Фарьона давлат университети
I. v) talabalarning vazifalari
Download 343.33 Kb. Pdf ko'rish
|
amaliyot kundaligi BT va STI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Talaba agar pedagogik amaliyot o‘tsa;
I. v) talabalarning vazifalari
1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnat intizomini buzsa, mazkur muassasa rahbariyati unga maomuriy chora ko‘radi va bu haqida universitet maomuriyatiga maolumot beradi. 2. Amaliyotchi talaba o‘z vaqtida amaliyotni o‘tmasa, bir hafta muddatda sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o‘qishdan chetlatiladi. Bunday talaba keyingi o‘quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o‘qishini tiklashi mumkin. 3 3. Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy, jamoatchilik topshiriqlarini bajarmagan, tartib qoidani buzgan talabani amaliyotdan chetlashishga tavsiya berishi mumkin. 4. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun kundalik yuritadi. 5. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun beriladigan barcha hujjat, maolumot daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Universitet maomuriyati va nazorat organlari tomonidan so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo‘q bo‘lsa, o‘sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb hisoblanadi. 6. Malakaviy amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, har bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi. II. Talaba agar pedagogik amaliyot o‘tsa; a) u darsga kirishdan avval darsning reja-konspektini tuzadi, uni metodist va fan o‘qituvchisiga tasdiqlatib oladi. SHuningdek, tarbiyaviy ishlar dasturi, tarbiyaviy soat konspektini tayyorlab, pedagogik rahbar, sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor muoviniga tasdiqlatib oladi. b) har bir talaba kamida 3 ta ochiq dars o‘tishi shart va sheriklari olib borgan 3 ta darsni tahlil etib, bayonnoma yozishi kerak; v) Amaliyotchi talaba ixtisosligi bo‘yicha va boshqa fan o‘qituvchilari, guruhdoshlarining darslarini uslubiyot rahbari tomonidan berilgan sxema bo‘yicha tahlil qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning tahlili maxsus daftarlarida aks ettirib boriladi; g) talaba amaliyot davrida o‘qituvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini kuzatadi. O‘qituvchilarning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Sinf tarbiyaviy soatlarini, darslarning ayrim qismlarini mustaqil o‘tadi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, fotomontajlar chiqaradi. To‘garak, fakultativ mashulotlar, tematik kechalar o‘tkazishda qatnashadi yoki uyushtiradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, tarib etishda faol ishtirok etadi. III. Amaliyot tugagach bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma xisobotga quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi. a) kundalik daftar; b) amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishning xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar; v) amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma. IV. Agar talaba amaliyotni maktab, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseylarda o‘tkazsa quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi: a) taqvimiy reja; b) har bir o‘tgan darsi uchun dars konspekti; v) ochiq dars konspekti; g) o‘zaro tahlil qilish daftari; d) ota-onalar yoki o‘quvchilar bilan o‘tkazgan maoruzalarning yozma bayoni; 4 e) amaliyotchi talabaga biriktirilgan sinf uchun tuzilgan ma’naviy ma’rifiy ishlar rejasi; yo) sinfdagi 2 ta o‘quvchiga psixologik tavsifnoma. Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrui bilan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling