcha boshiga kirganda Jayrona yiğlab
yubordi. Ali qalbim ogʻriyapti,qalbim doim Ahmad meni tashlab ketadi,Vada beraman deb
bajarmaydi,yonimda bólmaydi,azoblaydi. Qalbimni ogʻritadi,beparvo. Etiborsizlik odamni óldiradi.
Ózi u meni sevadimi yoʻqmi bilmay ham qoldim. Yomğirda koʻz yoshlarim bilinmaydi,toyib yiğlab
olay. Jayrona unga termuldi Ali. Balki hamma ayb ózingdadir, men sizlarni kuzatdim, sen doim u


nima desa bajarasan,aytganini qilasan,sen uni yondirishing kerak. Unga ahamiyat berma, u yoningga
ótirsa sen boshqa joyga ótirib ol,boshqa bolalar bilan gaplash, albatta ular bilan sevgi muhabbat
mavzusida emas, boshqa masalalarda lekin kulishib gaplash. Unga etibor berma. Shunchaki uni
ğashini keltir. Ishonaver u seni yoningda boʻlishni hohlab qoladi. Bu payt Jayrona boshini mahkam
ushlab olib, yiqilib tushdi. Ali uni koʻrib qórqib ketdi. Ğilch suvga toʻla yerdan uni kótarib uyi tomon
yugurib ketdi. Uyiga borib eshikni taqillatmasidan oldin Oqilaxon chiqib keldi. Voy Jayrona baqirdi
Oqilaxon qórqib ketib. Uni uyiga olib kirishdi. Ali nima boʻldi gapir bilmayman gaplashib
kelayotgandik,óz ózidan hushidan ketib qoldi. Tez yordam chaqirish kerak lekin telefonim óchib
qoldi. Hozir ózim qoʻngʻiroq qilaman dedi Oqilaxon. Tez yordam chaqirdi. Shifokorlar tekshirib koʻrib
shamollabdi va qon bosimi ham koʻtarilgan nimadandir siqilgan bolsa kerak,bir ikki vitaminlar,yozib
qoydim,3 kun uyda yaxshilab dam olsin tuzalib ketadi. Hammamizni yuragimizni hording dedi
jilmayib Ali. Ali endi 3 kun maktabga bormayman,yoʻqligimdan foydalanib Sabina seni ilib ketmasin
dedi Jayrona.Ilib ketmasligi uchun tezroq tuzalishini zarur. Shu ahvoldayam hazillashadimi odam.
Yotib dam ol men ham uyimga chiqay dedi Ali. Mayli xayr deb Oqilaxon bilan ham xayrlashib uyga
chiqib ketdi Ali. Jayrona esa Ali aytgan gaplarni eslab balki rostan ham shunday qilishim kerakdir
deb óylanib yotdi. Rostan ham shu paytgacha uni osongina kechirdim,nima desa ishondim,hop
dedim,sabrimni ham chegarasi bor. Balki u bilan men mos emasdirmiz,unashtirilishimiz xato
bõlgandir boshidan. Nima bolganda ham ota onamni yuzini yerga qarata olmayman. U bilan birga
bólishim kerak. #Faqat_SEN
Jayrona shunday óy hayollar bilan hatto ovqatlanmay uyquga ketdi. Oqilaxon qizim dam olib olsin
deb unga tegmadi. Ertasi ertalab Ali Jayronadan xabar olishga kirmoqchi edi,lekin hadeb u yerga
kiraverishdan xijolat boʻlib indamay maktabga ketdi. Maktabga bordi. Sinfda kim bor kim yoq róyxat
qilish boshlandi. Jayrona qani nega kelmabdi? U kasal,mazasi yoʻq deb javob berdi,Ali. Sinfdagi
óquvchilar kulib yuborishdi, Ali mabodo Jayrona bilan birga uxlamaysizlarmi? U haqda hamma
narsani bilasan. Jim bólinglar óshqirdi bir chekkada qovogʻini uyib ótirgan Ahmad. Ali unga nima
boʻldi sóradi Ahmad. Jayrona shamollab qolibdi keyin qon bosimi ham koʻtarilib ketgan,bunga esa
sen aybdorsan,kecha vadangni bajarmading. Toʻgʻri aybdorman buning uchun undan kechirim soʻrab
aybimni yuvaman. Darsdamiz óqituvchini ovozi eshitildi. Kecha Ahmad sayohatga bormoqchi
edi,tayyor turgan edi, otasi qoʻngʻiroq qildi. Ahmad 2 mashina qurol keldi. Bir mashinasi tutib
olingan. Ahmoq haydovchi tutilib qolibdi. Agar ismimni aytsa tamom bolaman óğlim. Dada
tashvishlanmang,Jayrona kutib turasan. Ahmad haydovchini tanirdi,bogʻchada óqiydigan qizi
borligini bilardi,uni boğchadan akasiman deb olib, uni uyiga olib bordi. Qamoqxonadagi haydovchini
yoniga borib agar churq etsa qizi bu dunyoni tark etishi haqida xabar berdi. Bechora haydovchi har
bir aybni óz boʻyniga olib,qamaldi,ozodlikdan mahrum etildi. Hukm óqilgach qiz oilasiga qaytdi,sog
salomat. Ahmad va Óktam Ahrorov óz qilmishlarini yana bir gunohga qoʻl urib yopishdi.
Toshkent. Sanjar Layloning xiyonatidan song unga yaxshigina dars berib qoʻymoqchi bóldi. Kafe
egasiga aylangach, uning uchrashib yurgan yigiti bilan doʻst tutinib oldi. Shuningdek Gavharga ham
koʻz quloq boʻlib yurdi. Bir kuni Layloning yigiti unga Laylo haqida gapirib,rasmini koʻrsatdi, Sanjar
ham atayin sevganing xiyonatkor ekan degan gapni aytdi. Qayerdan bilding dedi yigiti. Doʻstim bu
qiz men bilan ham gaplashib yuradi. Ishonmasang qarab tur deb Layloning raqamini terdi. Laylo
javob bermadi. Song Sanjar unda bunday qilamiz,ertaga sen Layloni kechga meni kafeyimga olib bor
men uni sinab beraman dedi Sanjar. U xiyonatkor qarab tur,joy tógirlab qóyaman dedi. Yigit ham
koʻndi. U bilan soat 19: 00 da Sanjar kafeyida koʻrishishga kelishib olishdi... #Faqat_SEN
Soat 19:00 Laylo kafega kirib kelganda uning yigiti Samir kutib ótirgandi. Laylo jonim man
keldim,sogindingizmi mani? Albatta. Nima buyurtiramiz? Sizga nima yoqsa men ham shuni
yeyman,hayotim. Shu payt ohista yurib kelayotgan Sanjar unga qoʻngʻiroq qildi. Laylo ham koʻzini
olib qochib telefonni oldida ha Mohi dugosh nima deysan dedi pichirlab. Mohi bólib qoldimmi? Dedi
Sanjar stol yoniga borib. Doʻstim Samir yaxshimisan? Oshna toʻgʻri aytgan ekansan. Bu qiz odam
boʻlmaydi. Samir, Sanjar siz tanishmisizlar? Ha biz doʻstlarmiz. Yana Laylo dedi Samir qaysi
birimizni tanlading va nima uchun? Agar tanlash imkoni boʻlganda albatta Samirni tanlardim. Nega
bilasizmi Sanjar, u bilan mana shunday qimmatbaho,kafe,restoranlarga boraman,siz bilan esa


kóchada ovqatlanaman. Bu gapga birvarakayiga ikkisi ham kulib yuborishdi. Vaholanki Sanjar mana
shu siz ótirgan kafeni egasi kulib gapirdi Samir. Shunday qilib Layloxonim bu yoqdan uzun
oyoqlaringizni shiqillatingchi. Tur yóqoling tannoz xonimcha. Shu payt Gavhar yugurib keldi. Sanjar
aka bu qiz kim? Bu qiz bir tannoz xonimcha ekan goʻzalim Sanjar Layloni oldida uni qoʻllarini
mahkam ushladi. Laylo bolsa men Sanjar akangizni sevgilisiman. U men bilan gaplashib yurgan.
Yana uchrashuvlar,sovğalar. Yaqinda sizni ham irgitib ketadi óyinchoq qilib. Gavhar Sanjardan qolini
tortib oldi-da. Ha siz eskirib irğitilibsizda,oʻzi sizga óxshaganlar irğitilmasdan iloji yoʻq. Qarang
sevgilingiz bilan nima boʻlganini ochiq oydin gapiryabsiz,agar ertaga sizga uylansalar ham uydagi
gap kócha kóyda ovoza bõlarkan. Kiyimingizni qarang kaltaligini? Bunday kiyim har qanday yigitni
koʻzini óynatadi. Ertaga turmushga chiqqanizdan keyin ham shu ishni qilasiz. Chunki hozi rshunday
qilyapsiz. Tarbiyali qizlar bunday qilmaydi,tushunarlimi? Man Sanjar akamga toʻlaqonli ishonaman.
Sanjar Gavharning bu gapidan soʻng yalt etib unga qaradi. U bu gaplarni ishonch bilan gapirardi.
Samir gapga aralashdi. Qóysangizchi xonim Afandi bu qizga gapirganingiz bir tiyin. Bunaqalar gapga
quloq solmaydi. Sen dedi baqirib Laylo Gavharga tarsaki tushirmoqchi edi bilagidan Sanjar ushlab
qoldi. Ózingni yiğishtir óshqirdi Sanjar. Siz Sanjar shu qizni oldida meni izza qildingiza hech qachon
unutmayman buni deb yugurib chiqib ketdi. U ketgach Samir, rahmat doʻstim kózimni ochganing
uchun,qiz tanlashda adashibman,bizga ham xonim Afandiday qizlardan nasib etsin deb u ham kafeni
tark etdi. Ular ketgach Gavhar va Sanjar yolgʻiz qolishdi. Stolga ótirigach, qorning ochmi soʻradi
Sanjar. Judayam och dedi Gavhar. Xosh unda ikkimizga shashlik buyurtirsak achiqqina choy bilan
dedi Sanjar. Juda yaxshi boʻlardida deb qóydi Gavhar. Shu payt Gavharga telefon boʻldi. Assalomu
alaykum buvijon, xavotirlanmang kafedan, birozdan song yetib boraman, hop hozir ovqatlanaman.
Xavotir olmang buvijon. Sanjar esa Laylo bilan taqqoslardi Gavharni. Layloga onasi qoʻngʻiroq
qilganda ha oyi hadeb nega telefon qilaverasiz, bezovta qilib,qon qilvordizku,górdaman oyi
górdaman,mayli hop deb telefonni óchirib qoyardi. Gavhar uni yonida oy ekan. Gavhar dedi Sanjar
rostan ham boyagi gapni chin dildan aytdingmi? Qaysi gapni bilmaganga olib soʻradi Gavhar ham.
Rostan menga ishonasanmi? Albatta,otam ham sizga ishonadiku. Senga yana bir savol nega bu
yerdasan, meni yonimdasan? Kafe dadamlar aytgandilar, hohlagan payting bor deb koʻzini olib
qochdi Gavhar. Aldayapsan dedi Sanjar. Menimcha men senga yoqaman. Birdan tiqilib qoldi Gavhar.
Tan ol men senga yoqaman dedi Sanjar. Hósh shunday boʻlsa nima qilibdi dedi Gavhar. Sen ham
menga yoqasan demoqchiydim dedi Sanjar. Men sevgimdan uyalmayman men Gavhar ismli
qarshimda ótirgan qizni sevaman. Dedi qatiy ohangda Sanjar. Gavhar pichirlab men ham dediyu qip
qizarib ketdi. Qizil yuzli xonim menga qarang bu,Shahlo kózlaringiz bilan bir chiroyli qarab
beringchi,hozir bu kózlaringiz yerni teshib yuboradi. Eey Sanjar aka uyaltiryapsiz. Uyatchang xonim
ovqatdan soʻng uyingizgacha kuzatib qoysam qarshilik yoʻqmi? Kuzatib qóysangiz faqat xursand
boʻlaman. Ularning buyurtmalari keldi. Gavhar issiq choyni qaytarib boʻlib, qolini kóksiga qoʻyib
uzatdi. U ózini tannoz xonimlarday emas, xuddi kelinlarday tutardi. Sanjar onamga mos kelin,onam
bu xabarni eshitib faqat xursand boʻladi óyladi ichida Sanjar... #Faqat_SEN
Anvar borgan sari yutuqlari koʻpayib bordi,albatta bu yutuqlarga sherik ham,dushman ham.
Anvarning yutuqlarini koʻrolmaydigan lar kópaydi. Bir kuni Akrom ismli bir kattaroq odam unga bir
taklif berdi Agra jang oldidan oldindan bizga yutqazib bersang senga xohlaganingcha pul
beraman,agar yutqazib bermasang,seni hammani oldida sharmanda qilaman. Bunday gaplarga
órganib qolgan Anvar uni gapiga quloq solmadi.Ósha kungi jangda ğolib chiqdi. Buni koʻrgan Akrom
óğli yutqazgani hisobiga Anvardan óch olishni diliga tugdi. Buning uchun ishrat xonadagi bir qizni
topishdi. Bu qiz reja boʻyicha bir kvartirada Anvar bilan birga boʻlishi kerak va ularning sharmanda
bu qiliqlarini Akromning bir odami suratga olib turishi kerak. Keyin esa bu suratlar internet olamida
mashhur boʻladi. Ularning qabih rejalari shulardan iborat edi. Aytilganidan Holida ismli ózini Hõli
deb chaqirishlarini yoqtiradi. Anvar shugʻullanadigan mashqlar zalida har kuni mashq qilish uchun
boradigan boʻldi. Bir kuni Anvarning oldida ózini hushdan ketgan qilib koʻrsatdi. Anvar ham unga
ichadigan suvidan olib yuziga sochdi. Qiz óziga keldi. Katta rahmat Anvarbek, nonushta qilmaganim
uchun madorim qolmadi. Unda nega mashqlar zaliga keldingiz,uyingizda damingizni olsangiz
bólmaydimi? Sizni koʻrish uchun keldim. Faqat sizni koʻrish uchun. Nega??? Shu kunlarda ózimga


nimalar bólyotganiga tushunmayapman. Tunu kun sizni óylayman. Hech ham xayolimdan ketmaydi.
Yotsam ham tursam ham xayolimda sizsiz. Shu bois bu yerga mashq qilish uchun emas,aslida sizni
koʻrish uchun kelaman. Bugun qalbimdagi gaplarni sizga aytishga jazm etdim. Uni jimgina
eshitayotgan Anvar rahmat meni hurmat qilib,shunchalik meni yoqtirganingiz uchun,lekin men
bilasizmi yoqtirganim bor,yaqinlashmaganingiz maʼqul. Aslida u skripka chalishni yoqtiruvchi musiqa
maktabini bitirayotgan qizni yoqtirib qolgandi. Afsuski shunchalar kuchli sportchi bolsa ham unga
yoqtirishini aytishga yuragi chidamadi. Lekin shu qiz bilan juda suhbatlashgisi kelardi. Mayli omon
boʻling deb ketib qoldi Anvar. Qiz bolsa órgildim sendan shuncha harakatim bekor ketdi,hali ancha
harakat qilishim kerak shekilli Anvar deganlari anoyi emas shekilli. Mayli baribir tuzogʻimga
tushasan. Seni ilintiraman baribir.Anvarning bu gaplar yodidan ham chiqib ketgandi,bir kuni shu qiz
yana yoʻlidan chiqdi. Assalomu alaykum Anvar aka yaxshimisiz? Salom tanishmizmi? Anvar biroz
qópolroq muomila qilar edi. Ha tunov kuni mashqlar zalida hushimdan ketib qolgandim,yordam
bergan edingiz. Ha ósha qizmisiz? Ha ismim Holida. Men uchun biroz vaqt ajratsangiz meni juda
xursand qilgan boʻlardingiz. Bu mening orzuim. Bugun vaqtim bor. Faqat bir kun dedi Anvar. Men
uchun bir kun ham yetarli. Iloji bolsa tunda uchrashsak, qayergadir borsak dedi qiz. Mayli unda
telefon raqamim deb qiz telefon raqamini tutqazdi. Qoʻngʻiroq qiling intizorlik bilan kutaman dedi
qiz. Va Anvarning javobini ham kutmay ketib qoldi. Tavba,ğalati qiz ekan dediyu Anvar ham yugurib
ketib qoldi. #Faqat_SEN
Kechroq boyagi qiz Anvarning esidan ham chiqib ketib,shirin uyquda edi,telefonning jiringlashidan
arang koʻzini ochdi.Alo? Kimsan? Iyee Anvar aka esizdan chiqdimmi birpasdaya.Soatga qarasa
kechki soat 23:12 shu paytda uxlasang bólmaydimi dedi Anvar uyqusirab. Sizni Dream tungi klubida
kutib ótiribman dedi Holida. Tez keling deb telefonni óchirib qoydi. Anvar bu klubga bir ikki dam
olish uchun borgandi. Avval yigʻindi, kiyinib yetib bordi. Eshikdan kirishishidayoq Holida kutib oldi.
Baland musiqa. Bizga ikkita viskiy Holida shunday deb bardagi sotuvchi yigitga kóz qisib qoydi.
Anvar azaldan ichkilikni yomon kórar,ularni farqiga ham bormasdi. Bardagi yigit unga aroq quyib
berdi. Ular koʻp marotaba gaplashib ótirishib bu ichkilikni ichishardi. Anvar sekin asta mast bola
boshladi. Oyoqda tura olmaydigan holatga keldi deb óylab qiz uni yelkalatib alohida xonaga olib
kirdi. Anvar qizning qiliqlariga qarshilik qilardi. Aytilganidek xonada parda ortida bir yigit kamerasi
yordamida ularni suratga olishi kerak. Qiz barcha kiyimlarini yechib tashladi. Anvarning yonida
paydo boʻldi. Lekin Anvar qizning yoniga emas parda yoniga borib pardani ochdi,yigitni sudrab
qolidan kamerasini yulqib oldi.Kamerani mayda mayda qilib boʻlaklarga boʻlib tashladi... Bolani rosa
mushtlab urdi. Keyin Holidani boʻgʻa boshladi. Seni qaysi dushmanim joʻnatdi,javob ber,qaysi
dushmanim. Akrom,Akrom deya oldi qiz zoʻrgʻa nafas ololmay. Akrom men senga koʻrsatib
qóyaman.Anvar yoshligidan ichkilikni yomon koʻradi,lekin uncha munchaga mast bólmaydi. Qizning
harakatlari, kechasi chaqirishi,tungi klub bularning barchasi Anvarga shubhali koʻrindi. Anvar ózini
mast qilib koʻrsatdi. Xonaga kirishganda koʻzi birinchi órinda pardaga tushgandi,axir pardada jon
yóq bolsa,óz ózidan qimirlashi mumkin emas. Yaxshiyamki barchasini sezib qoldi, bolmasa barcha
yiqqan ğalabalaru,obroʻsi bir pul boʻlardi. Shuhrat poğonasidan juda tez qulardi. Otasini izidan ketdi
degan tamgʻa bosilardi peshonasiga. Alloh bir asradi uni. Ósha paytda bóğib óldirib qoya qolsam
bõlarkan bu ilonni. Harna Ózbekiston bunga óxshagan shaytonni urgʻochisidan qutulardi...Óylardi
Anvar... Anvarni xafa qilgim kelmadi,men ishimni tugatdim,kommentlar va reaksiyalar tóplanmasa
ertaga davomini tashlamaymaneyy
#Faqat_SEN
Anvar uyiga borib joyiga yotdi,uyqu kelmasdi. Oxiri soat 1: 00 larda murabbiyiga qoʻngʻiroq qildi.
Uyqusirab kimsan deya oldi zoʻrgʻa murabbiysi. Men Anvarman. Kechiring bezovta qildim. Meni
barcha janglarimda Akromni óğli bilan tushishni istayman dedi Anvar. Murabbiysi ham ózi u ham
senga qarshi urush ochibdi dedi. Bu safar yana senga qarshi tushishga ariza beribdi. Unda juda
yaxshi boʻlibdi dedi Anvar. Anvar dedi murabbiy,ózi tinchlikmi? Ha tinchlik,tinchlik, shunchaki ózim
... Mayli yaxshi dam oling deb Anvar telefonni óchirib qoydi. Hozir qizlar haqida óylaydigan vaqt
emas deb Anvar qancha ózini ovutsada hayolida skripka chala yotgan qiz surati gavdalanardi.
Akrom endi mendan koʻrasan,óğlingni burnini qanday yerga ishqalashimni... Akrom qoʻlidagi
stakanni Holidaga qarab uloqtirdi. Shuni ham eplay olmadingmi? Vada bergandingku. Pullarimni


qaytar óshqirdi Akrom. Pullarni sarflab bólgandim dedi Holida u holda yigitlar dedi Akrom,uni
yertoʻlaga qamanglar, ósha yerda chirib ketsin,it ham yóqlab kelmaydi uni... Akromning yonidagi
odamlari uni qoʻli va ogʻzini berkitib yertoʻlaga qamashdi. Aslida Holida yomon qiz emas. Bu ishga
bolsa singlisining operatsiyasiga pul topa olmagani uchun rozi boʻlgandi. Chevarchilik orqali topgan
pullari hatto operatsiya pulini chorak qismini ham qoplay olmadi. Shu bir oy ichida u operatsiya
qilinishi zarur edi. Singlisi 2 yil oldin OQQON kasaliga chalingan,u kóplab shifokorlarga koʻrsatishdi,
davolatdi,muolaja oldi,lekin kasali bu bilan tuzalib qolmadi, endi uni operatsiya qilish kerak. Holida
shu hayollar bilan yertolaning devoriga suyanarkan,koʻzidan beixtiyor yoshlar tomchilardi. Bugun
uyga bormasam singlim nima qilarkin. Ular yoshligidan yetim ósgan,qarindoshlari bor yóqligi haqida
ham bilishmaydi. Buvisini qólida katta boʻlgan qizlar,buvisining vafotidan soʻng koʻngli chókib qoldi.
Holida tez ózini qoʻlga oldi. Chevarchilik bilan shugʻullandi. Roʻzgʻorni tebratdi. Ortidan kelgan
sovchilarga yoq deyardi. Singlisini qanday tashlab keta oladi. Hozir toʻshakka mixlanib qolgan
singlisiga kechgacha qarash uchun odam yoʻllagan,u kechki payt ketadi. Holidaning yuragi
siqiladi,qóllari boğlangan arqon qolini battarroq siqar,joni oğrirdi,ovozi chiqmasdi.
Anvar ertasi kuni ertalabdan yugurishga chiqdi,kechagi qiz bilan uchrashgan joyga yetib
bordiyu,kechagi voqealar esiga tushib,quturib ketdi. Nahotki pul uchun qizlar shunchalikka yetib
borgan boʻlsa.
Uch kundan soʻng Jayrona óqishga bordi. Uning ğazabini qozgatayotgan narsa shu uch kun
davomida Ahmad ahvol soʻrab qoʻyishga ham yaramadi, hattoki biror marta qoʻngʻiroq ham qilmadi.
Óz stoli yoniga keldi qarasa stol ustida bir donagina qip qizil atirgul. Jayrona juda xursand boʻlib
ketdi. Gulni toyib hidladi. Oh naqadar shirin buning hidi. Ali buni sen qoʻydingmi,Ali deb ortiga
ógirildi, Ali emas Ahmad dedi ortidagi odam. Jayrona Ahmadni koʻrdiyu gulni borib axlat chelakka
tashlab keldi. Toʻgʻri eshikka chiqib ketdi. Ahmad orqasidan yugurdi. Ularni jim kuzatib turgan Aliga
sinfdagilar gap qistira boshlashdi. Layli chiqib ketdi. Uning Majnuni orqasidan ketdi. Bu yoqda esa
uchinchi majnun azob chekmoqda... Eey qóysangizchi dedi Ali. Sabina ham aralashdi. Ali mard
inson,agar rostan Jayronani sevganda allaqachon tan olgan boʻlardi. U uni sevmaydi,toʻgʻrimi Ali? Ali
sekin bosh silkib toʻgʻri ishorasini qildi. Jayrona tóxta orqasidan yurardi Ahmad. Jayrona kutubxona
tomon ketardi. Toʻgʻri oldingda aybdorman, meni kechir,tushuntirishimga imkon ber. Eshitishni ham
xohlamayman,Ahmad ket,seni kórishni istamayman. Bugundan boshlab men senga,sen menga
begonasan, bilib qoʻy men seni unashtirilgan qizing emasman,unashtiruv buzildi, buni
uyingdagilarga ham yetkazib qoy,dedi Jayrona ğazabdan yonib. Ahmad Jayrona bilaman jaxling
chiqyapti ğazab bilan gapiryabsan, ózingni bosib ol. Men oʻzimni bosib olib
gapiryabman,eshitganlaringni va aytganlarimni barchasi rost. Hop agar rost boʻlsa arzirli sabab
koʻrsat dedi Ahmad. Sabab sen doim qayergadir yoʻqolib qolasan tunov kuni repititorda ham ketib
qolding. Aliga kuzatib qóy deb aytdimku dedi oʻzini oqlab Ahmad. Ha ha ha Ali. Balki kelajakdagi
nikoh stoliga ham Ali ótirar seni órningga, sen toy kuni ham qayergadir yoqolib qol,ishing chiqib
qolsin,órningga Ali kuyov boʻlib turadi. Kesatmay gapir dedi Ahmad, bu sabab boʻlolmaydi deb
qoʻshib qóydi. Hop nega sayohatga kelmading Jayrona tobora Ahmadga yaqinlashib,kóksiga urardi.
Axir vada berganding deb baqirdi. Ósha kuni sayohatdan ancha muhimroq ishim bor edi endi
Ahmadning ham ğazabi qózğadi. Kutubxona yopiq va kutubxona alohida hamma dars xonalardan
holiroq,uzoqroq joyda edi. Bu yerga darsdan keyin kelishardi odamlar, ancha tinch sokin. Hamma
yerda dars boshlangan,sinfxonaga kirgan tarix óqituvchisi Ahmad va Jayrona yoʻqligi uchun ularni
topib kelish uchun sinfdoshlarga murojaat qildi. Ali men topib kelaman deb qolini kótardi. Ustoz ham
ruxsat berdi. Ali ular yarashib olmagan bolsa yarshtirib qoʻymoqchi edi. Avval pastki,oshxonani
tashqarini qaradi. Keyin ular tepada ekan degan hayol bilan qaytib chiqdi. Kutubxona tomonga kela
boshladi. Jayrona qanaqa ish ekan mendan ham muhimroq ish bolsa deb Ahmadni itardi. Ayt qanaqa
muhimroq ish Jayrona yaqinlashdi. Ahmad Jayronani óziga tortib lablaridan bosa oldi. Jayrona ózini
yoʻqotib qoʻydi. Aqli ishlamay qoldi. Endi ularni chaqirmoqchi boʻlib kelayotgan Ali bu manzarani
koʻrib qotib qoldi. Ahmad Alini koʻrdi,keyin Jayronaning lablariga qattiqroq labini bosdi. Bu
manzaradan qotib qolgan Ali tez ortiga qaytib ketdi,sinf xonaga kirib ularni topa olmadim dedi va
joyiga ótirib oldi. Birozdan song Jayrona aqlini yigʻib unga yopishib turgan Ahmadni itardi,yuziga


tarsaki tortdi. Indamay yugurib ketdi. Sinf xonaga emas,umuman maktabdan chiqib ketdi. Uyiga ham
borishni istamadi, boshi oqqan tomonga keta boshladi, hozir unga óylab olish uchun tinch joy kerak
edi... Odamlardan holi manzil,tinch va sokin... Jayrona nima qilarini bilmay oxiri xayoliga sayohat
paytidagi togʻ keldi. Oʻsha yerga yoʻl oldi. Yetib borib ğor oğziga kirdi. Alining joyiga borib ótirdi.
Óylay boshladi. Ilk bósam,men bunday vaziyatda yuragim gapirib ketadi,bu tuygʻu butun vujudimni
qamrab oladi deb óylardim,lekin nega hech narsani his qilmadim,aksincha undan jirkanib
ketyapman,kimdir koʻrib qolmagan bólsinda ishqilib, ahmoq,Ahmad,sendan nafratlanaman.
Yaramas,qanday haddi sigdi? Ğirt jinni. Jayrona Ahmadni bisotidagi bor yomon soʻzlar bilan
haqoratlardi. Ali óz partasida ótirarkan,hayolidan biroz oldin koʻrgan manzarasi ketmasdi. Yaxshi
ular yarashib olishibdi,hattoki aloroq darajada yaqinlashishibdi ham. Menga nima ularning ishi
bilan,lekin Jayrona nahotki shu darajaga yetib bordi,axir u iffatli,aqlli qiz ediku... Eey boʻldi
óylamayman. Bu ularning hayoti meni aralashishga haqqim yoʻq. Lekin shu kunlarda menga nimadir
bolyapti. Tinmay Jayrona haqida óylaan,uni yonida boʻlgim,xursand qilgim keladi,yoq yóq bu sevgi
emas, bu órganib qolish,ertaga Polshaga ketsam yana unutiladi,qoladi. Birozdan song sinfxonasiga
Ahmad kirib keldi. Koʻzlari bilan Jayronani qidirardi. Lekin Jayrona yoq. Sumkasi shu yerda ózi yoq.
Ahmad yana sinfxonadan chiqib ketdi.Jayronaning uyiga bordi. Onasidan Jayronani soʻradi uyiga
kelmaganini aytgach izlashga tushdi. Darslar tugadi hamki Ahmad bilan Jayronadan darak yoq. Ali
ham Jayronani uyiga ketgan deb óylab sumkasini olib oldi,yoʻl yólakay tashlab oʻtaman deb oʻyladi.
Uyiga kirib Onasiga sumkani bera turib,Jayrona yaxshimi deb sóradi. Yo tavba qizimga nima qildi.
Boya Ahmadjon ham kelib qizimni sóragandi,Endi siz. Qizimga nima qilgan ózi qayerda u? Ali u uyda
emasmidi deb soʻradi,Yoq degan javobni olgach narsalarni ostonaga qoʻyib ózi Jayronani izlashga
ketdi.
Anvar nega shunday chiroyli qiz bola turib pul uchun bitta insonni hayotini barbod qilmoqchi boʻlgan
qiz haqida óylardi. U haqida surishtirishni boshladi. Mashgʻulot zalidan surishtirdi. Kelganiga koʻp
bólmagan uy manzilini topdi. Eshikni taqillatdi bir xizmatchi ochdi menga Holida kerak edi. Ular yoq
edilar,kecha tunda ham uyga kelmadilar degan javob oldi. Menga u haqda maʼlumot kerak,ózi
qanday qiz dedi Anvar. Xizmatchi qiz bu bola Holidani yoqtirib qolgan boʻlsa kerak deb barcha gapni
aytib berdi. Holida opam juda yaxshi qiz, beozor. Singillari OQQON kasaliga chalingan. Uning
operatsiyasi uchun katta pul kerak. Qoʻlida gulday xunari bor. Chiroyli chiroyli kiyimlar
tikadilar,lekin bu pullarga roʻzgʻor tebratadilar. Singillarini deb turmushga ham chiqmadilar.
Bechora qizga rosa rahmim keladi,tunov kuni juda koʻp yigʻladilar,pul topa olmayaptilar
shekilli,kecha uyga ham kelmabdilar. Anvar qoni qoʻshnilardan ham surishtirdi ammo yomon gap
eshitmadi. Demak operatsiya uchun pul kerak boʻlgan va ablax Akromga yoʻliqqan. Ishqilib Akrom
unga bir nima qilmagan bólsin. Qanday ahmoq insonmana bechora aslida yaxshi qiz ekan,men esa
uni shaharning*** qizlariga ôxshatibman. Shu qizga yordam beraman barcha toʻplagan pullarim va
ertaga jangdan tushadigan yigʻim pullarimni ham qóshib shu qizga beraman savob boʻladi. U
shunday deb musiqa maktab yoniga kelib qolibdi. Hayoliga skripka chaladigan qiz keldi. Shuni ham
bir surishtirib ketay dedi. Ismi Muxtasar ekan,aqlli qiz deb javob berishibdi. Lekin u oila qurgan
ekan. Turmush oʻrtogʻi bilan baxtli hayot kechirarkan. Buni eshitgan Anvar quloqlariga ishonmadi.
Axir u yosh qizaloqlarga óxshardiku. Turmush qurgan bólsaya. Nahotki men turmush qurgan ayolga
kóngil bergan boʻlsam. Qanday xudbin insonmana... Anvar tez yotoqxona tomon qaytdi. Õtira olmay
mashğulot zaliga chiqdi. Boks qopi bilan ishlay boshladi... Unutaman,yaxshiyam vaqtida
bildim,yaxshiyam surishtirdim.
Ali avval kafe ,bozor joylarini qidirdi. Ahmad kutubxonalarni. Hamma joyni kech tushguncha
qidirishdi. Lekin topisha olishmadi. Jayrona ğor ichida uxlab qolibdi. Uygonib soatga qarasa kechki
soat 18:27 Yo Allohim togʻ kech va men yolgʻiz,bórilar kelib qolsachi. Telefon qilib onasiga aytmoqchi
edi toğ joylarida telefonlardan chiqib bolmas ekan. Jayrona tobora qorqib borardi,qayerlarda dur
bórilar ovozi,itlarning yurishi eshitilardi. Ali qidirib,qidirib oxiri Ahmadga qoʻngʻiroq qildi,togʻni ham
qarab kórish kerak dedi. Ahmad esa jinnimisan togʻda nima bor deganda,sayohat ósha joyda
boʻlgandi,chiqmagan jondan umid deb bir joyda uchrashishga kelishib olishdi. Kech bólganda
telefonning chiroqlarini yoqib toqqa chiqa boshlashdi. Ğor yoniga borishdi,Alining yuragi sezganday


Jayrona ósha yerda kalima qaytarib ótirardi. Ahmadni korib arvoh,arvoh,yõqol ,oyijon deb baqira
boshladi,yaqinlashma menga jinnisan,ajinamisan nimadan derdi Jayrona qocharkan. Jayrona men
Ahmadman. Bu yoqdan Ali Jayrona men ham borman degandan keyingina ishondi Ahmad deb uni
quchib oldi,aslida Jayrona juda qattiq qórqayotganidan shunday degandi. Endi qórqmaydi. Jayrona
Ahmad,Ali uyga yoʻl olishdi. Ali yana bir safar Jayronani hayotini qutqardi... #Faqat_SEN
Jayronani
uyga olib kelishdi. Oqilaxon ming xavotir bilan ótirgan ekan. Qizini olib kelgan Ahmadga katta
rahmat aytdi. Bu paytda Ali uyiga kirib yostiqqa bosh qoʻygancha óylardi. Mana ular yarashib ham
olishdi. Sen nima qilyapsan ózi,nega Jayronani yonida kóp óralashyapsan Ali. Boʻldi bas
qil,sevishganlarning orasiga yiqilishni bas qil. Uni óylama,gapirma,qarama. Ahmoq Ali,tagʻin uni
sevib qolgan boʻlmay,sevgilisi bor insonni sevib qolish,bu ahmoqning ishi. Yoq bu sevgi emas,órnidan
turib ketdi Ali. Bu shunchaki órganib qolish. Bu ótib ketuvchi hissiyot. Jayrona uyga aytib kelgach
Ahmaddan ketishini soʻradi. Ahmad ham bugun ketaman,faqat ertaga,seni olib ketgani
kelaman,gaplashib olishimiz kerak,rozi boʻlsang shu,boʻlmasam mana shu yerda sen bilan tong
orttiraman. Hósh tanla. Jayrona biroz óylanib turib,mayli ertaga sen bilan birga ketaman,endi esa ket
dedi. Ortidan yõqol deb baqirdi. Oqilaxon rómolini uchini tishladi. Ahmad chiqib ketdi. U chiqib
ketgach qizim bu nima qiliw. Qayerga yõqolib qolding, nega Ahmadga óshqirding. Oyi u shunga
loyiq. Keyin yana bir gap men unashtiruvni buzdim. Oqilaxon Jayronani yuziga tarsaki tortib yubordi.
Nima deding,bu gapni bir gapirding boshqa gapirma. Hoy qiz nima deyapsan. Ertaga odamlar nima
deydi,qizini aybi bor ekan shunga unashtiruvni buzilibdi demaydimi? Aqlingni yiğ bu gapni boshqa
eshitmay,ózi gap soʻzlardan endi qutuldik.
Ertasi Anavar Holidaning uyiga yana bordi,xizmatchi ikki kundan beri Holida uyga kelmagani,singlisi
qiynalib ketayotgani va undan xabar ham yoʻqligi haqida aytdi. Anvar ğazablanib,Akrom nimadir
qilgani haqida óyladi. Aniq unga nimadir qilgan. Anvar Akromga qoʻngʻiroq qildi. Akrom Holidaga
nima qilding dedi. Voy bu Anvarbekning ózlariku. Bizni yoqlab qolibdilarmi. Holidami ha fohisha qiz
yurakdan urdimi deyman. U menda. Nima qilasan uni? Unga nima qilding ğazab bilan gapirdi Anvar.
U yertoʻlada edi. Xabar ham olmabman. Ólib qolmagandir. Uni qõyib yubor. Yoq qõyib
yubormayman,agar u sen uchun kerak boʻlsa jangda yutqazib berasan. Keyin uni olib ketishing
mumkin. Anvarni aqli ishlab qoldi. U jangni boy berish niyati yoʻq edi. Bu audioni telefoniga yozib
olish tugmasidan foydalandi. Nima deding yana bir qaytarchi dedi atayin Anvar. Mayli qaytaraman
qizni qaytarib olmoqchi boʻlsang jangda yutqazib berishing kerak,bõlmasa qiz bilan vidolash. Anvar
hech qachon deb baqirib telefonni õchirib oldi. Audioni saqlab oldi. Keyin politsiya tomon yõl oldi.
Ularga audioni eshittirib, qiz ularning yertoʻlasida ekanligi haqida xabar berdi. Politsiya darrov
Akromning uyi tomon mashinalarni hozirladi va yólga tushdi,Anvar ham ular bilan birga edi...
#Faqat_SEN
Shoshgancha politsiya mashinasi Akromning uyi tomon ketardi. Politsiyachi Akromning uyiga
bostirib kirdi. Anvar ham ular bilan birga edi. Sizni ustingizdan shikoyat tushgan. Bir qizni majburan
uyda ushlab turganiz haqida. Nimalar deyapsiz darrov õzini oqlashga tushdi Akrom. Men bunday
qilishim mumkin emas. Kim xabar bergan boʻlsa ham yolgʻon xabar berildi,koʻz qiri bilan Anvarga
qaradi. Uyni tekshirib chiqishimiz kerak dedi Politsiya. Akrom ruxsat bermayman,uyimda tekshiruv
õtqizish uchun orderiz bormi? Qoʻlingizda? Yoq dedi Politsiya. Order bilan keling shunda ruxsat
beraman,ungacha uyimga qoymayman,hozir esa keting dedi Akrom. Politsiyachi jahl bilan chiqib
ketdi. Anvar ham. Faqat Anvar politsiyachilar bilan ketmadi. Uyni kuzata boshladi. Chunki bu ablax
Akrom Holidani yo õldirib yuborishi,yoki boshqa uyga koʻchirib yuborishi mumkin edi. Shuning
uchun Anvar uyni kuzata boshladi. Kutilganidek Akrom choʻchib qoldi. Qizni boshqa yerga koʻchirish
haqida õylardi. Yaqinda õğli Ubaydullo uchun yangi uy sotib olgandi. Õsha uyga vaqtinchaga olib
boradi. Bu ishni õğliga topshirdi. Ubaydullo zindonda behush yotgan qizni mashinasiga yukladiyu
õsha manzil tomon ketdi. Anvar ham taksi toʻxtatib mashina ortidan kuzatib ketdi...
Onasi qizim mundoq tushuntirchi õzi nima boʻldi?Oyi Ahmad menga nisbatan befarq,hech men
uchun vaqt topolmaydi,doim ranjitadi,uzr soʻramaydi,menimcha u meni sevmaydi. Ertaga turmush
qursak nima boladi bilmadim,bu turmush uzoqqa chõzilmaydi,hoziroq bu xatoni tuzatishimiz kerak.


Biz bir birimiz uchun yaralmaganmiz. Qizim unday dema turmush qurganimizdan keyin yoningdan
ketmaydi,toʻygacha shunday boʻlib turadi,õğil bolada mana seni topib keldiki. Ishonchim komil oyi bu
yeradligimni ham Ali bilgan,õzi u doim meni yonimda boʻladi. Jayrona bir nuqtaga tikilib gapirardi.
Hoy qiz qanaqa Ali nimalar deyapsan. Hech qanday Alini bilmayman. Qizim tagʻin uni sevib qolgan
bolmagin,bizni sharmanda qilmagin. Bilmadim oyi,bilmadim,kimni yoqtirishimni ham
bilmayman,hayollarim chalkashib ketdi. Dam olaman deb xonasiga chiqib ketdi.
Anvar ortidan kuzatib bordi. Uyni kaliti yordamida ochib qizni olib kirdi. Tabiiyki eshik ochiq,bu
fursatdan foydalanib Anvar ichkariga kirib oldi.Ubaydullo qizning hushsiz tanasini koʻtarib uydagi
divan ustiga qoʻydi,uning qoʻllarini,oğzini bóshatdi. Bechora qiz hamon hushsiz yotardi. Qoʻllari
qizarib ketgan edi. Ubaydullo avvaliga qizni shunchaki tashlab ketmoqchi edi,fikridan qaytdi.
Shundoq qiz shundayligicha tashlab ketsak bolmas oh buni goʻzalligini,Ubaydullo qizning lablariga
yopishdi, Anvar ham ichkariga kirib qizga teginayotgan Ubaydulloga musht tushirdi. Ortidan biror
kishi kelayotganini sezmagan Ubaydullo qorqib ketdi. Birozdan song xotirjam ahvolda bu yana
senmisan. Seni jang maydonida yenga olmadim,biratoʻla shu yerda daf qilib ketaman deb hujumga
õtdi... #Faqat_SEN
Meni yoq qilib ketasan jang maydonida ham seni yenggandim,hozir ham yengaman. Ular ikkovlari
urusha boshlashdi. Bu baqir chaqir shovqinlar Holidaga ham taʼsir qila boshladi. U koʻzini
ochdi,kuchsiz,bir kecha ovqat yemagan,qõllari bogʻliq holda qolib ketgan. Nima qilyapsizlar deya
oldi juda past ovozda. Lekin yigitlar unga qarasharmidi,jang paytida. Oxiri Anvar Ubaydullo ga juda
qattiq zarba berdi,yerga gursillab yiqildi. Anvar Holidaning yoniga yugurib keldi. Meni kechir,men
bilmagandim,men seni bu yerdan olib ketaman.
Ertasi ertalab aytganidek Ahmad Jayronani olib ketish uchun keldi. Indamay hatto salomlashmay
Jayrona tezroq yurib ketardi. Ahmad uni ortidan yetib olib toʻxta meni kechir Jayrona bilaman juda
koʻp xato qildim. Menga yana bir imkon ber iltimos. Qachongacha Ahmad qachongacha imkon beray.
Yetar shunchasi. Boshqa imkon yoq. Meni sabrim tugadi. Jayrona xato qilyapsan õzingga qiyin
bõladi,gap sõzga qolasan dedi Ahmad. Meni ğamimni yema õzimni õzim eplayman xayr. Shunaqami
õshqirdi Ahmad,shunaqa dedi Jayrona ham. Õzingdan kor. Ahmad uni turtib õtib ketdi. Darsda nafrat
toʻla nigohlar bilan bir biriga qarab õtirishdi. Tanaffus Jayrona kafeda õtirardi. Ahmad esa undan
ikkita stol oldinda unga termulib õtirgandi. Uni yoniga ularga parallel sinfda õqiydigan Nozima
keldi,Ahmadga juda yaqin keldi,qulogʻiga nimadirlarni pichirladi va qõllaridan tortib olib chiqib
ketdi. Bu ish,Jayronaga juda qattiq taʼsir qildi. Kongli tolib,koʻzlariga yosh quyila boshladi. Shu payt
qayerdandir paydo boʻlib qolgan Ali uni yoniga õtirdi. Ustidagi kiyimiga biriktirib tikilgan shapkasini
boshiga kiydirib õziga tortdi. Kõzingdagi yoshni boshqa birovlarga kõrsatma,ularni ustingdan kulishi
uchun sabab topib berma dedi pichirlab Ali.
Ammo Ubaydullo hali hushidan ketib ulgurmagan ekan,õrnidan turdida chõntagidan pichoq chiqarib
Anvarga qarab yugurdi,buni korib qolgan Holida Anvarni itarib yubordi,pichoq bilan yugurib
kelayotgan Ubaydulloning pichogʻi Holidaga sanchildi... #Faqat_SEN
Anvar uni tutib olib rosa tepkiladi,Ubaydullo batamom hushidan ketdi. Holida juda koʻp qon
yõqotayotgandi. Anvar Ubaydulloni chõntagini titkilab,mashinasini kalitini topdi. Shahardagi 1chi
koʻziga koʻringan shifoxonaga olib ketdi. Jayrona juda qattiq yigʻladi. Alining yelkasiga bosh qoʻyib
õksib,õksib yiğladi,qadriga achindi,nahotki zarracha sevmagan bolsa,nega meni azoblaydi,nega doim
men azoblanishim kerak,endi u Alini kóksiga urishni boshladi,qalbim ogʻriyapti,qalbim Ali meni
tushunasanmi,qalbim qon boʻlib ketdiku... Hammasi yaxshi boʻlib ketadi,õtib ketadi,bu dunyo koʻz
yosh tõkish uchun arzimaydi,Ali shunday deb Jayronani boshini koʻtardi,koʻz yoshlarini artdi,bu
dunyoda hech narsa kõz yosh toʻkishga arzimaydi. Eshityapsanmi? Bundan keyin ming qalbing
ogʻrisa ham koʻz yoshlaringni hech kim kõrmaydigan joyda tõk. Nima darding boʻlsa avvalo Allohga
ayt u jimgina tinglaydi,keraklicha javobni amalda koʻrsatadi. Ali Jayronaga dalda berayotgandi. Ali
seni najot farishtasiga õxshataman. Doim hammaga yordam berasan,qanchadan qancha savob,duo
olasan,qaniydi Ahmadga emas,senga unashtirilgan bõlganimda, Jayrona bu gapni qanday aytib
yuborganini bilmay qoldi,biroz jim boʻlib qoldi. Lekin keyin biz eng yaxshi doʻstlarmiz deb gapni
boshqa yoqqa burdi. Jayrona Ahmadni bir muddat õz holiga qoʻy,u baribir yoningga qaytadi,u biroz


qõpol,muomala qilishni bilmaydi, lekin u kuchli,qatʼiyatli,aniq ubseni sevadi,faqat biroz vaqt õtsin
buni anglab yetadi. Sen õqish,mashgʻulotlar bilan ovun. Yaxshi maslahat berding dedi Jayrona va
ortiga õgirildi,sumkasidan bir necha oq qoğozlar chiqarib Aliga qarab qosh uchirdi,yordam kerak
ustoz Ali. Qani koʻrsatchi?
Anvar qizni kasalxonaga koʻtarib kirdi. Ularni zalda navbatchi hamshiralar kutib oldi. Tez shifokorni
chaqirishdi. Qornidan yaralangan,yurak urishi meyorida yaralangan joyni yuvib tikib qoʻyilsa
bõldi,bemor tez tuzaladi,jarohati unchalik ogʻir emas ekan. Anvar chuqur nafas oldi. Kasalxonadan
chiqmay,Holida õziga kelishini kutdi... Holidani jarohatini tozalash davomida bosh shifokor uning
ichaklari bir biriga õralashib qolganligini sezib qoldi va darhol uni operatsiya qilish lozimligini aytdi.
Darhol uni operatsiya qilishga tushishdi,operatsiya paytida hamshira birdan qõrqib ketdi va qaltiray
boshladi,bosh shifokor buni sezib qoldi, chunki hamshira kesilishi kerak boʻlmagan tomirni kesib
yuboribdi...
Ali va Jayrona tanaffus vaqti tugaganini bilishgach maktabga qaytishdi,sinfxonaga ham birga
kirishdi. Õqituvchi biroz kechikib kelar ekan,majlisda ekan dedi sinfdoshlaridan biri. Jayrona qizlar
bilan,Ali bolalar bilan gaplashib õtirdi. Shunda sinfdosh yigitlardan biri bilasanmi Ali seni kimga
õxshataman,kimga qiziqib soʻradi Ali. Qoʻgʻirchoqqa,Jayronaning qogirchogiga, Ahmad tashlab
ketganida sen bilan ovunadi, Ahmad qaytib kelganda,seni joyingga qaytarib qoʻyib qõyadi. Nima
deding Ali sinfdoshini yoqasiga yopishdi. Rostisiyamde,shu payt õqituvchi kelib qoldi. Senlarni 5
daqiqaga yolgʻiz qoldirsa ahvol shu,qani hammang joyingga õtirchi? Ali aslida Jayrona bilan birga
õtirmoqchi edi,lekin sinfdoshini aytgan gapi qattiq taʼsir qilganidan Sabinaning yoniga õtirdi. Ahmad
qaytib keldi. Jayronaning oldidagi stol bõshligi yoqib tushib õsha yerga õtirib qoya qoldi. Piching
qilishni boshladi. Nima bõldi Jayronaxonim Alibek sizni yolgʻiz qoldiribdilarmi? Nima boʻldi dedi
kinoya aralash Jayrona ham Nozimaxon sizni tashlab darsga kirib ketib qoldilarmi? Rashk qilyapsana
meni Ahmad ayyorona jilmaydi,kim Mena? Seniya? Kulgimni qistatma Ahmad,seni nimangni rashk
qilaman,qiz bolaga tuzukroq muomila qilishni bilmasang,shirinroq gapirmasang,ikki kundan keyin
seni tashlab ketadi, Nozima ham. Keyin jim bõlib darsni tingladi. Ahmadning qovogʻi yetti qarich
osildi. Jayronaning bunday õylashi,gapirishi barchasini Ali õrgatyapti deb õyladi. Shu Alini aqlini
kiritib qõysammikin,bir ikki kaltak yesa aqli kiradi õylardi Ahmad... Ali darsdan keyin ham uyga
Sabina bilan ketdi. Ahmad buni korib Jayronaga yana gap qistira boshladi. Ha Alibek sizni
uyingizgacha kuzatib qõymadilarmi? Balki bir yigʻlab berarsiz? Jayrona tishini tishiga qoʻyib bir
chuqur nafas olib oldi. Song yonidan õtib ketayotgan Sardorga Sardor birga ketaylik dedi. Sardor
ham jilmayib mayli dedi. Sardor ularga parallel sinfdosh. Ahmad jiddiy ohangda Sardor orqaga õt
deb õshqirdi. Õzi Ahmad tengdoshlari orasida eng qoʻrqmasi, õtgan gal ham unga Ali qarshi chiqa
olgan edi. Ahmaddan tengdoshlari qoʻrqishardi. Sardor kaltak yeyishni hohlamagani uchun ham
indamay chetga chiqdi. Jayrona seni õzim kuzatib qoʻyaman. Sardorning sinfdoshi Nozima kelib
qoldi. Ahmad azizim yur biror joyni aylanaylik,õtgan safargidek, endi Jayronani ğazabi
qózğadi,sevgiling keldi,sizlarga omad. Shunday deb yugurib chiqib ketdi. Uyiga borishni hohlamadi.
Yana õsha sõlim goʻsha toqqa qarab qochdi. Tinimsiz koʻz yoshlari yuzini silardi. Qalbining tub
tubidan yigʻlardi. Ayni damda unga Ali kerak,uning soʻzlari kerak,uni ovuta oladigan yagona inson
Ali axir. Lekin u yoq,u ham Jayronadan yuz õgirdi. Õzi kimga kerakman? Oyijon nima uchun meni
dunyoga keltirdingiz,nega bu dunyo bunchalar azobli? Nega? Tuğilishimdan oldin vafot etsam
boʻlmasmidi? Bu xiyonatkor dunyoni koʻrmasam yaxshi edi. Yaqinda aqldan ozdan kerak. Ahmad ham
uni ortidan kuzatib kelardi. Ğor ogʻzida yigʻlab turgan Jayronani bagʻriga bosdi. Meni kechir Jayrona.
Meni kechir. Men Seni Sevaman. Jayrona Ahmadning bagʻrida biroz ovundi. Uning iliq gaplari
qalbiga biroz boʻlsada taskin berdi. Lekin u shu damda ham Alini õylar edi. Toʻgʻri Ahmad ham
yomon yigit emas,qolaversa unashtirilishgan,lekin Jayrona qisqa vaqt ichida Aliga õrganib qolibdi.
Ha u bugun uni anglab yetdi. Ahmad bilan shu ahvolda qancha turganini bilmaydi,sekin uni itardi.
Koʻzlariga qaradi Ahmadning koʻzida u Jayronaga boʻlgan muhabbatni koʻrdi. Lekin endi Jayronani
koʻzida bu muhabbat porlamayotganday edi. Yaqindagina u Ahmaddan boshqa insonni hayoliga ham
keltira olmas ediku. Endi nima boʻldi. Ali keldiyu hayoti õzgarib ketdi. Uni hayotiga iliqlik,quvonch
kirib keldi,lekin bu quvonchni,bu iliqlikni Ahmad emas Ali olib keldi. Lekin Jayrona hozir kim bilan


turibdi. Qani Ali yõq, Ahmadni yonida. U shunga majbur. Onasini aytgan gaplari quloği ostida
jaranglar edi, bizni sharmanda qilma qizim. Ahmad Jayronani yelkasidan ushlab Jayrona birgina
imkon,birgina dedi. Faqat oxirgisi dedi Jayrona,yana uni kechirdi,soxta tabassum qildi. Lekin endi
Ahmadni sevadimi,oldingiday boʻladimi bu hislar,tuygʻular,hech narsa avvalgiday boʻlmaydi.
Jayronaning õylari tugamadi. Alichi, Alida qanday tuygʻular bor. U bilan Shunchaki DÕSTMIZ, undan
ortigʻi emas,bolishi ham mumkin emas... Ular uyga birga ketishdi. Jayrona Ahmad gapiryotgan
gaplarga eʼtibor ham bermas,faqat yuzida soxta tabassumi bor edi xolos. Uyga ham indamay kirib
ketdi. Ahmad Jayrona deb 3 marta takrorladi,shundagina uni yonidaligi esiga tushdi. Xayr
dediyu,indamay kirib ketdi. Onasi bilan koʻrishgach ovqatlanib,biroz õtirdi keyin xonasiga chiqib
ketdi. Hayoli yana Aliga ketdi. Õzi shu kunlarda tinmay Ali haqida õylayapti. U shunchalar yaqin
insonga aylanib bõldimi,nahotki koʻnglidan joy olib olgan boʻlsa. Kech tushdi. Tun. Jayrona uxlay
olmadi. Õz õzidan qizib ketdi. Tashqariga chiqdi. Koʻchaga qaradi. Biroz aylanishni istadi. Katta
koʻchada õtiradigan stol bor edi. Qarasa Ali tizzasigacha boshini egib, õtiribdi. Borib yoniga õtirdi.
Ali hamon shunday õtiribdi. Jayrona tomonga qarab ham qõymadi. U xuddi hushidan ketib qolgan
odamga õxshardi. Jayrona ataylab yigʻlayotgan odamga oʻxshab piqilladi. Shundagina Ali Jayronaga
qaradi. Qachon kelding dedi? Hozir,endi koʻrmaydigan boʻlib qoldingmi? Oʻzi oʻzgarib qolding dedi
Jayrona. Ha bolalar bilan tortishib qoldim. Oʻzimga kelib olishim kerak edi,nima bõldi Ahmad bilan
yarashib oldinglarmi? Ha yarashib oldim,lekin,bilasanmi Ali negadir endi unga nisbatan hech narsani
his qilmayapman,hech narsani. Hattoki uni eshitishni ham hohlamayapman. Õzimga
tushunmayapman. Balki birortasini yoqtirib qolgandirsan,yoki nimadandir siqilib Ahmad uchun vaqt
topolmayapsanmi? Agar seni yoqtirib qoldim desamchi Ali nima deb javob berasan Ali? Menmi
qõysangchi,uni ustiga men mana shu kelayotgan yangi haftada Polshaga uchib ketmoqchiman ota
onamni yoniga,akamni yoniga,bu yer menga toʻgʻri kelmadi,oilamni sogindim. Jayronani koʻzlari
beixtiyor yoshlandi. Bizchi? Bizni qadrimiz yoʻqmi,men eng yaqin doʻstingni,Sabinani,barchamizni,
Anisa opani,nahot oldingda zarracha qadrimiz,hurmatimiz bolmasa. Hammangizni juda yaxshi
koʻraman Jayrona,ayniqsa,seni hammadan koʻproq,lekin oilamni sizlardanda qattiqroq yaxshi
kõraman. Qaysi kun ketasan dedi yutinib Jayrona. Ertaga surishtiruvni qaysi kunga chipta
boʻlarkin,shunga qarab xabar beraman... Holidani bosh shifokor tõğirladi,bemorni yaqiniga

Download 197.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling